3. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalariijrosining hisobiga doir buxgalteriya hujjatlari Hisob registrlarida yozuvlar buxgalteriya hujjatlari asosida qilinadi. Xo'jalik operatsiyalarining amalga oshirilganligini va ularni amalga oshirishga berilgan farmoyishlarni qayd qilgan boshlang'ich hisob hujjatlari buxgalteriya hisobi uchun asos bo'ladi. Boshlang'ich hisob hujjatlari xo'jalik operatsiyalari oshirilayotgan vaqtda yoki ular amalga oshirilgandan so'ng tuziladi.
Buxgalteriya hisobining tezkorligini va ishonchligini ta’minlash uchun hujjat ma’lum xo'jalik operatsiyasini tavsiflaydigan ishonchli ma’lumotlarga ega bo'lishi kerak. Har bir hujjat o'zining tayinlanishiga to'la javob berishi va yuridik kuchga ega bo'lishi uchun u ma’lum minimum ko'rsatkich(rekvizit)larga ega bo'lishi kerak. Boshlang'ich hujjatning ko‘rsatkichlari (rekvizitlari) hujjatda qayd qilingan xo'jalik operatsiyasini tavsiflaydigan va unga yuridik kuch beradigan ko'rsatkichlardir. Boshlang'ich hujjatlar yuridik kuchga ega bo'lishi uchun ular q^iyidagi rekvizitlarga ega bo'lishi kerak: tashkilotning nomi; hujjatning nomi va raqami; u tuzilgan sana va joy; xo'jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va miqdori (natura va pul ifodasida); xo'jalik operatsiyasi amalga oshirilganiga va uning to'g'ri rasmiylashtirilishiga javobgar shaxslarmng shaxsiy imzolari va ularning ta'biri (imzo chekuvchilaming lavozimlari va familiyalari). Boshlang'ich" hisob hujjatlarini tuzgan hamda imzolagan shaxslar ularning o'z vaqtidaligiga va to'g'riligiga, ishonchliligiga, shuningdek, buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularning belgilangan muddatlarda topshirilishiga mas’uldirlar.
Xarajatlar smetasi ijrosining buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan hujjatlar
jYg
Hujjatning nomi
Shakl raqami
1
2
3
1
Bo'nak hisoboti
286
2
Budjet tashkilotlarida kutubxonadan chiqarilgan adabiyotlami hisobdan chiqarish dalolatnomasi
444
3
Yaroqsiz holga kelgan asboblar, ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlarini hisobdan chiqarish dalolatnomasi
443
1
2
3
4
Budjet tashkilotlanda asosiy vositalami tugatish haqidagi dalolatnoma
AV-4 budj.
5
Transport vositalami tugatish haqidagi dalolatnoma
AV-4a
6
Tashkilot chtiyojlari uchun matcriallar berish vedomosti
410
7
Kam ta’minlangan oilalaming bolalariga nafaqa to'lash vedomosti
450
8
Hisobdor shaxslarga kassadan pul berish vedomosti
317
9
Rejadagi bo‘nakni to'lash vedomosti
389
10
Ta’tilga chiqarish (ishdan bo'shatish) haqidagi ma’lumotnoma-hisob-kitob
425 -тех
11
Kartochka-ma’lumotnoma
387(417)
12
Yuk xati (talabnoma)
434
13
Hisob-kitob-to'lov vedomosti
49
14
Kreditga sotib olingan tovarlar uchun ishchi va xizmatchilaming ish haqidan ushlanishlar reyestri
407
15
Tovar-transport yuk xati
1-t namunaviy
16
Kassa kirim orderi
ko-1
17
Kassa chiqim orderi
ko-2
18
Ish vaqtini hisobga olish tabcli
421
19
Boshqalar
Moddiy qiymatliklaming sotib olinishiga doir hujjatlarda bu qiymat-liklaming olganligiga moddiy javobgar shaxsning imzosi, bajarilgan ishlarga doir hujjatlarda esa bajarilgan ishning qabul qilinganligini tasdiqlovchi tegishli shaxslarning imzolari bo'lishi kerak.
Boshlang'ich hujjatlarda yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka pastasi bilan, kimyoviy qalam bilan yoki turli texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Boshlang'ich hujjatlardagi bo'sh qatorlar chizib chiqiladi. Boshlang'ich hujjatlarda qirislTva izohlanmagan tuzatishlar qilishgayo'l qo'yilmaydi. Boshlang'ich hujjatlardagi xatolarni, noto'g'ri yozilgan matnni yoki summani ustidan chizib va chizilganning ustiga to'g'ri matnni yoki summani yozish yo'li bilan to'g'rilanadi. Ustidan ingichka chiziq bilan shunday chiziladiki, keyinchalik avval yozilgan ma’lumotni o'qish mumkin bo'lsin. Boshlang'ich hujjatdagi xatoni tuzatish «tuzatilgan» degan yozuv bilan izohlanishi va tuzatilgan sana ko'rsatilgan holda hujjatni imzolagan shaxslaming imzolari bilan tuzatilganligi tasdiqlangan bo'lishi kerak. Kassa va bank hujjatlarida tuzatismarqilishgayo'lqo'yilmaydi.
Buxgalteriya xizmatiga tushgan boshlang'ich hujjatlar albatta shakl bo‘yicha (boshlang'ich hujjatlaraing rasmiylashtirilishini, ko'rsatkich (rekvizit)lar to'ldirilganligining to'laligi va to'g'riligi) hamda mazmuni bo'yicha (hujjatlashtirilayotgan operatsiyalaraing qonuniyligi, ayrim olingan ko'rsatkichlaming mantiqan o'zaro bog'liqligi) tekshiriladi. Hujjatlardagi ma’lumotlaming ishonchligiga, boshlang'ich hujjatlaming o'z vaqtida va sifatli tuzilganligiga ushbu hujjatlami tuzgan va imzolagan shaxslar javob beradilar. Kirim va chiqim kassa orderlariga ilova qilingan barcha hujjatlar, shuningdek, mehnat haqi hisoblash uchun asos bo'hb xizmat qiluvchi hujjatlar albatta «Olindi» yoki «To'landi» degan shtamp yoki uni qo'lda yozib sana(kun, oy, yil)ni ko'rsatilib yopiladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar operatsiyalaraing amalga oshirilgan sanasi bo'yicha (xronologik tartibda) tartiblashtiriladi va quyidagi doimiy raqamlar berilgan tegishli mcmorial-orderlar-yig'uvchi vedomostlar bilan rasmiylashtiriladi:
1-memorial-order - «Kassa operatsiyalari bo'yicha yig'uvchi vedomost», 381-shakl; 2-memorial-order - «Budjet mablag'lari bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'ida mablag'-laming harakati bo'yicha yig'uvchi vedomost», 381-shakl; 3-memorial-order - «Budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'ida mablag'larni harakati bo'yicha yig'uvchi vedomost», 381-shakl; 5-memorial-order - «Mehnat haqi va stipendiyalar bo'yicha hisob-
kitob vedomostlarining yig'masi», 405-shakl; 6-memorial-order - «Turli tashkilotlar bilan hisob-kitoblar bo'yicha yig'uvchi vedomost», 408-shakl; 7-memorial-order - «Rejali to'lovlar tartibidagi hisob-kitoblar bo'yicha yig'uvchi vedomost», 408-shakl; 8-memorial-order - «Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar
bo‘yicha yig'uvchi vedomost», 386-shakl; 9-memorial-order - «Asosiy vositalaming hisobdan chiqarilishi va joydan-joyga ko‘chirilishi bo'yicha yig‘uvchi vedomost», 438-shakl; 10-memorial-order - «Kam baholi va tez eskiruvchi buyumlaming hisobdan chiqarilishi va joydan-joyga ko'chirilishi bo‘yicha yig'uvchi vedomost», 438-shakl; 11-memorial-order - «Oziq-ovqat mahsulotlarining kirimi bo'yicha yig'uvchi vedomostlaming yig'masi», 398-shakl; 12-memorial-order - «Oziq-ovqat mahsulotlarining sarflanishi bo'yicha yig'uvchi vedomostlaming yig'masi», 411-shakl; 13-memorial-order - «Materiallaming sarflanishi bo'yicha yig'uvchi
vedomost», 396-shakl; 14-memorial-order - «Maxsus mablag'lar bo'yicha daromadlami hisoblashga doir yig'uvchi vedomost», 409-shakl; 15-memorial-order - «Bolalami saqlagani uchun ota-onalar bilan hisob-kitoblar bo'yicha vedomostlaming yig'masi», 406-shakl. Qolgan operatsiyalar bo'yicha va «Storno» operatsiyalari bo'yicha 16-dan boshlab har oyda alohida raqamlanadigan alohida-alohida memorial-orderlar (274-shakl) tuziladi.Operatsiyalar hajmi bo'yicha yig'uvchi vedomostlar tuzish talab qilinmaydigan budjet tashkilotlarida schyotlar korrespondensiyasi alohida memorial-orderlarda (274-shakl) ko'rsatiladi.
Alohida memorial-orderlar operatsiyalar sodir bo'lishi bilan, ammo boshlang'ich hujjat olingan kundan keyingi kundan kechiktirmasdan, ayrim hujjatlarga yoki bir xil hujjatlaming guruhiga asosan tuziladi.
Memorial-orderlar bosh buxgalter yoki uning o'rinbosari hamda mazkur memorial-ordemi tuzgan xodim tomonidan imzolanadi. Har bir hisobot oyi tugagandan so‘ng barcha memorial-orderlar, memorial-orderlar-yig‘uvchi vedomostlar ularga tegishli hujjatlar birgalikda xronologik tartibda taxlangan va kitob qilingan bo'lishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo'lmagan taqdirda ulaming uch oyligini birga qo'shib kitob qilinishi mumkin. Kitobning muqovasiga: tashkilotning nomi; kitobning nomi va tartib raqami; hisobot yili (yil va oy); memorial-orderlaming boshlang'ich va oxirgi raqami; kitobdagi varaqlaming soni yozib qo'yiladi.
Boshlang'ich hujjatlarning saqlanishini, ularning rasmiylashtirilishini va arxivga berilishini bosh buxgalter ta’minlaydi. Boshlang'ich hujjatlar, ular arxivga topshirilgunga qadar, maxsus xonalarda yoki yopiladigan shkaflarda bosh buxgalter tomonidan tayinlangan shaxsning javobgarligida saqlanishi kerak. Tashkilotning buxgalteriya xizmati arxivida buxgalteriya hujjatlarining kitoblari belgilangan muddat davomida saqlanadi. Buxgalteriya hujjatlarining kitoblarini tashkilotning buxgalteriya xizmati arxivida saqlash muddati tugagandan so'ng belgilangan tartibda tegishli davlat arxiviga topshiriladi. Buxgalteriya hujjatlari kitoblarining arxivga topshirilganligiga dalil bo'ladigan hujjatlar buxgalteriya xizmatida doimiy saqlanadi.