Budjet ssudasi va uning hisobini hususiyatlari


Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish



Yüklə 109 Kb.
səhifə4/9
tarix16.12.2023
ölçüsü109 Kb.
#182694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Budjetlararo o‘zaro hisob-kitoblarni xujjatlashtirish va hisob registrlarida aks ettirish.

Budjet tashkilotlari, korxonalari yoki xo‘jalik birlashmalarini respublika bo‘ysunishdan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda respublika Moliya vazirligi tegishli quyi moliya organiga 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomani yuboradi. 


Korxonani, tashkilotni respublika, viloyat, shahar miqyosida bir mahalliy bo‘ysunishdan ikkinchi mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazishda, yuqori moliya organi o‘zaro hisob-kitoblarga oldingi bo‘ysunish bo‘yicha moliyalashtirish tartibida korxonani, tashkilotni o‘tkazish kunidagi summalarni o‘tkazadi.
Budjetlar bilan o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 11-sonli shakldagi ma’lumotnoma-bildirishnomaga asosan buxgalteriya yozuvlari berilib memorial orderga yozuvlar o‘tkaziladi va boshqa budjetlar bilan hisob-kitoblar kitobiga tushiriladi.
Moliya organlarida o‘zaro hisoblashuvlar hisobi 06 "Xisob kitoblar", 07 “Berilgan va olingan mablag‘lar” nomli hisobvaraqlarda yuritiladi. Ya’ni
061 Respublika budjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar
062 Mahalliy budjetlar bilan o‘zaro hisob-kitoblar
071 Respublika budjetidan berilgan va olingan mablag‘lar
072 Mahalliy budjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar
"Respublika budjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisobvaraq respublika budjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalarni mahalliy moliya organlarida hisobga olib borish uchun mo‘ljallangan. 


"Respublika budjeti bilan o‘zaro hisob-kitoblar"nomli 061-sonli hisob varaq

Dt

Kt

A) respublikabudjetidano‘zarohisob-kitoblarbo‘yichaolinishilozimbo‘lgansummalar;

B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika budjetiga o‘tkazilgan summalar;



V) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori budjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari.

A) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika budjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar;
B) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika budjetidan kelib tushgan summalar;
V)o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori budjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari;
G) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy budjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika budjetidan olingan budjet ssudalarining summalari;
D) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika budjeti bo‘yicha ochilgan budjet mablag‘ ajratmalari summalari 

061-hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi:
a) respublika budjetidan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan summalar;
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika budjetiga o‘tkazilgan summalar;
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lashda hisobga olingan, yuqori budjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subveniiyalarning summalari. 
061-sonli hisobvaraqnnng kreditida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha respublika budjetiga berilishi lozim bo‘lgan summalar;
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun respublika budjetidan kelib tushgan summalar;
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni to‘lashda hisobga olingan va yuqori budjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan ortiqcha daromadlar summalari;
g) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy budjetlar hisobiga to‘g‘ri keladigan summalarda hisobga olingan, respublika budjetidan olingan budjet ssudalarining summalari;
d) respublika bo‘ysunishidan mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunga qadar korxona va tashkilotlarning respublika budjeti bo‘yicha ochilgan budjet mablag‘ ajratmalari summalari.

  1. Berilgan va olingan mablag‘lar bo‘yicha davlat budjeti ijrosi davrida yuzaga keladigan o‘zaro hisoblashishlarning hisobi.

062 - "Mahalliy budjetlar bilan hisob-kitoblar" nomli hisobvaraqda yuqori va quyi mahalliy budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha operatsiyalar hisobga olinadi. 062-sonli hisobvaraqning debetida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa mahalliy budjetlardan olinishi lozim bo‘lgan summalar;
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha xarajatlarni qaytarish uchun boshqa mahalliy budjetlar tomonidan o‘tkazilgan summalar;
v) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni qaytarishda hisobga olingan quyi budjetlardan undirib olinishi lozim bo‘lgan ortiqcha daromad summalari yoki yuqori budjetdan olinishi lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari;
g) boshqa mahalliy bo‘ysunishga o‘tkazilgunicha tashkilotlar va korxonalarning moliyalashtirish bo‘yicha hisobvaraqlariga o‘tkazilgan mablag‘larning summalari.
062-sonli hisobvaraqning kreditida quyidagilar aks ettiriladi:
a) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa mahalliy budjetlarga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan summalar;
b) o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun boshqa mahalliy budjetlardan kelib tushgan summalar;
v) quyi budjetga o‘tkazish lozim bo‘lgan dotatsiyalar, subvensiyalarning summalari yoki yuqori budjetga o‘tkaziladigan, o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha qarzlarni qaytarishda hisobga olingan ortiqcha daromad summalari;
g) boshqa mahalliy bo‘ysunishdan o‘tkazilgunga qadar korxonalar va tashkilotlarni moliyalashtirish hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar summalari;
g) respublika bo‘ysunishidan tuman yoki shahar bo‘ysunishiga o‘tkazilishda, tuman yoki shahar moliya bo‘limlarida 062-sonli hisobvaraqning kreditiga respublika budjeti bo‘yicha ochilgan budjet mablag‘ ajratmalarining summasi o‘tkaziladi.
Ushbu hisobvaraq bo‘yicha debet qoldiq boshqa mahalliy budjetning mazkur budjetga qarz summasini ko‘rsatadi, kredit qoldiq esa - mazkur budjetning boshqa budjetga qarz summasini ko‘rsatadi.
“Respublika budjetidan berilgan va olingan mablag‘lar” nomli 071-sonli hisobvaraqda mahalliy budjetlardan Respublika budjetiga o‘tkaziladigan hamda Respublika budjetidan olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi.
"Mahalliy budjetlardan berilgan va olingan mablag‘lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda mahalliy budjetlarga beriladigan va mahalliy budjetlardan olinadigan mablag‘lar hisobga olinadi.
072-sonli hisobvaraqning debetida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy budjetlarga beriladigan summalar aks ettiriladi;
072-sonli hisobvaraqning kreditida o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mahalliy budjetlardan olinishi lozim bo‘lgan summalar aks ettiriladi.



Yüklə 109 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin