Budjet tashkiloti buxgalteriya hisobi va audit bo’limi hamda umumiy faoliyati


Budjet tashkilotlari bosh buxgalterlarining huquqlari va mas’uliyatlari



Yüklə 140,5 Kb.
səhifə3/6
tarix02.12.2022
ölçüsü140,5 Kb.
#71859
1   2   3   4   5   6
Budjet tashkiloti buxgalteriya

2. Budjet tashkilotlari bosh buxgalterlarining huquqlari va mas’uliyatlari
O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tashkil qilishga budjet tashkilotining rahbari javobgardir. Budjet tashkilotida buxgalteriya hisobini bosh buxgalter tomonidan boshqariladigan buxgalteriya xizmati amalga oshiradi.
Budjet tashkilotining bosh buxgalterini tashkilot rahbari tomonidan, agar yuqori tashkilot bo'lsa, uning rahbari va bosh buxgalteri bilan kelishib tayinlanadi yoki lavozimdan ozod qilinadi. Budjet tashkilotining bosh buxgalteri to'g'ridan-to'g'ri mazkur budjet tashkilotining rahbariga, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil qilish masalalari bo'yicha esa yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo'ysunadi.
Bosh buxgalter lavozimiga maxsus oliy ma’lumoti bo'lgan shaxslar tayinlanadi. Ayrim hollarda, bosh buxgalter lavozimiga maxsus oliy ma’lumoti bo'lmagan, uning rahbarlik lavozimlarida, buxgalteriya-moliyaviy ishlarda ish staji besh yildan kam bo'lmagan shaxs ham tayinlanishi mumkin. Bosh buxgalter lavozimidan ozod qilinganda yangi tayinlangan bosh buxgalterga (oxirgi shaxs bo‘lmaganda-budjet tashkiloti rahbarining buyrug'i bilan tayinlangan xodimga) buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlari topshiriladi. Buxgalteriya hujjatlarini qabul qilish-topshirish jarayonida buxgalteriya hisobining holati va hisobot ma’lumotlarining haqiqiyligi tekshiriladi va budjet tashkilotining rahbari tomonidan tasdiqlaniladigan tegishli qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qiluvchi va topshiruvchining javobgarliklarini
ajratish uchun tuziladi. Shu bilan birga, uning maqsadi buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilish-topshirish vaqtida hisobning boshlang'ich hujjatlarining, hisobotlarning va, birinchi navbatda, moddiy zaxiralar va pul mablag'lari hisoblarining holatini ko'rsatish hamda hisobni tashkil qilish va moliyaviy nazoratni yaxshilash uchun zarur chora-tadbirlami ishlab chiqish uchun kerakli bo'ladigan ma’lumotlami yig'ishdir. Buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini bosh buxgalterlar (qabul qiluvchi va topshiruvchilar) tomonidan qabul qilish-topshirish budjet tashkiloti rahbarining buyrug'iga asosan amalga oshiriladi. Buyruqda buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilish-topshirish muddatlari ko'rsatiladi.
Buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini topshirishda yuqo-ri tashkilotning bosh buxgalterining vakili qatnashishi kerak. Ammo, yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili kelrnasa ham buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilish va topshirish to'xtatilmaydi. Agar avvalgi bosh buxgalter vafot etganligi yoki boshqa buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini topshirishda qatnashishi mumkin bo'lmagan sabablar bilan lavozimidan ozod qilingan bo'lsa, u holda yangi tayinlangan bosh buxgalter va yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili tomonidan buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini har vaqtdagi kabi tartibda odatdagi qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilish-topshirish oldidan kassaning holati tekshiriladi. Kassani tekshirish dalolatnomasi buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini topshirayotgan tomonidan va qabul qilib oluvchi tomonidan hamda yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili tomonidan imzolanadi va buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga ilova qilinadi. Kassani tekshirish dalolatnomasi imzolangandan so'ng buxgalteriya hujjatlariningyig'majildlarini topshirayotgan bosh buxgalter, buxgalteriya xizmatiga rahbarlik qilishdan chetlatiladi. Bir vaqtning o'zida yangi tayinlangan bosh buxgalteming to'lov topshiriqlariga, cheklarga va boshqa bank hujjatlariga imzo chekish huquqi rasmiylashtiriladi. Bu imzo chekish huquqi rasmiylashtirilgunga qadar bank hujjatlariga avvalgi bosh buxgalter yangi tayinlangan bosh buxgalter nazorati ostida imzo chekaveradi.
Bundan buyon buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilayotgan bosh buxgalter buxgalteriya hisobi va hisobotining holatini tekshirish bilan birga buxgalteriya xizmatining joriy ishiga rahbarlik qiladi. Buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini topshirish buxgalteriya xizmati tomonidan oxirgi marta topshirilgan balans asosida amalga oshiriladi. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasida qaysi sana holatiga buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini topshirish amalga oshirilganligi ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilish-topshirish jarayonida moddiy zaxiralar va pul mablag'lari hisobi, balansning hisob-kitob moddalarini hamda budjet tashkilotining hisobotining holati tekshiriladi.
Buxgalteriya hisobining va hisobotining holati tekshirilgandan so'ng qabul qiluvchi va topshiruvchi, hamda yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili tomonidan imzolanadigan buxgalteriya hujjatlari yig'majildlarining qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi.
Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi hujjatlar bilan asoslangan bo'lishi kerak, ammo buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilish-topshirish taftish usullari bilan amalga oshirilishi kerak emas. Agar buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini topshirish jarayonida suiste’mol qilish hollari aniqlanilsa, u holda buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilib oluvchi shaxs yuqori tashkilotdan hujjatli taftish tayinlashni talab qilish huquqiga ega bo'ladi. Ammo, bu buxgalteriya hujjatlarining yig'majildlarini qabul qilish-topshirishni to'xtatishga sabab bo'lishi mumkin emas.
Topshirayotgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasining biror-bir joylariga rozi bo'lmagan hollarda, u qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga imzo chekishda tegishli dalil-isbotli izohlar qilishga haqlidir, yuqori tashkilot bosh buxgalterining vakili esa mazkur norozilik hollariga o'zining yozma xulosasini berishi kerak. Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi uch nusxada tuziladi, uning birinchi nusxasi budjet tashkilotining rahbariga tasdiqlash uchun beriladi, ikkinchi nusxasi yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga yuboriladi, uchinchi nusxasi esa buxgalteriya hujjatlarining yig‘majildlarini topshirayotgan shaxsga benladi.
Buxgalteriya xizmatida ishlovchi har bir xodim o'zining vazifa va mas’uliyatlarini aniq bilishi va ularning bajanlishiga javobgar ekanligini his qilishi uchun bosh buxgalter buxgalteriya xizmatining barcha xodimlari uchun vazifa va mas’uliyatlami belgilaydi.
Bosh buxgalter tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan hamma xo'jalik operatsiyalarining nazoratini va buxgalteriya hisobi schyotlarida qayd qilinishini, tezkor axborotlar taqdim qilishni va belgilangan muddatlarda buxgalteriya hisobotini tuzishni ta’minlaydi. Bosh buxgalter tashkilot rahbari bilan birgalikda moddiy qiymatliklami va pul mablag'larini qabul qilish va berish hamda hisob-kitob va moliyaviy majburiyatlari va xo'jalik shartnomalari uchun asos bo'lib xizmat qiladigan hujjatlarga imzo chekadi. Bu hujjatlar bosh buxgalterning imzosisiz haqiqiy emas, deb hisoblanadi va ijro uchun qabul qilinmaydi. Imzo chekish huquqi bunga vakil qilingan shaxslarga budjet tashkiloti rahbarining yozma farmoyishi bilan berilishi mumkin.
Bosh buxgalterning buxgalteriya xizmati uchun talab qilinadigan hujjatlarni va ma’lumotlami rasmiylashtirishga va buxgalteriya xiz-matiga topshirishga doir talablari budjet tashkilotining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. Budjet tashkilotining bosh buxgalteriga shartnoma va moliyaviy tartibga to'g'ri kelmaydigan operatsiyalar bo'yicha hujjatlarni ijrogava rasmiylashtirishga olish man etiladi. Bunday hujjatlar haqida bosh buxgalter budjet tashkilot rahbariga yozma axborot beradi. Budjet tashkiloti rahbaridan yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarni hisobga qabul qilishga yozma farmoyish yoki hujjatga ikkinchi marotaba imzo olganda bosh buxgalter uni ijro etadi. Bundan so'ng qonunga zid bo'lgan operatsiyalar amalga oshirilganligi uchun budjet tashkilotining rahbari javob beradi.
Moddiy javobgar shaxs(kassir, ombor mudiri va boshqa)laming tayinlanishi, almashtirilishi va bo'shatilishi budjet tashkilotining bosh buxgalteri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Yüklə 140,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin