Soliq tizimining muammolari va ularni hal qilishning mumkin boʻlgan istiqbollarini taqdim etishdan oldin, uni rivojlantirishning amaldagi sharoitlarini koʻrib chiqamiz. 2021 yil yakunlari boʻyicha Konsolidatsiyalashgan byudjet (Davlat byudjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari) daromadlari 196,4 trln soʻmni (YaIMga nisbatan 26,7%) tashkil etdi. 1-jadvaldan koʻrinadiki, YaIMga nisbatan Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari ulushi dinamikada deyarli oʻzgarmagan va aksincha oʻsish tendensiyasiga ega. Buni ayniqsa 2022 yil uchun daromadlar prognozi tasdiqlaydi - daromadlarning YaIMga nisbati 30,3% darajasida prognoz qilinmoqda.
Byudjetga daromadlar tushumining oshishi/kamayishiga umuman quyidagi omillar ta’sir etadi:
Byudjetga daromadlar tushumining oshishi/kamayishiga umuman quyidagi omillar ta’sir etadi:
- bevosita soliqlarning ulushi jiddiy oʻsdi (2021
yilda - 35,8%). Sabablari: “NKMK” AJ va
“OKMK” AJ boʻyicha byudjetga tushumning
oshishi (qimmatbaho va rangli metallarga jahon
narхining va realizatsiyaning oʻsishi hisobiga),
foyda soligʻi stavkasining 14%dan 15%gacha
oshishi;
- resurs soliqlarining ulushi kamaymoqda (2021
yilda - 14%). Sabablari: yer qa’ridan
foydalanganlik uchun soliq va yuridik shaхslar
mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarining
pasayishi;
- boshqa daromadlar jiddiy oʻsmoqda (2021
yilda - 16%). Sabablari: “NKMK” AJ va “OKMK”
AJdan dividendlar boʻyicha byudjetga
tushumning oshishi.