Budjet nazorati



Yüklə 2,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/132
tarix21.10.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#158278
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132
Budjet nazorati 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

5-tarqatma material: 
Tashkilotlar quyidagi budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha smetalarni 
tuzadilar: 

budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi; 

tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi; 

ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushumlar; 

qonunchilikda belgilangan boshqa barcha budjetdan tashqari mablag’lar, 
jumladan, vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg’armalariga 
yo’naltirilayotgan davlat bojlari, yig’imlar va soliq bo’lmagan to’lovlardan, 
ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar. 
14-mavzu: Budjet daromadlari nazorati 
A) Respublika byudjeti daromadlari:
1) qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi va normativlar asosidagi umumdavlat 
soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar; 
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlar bo’yicha davlat moliyaviy va 
boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan 
daromadlar; 


3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat 
mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari; 
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan byudjet ssudalarini 
qaytarish hisobiga berilgan to’lovlar; 
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. 
 
 
B) Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar 
daromadlari:
1) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston 
Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga yo’naltiriladigan mahalliy soliqlar, 
yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar; 
2) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston 
Respublikasi byudjetiga va mahalliy byudjetlarga o’tkaziladigan umumdavlat 
soliqlari, yig’imlari, bojlari va boshqa majburiy to’lovlar; 
3) qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq davlat mulki ob’ektlarini 
joylashtirish, foydalanishga berishdan olingan daromadlar; 
4) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat 
mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 
5) yuqori byudjetlardan beriladigan byudjet dotatsiyalari, byudjet subventsiyalari 
va byudjet ssudalari; 
6) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan 
qaytarilmaydigan pul tushumlari; 
7) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi. 
Davlat maqsadli jamg’armalari, boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalar, 
byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari mablag’lari, bojxona 
organlarining g’azna depozit hisobvarag’iga tushadigan mablag’lar bo’yicha 
daromadlar manbaalari qonunchilikda belgilangan. 



Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin