Budjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hsobi



Yüklə 24,88 Kb.
tarix17.05.2023
ölçüsü24,88 Kb.
#115173
2 5393306049811852034budget hsobi


Termez davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti buxgalteriya hisobi va audit yoʻnalishi talabasi Guchchiyev Husniddinning budjet hisobidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu:

Budjetlararo munosabatlar hamda qarzlar hsobi




Topshirdi:

H Guchchiyev




Qabul qiluvchi:

N Shaymatova



Reja:
1 Budjet tizimi byudjetlari ijrosi nazoratining shakllari va usullari

2 BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

3 BUDJET TIZIMIDA QARZLAR VA O’ZARO HISOB-KITOBLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

KIRISH

2022—2026-YILLARGA MO’LJALLANGAN YANGI O’ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO’G’RISIDA


Davlat budjetini tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilish doirasida parlament tomonidan mas’ul tashkilotlarga aniq strategik vazifalarni qo’yish va natijaga qarab ularga so’rov yuborish amaliyotini joriy qilish.
MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISh VA YUQORI O’SISh SUR’ATLARINI TA’MINLASh: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o’rtachadan yuqori bo’lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish.

Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflatsiya darajasini 2023-yilgacha bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish.


Davlat budjeti taqchilligini qisqartirish va 2023-yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib ketmasligini ta’minlash.
Har bir tuman budjetining kamida 5 foizini “Fuqarolar budjeti” dasturi doirasida aholining takliflari asosida eng dolzarb muammolarni yechishga sarflashni tashkil qilish.
Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar miqyosida davlat budjet tizimi byudjetlari ijrosi nazoratda islohotlari muhim o’rinni egallagan.
Shular qatorida davlat byudjeti ijrosida g’aznachilik tizimini joriy etish, unhkiliy va tizimini takomillashtirish, uning tarraqiy etishining yo’nalishlarini o’rganish muhim axamiyat kasb etadi
. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan isloxotlarning misolida davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish soxasidagi amalga oshirilayotgan yutuqlar qatorida,
g’aznachilik tizimining joriy qilinishi, va bu borada qo’lga kiritilayotgan yutuqlar isloxotlar samarasining dalolatdir.

Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning sotsial sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir.

.

Budjet tizimi byudjetlari ijrosi nazoratining


shakllari va usullari
Byudjetning barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning sotsial sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir.
Bizning mamlakatimizda zamonaviy byudjetni barpo etish mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshlangan edi.
Bu nar-sa mamlakat iqtisodiyoti oldida turgan juda keskin o’zgarishlarni amalga oshirish sharoitida sodir bo’lib, ular o’z navbatida, byudjetning oldida turgan birinchi darajali vazifalarni ham aniqlab berdi.
Ularning orasida O’zbekiston iqtisodiyotini xo’jalik yuritishning bozor sharoitlariga moslashtirish, iqtisodiy barqarorlikni
Ta’minlash va milliy iqtisodiyotda investitsion faollikni гag,batlantiгish alohida o,гinni egallay’taminlash va milliy iqtisodiyotda
Tahlil va natijalar

Budjet (qadimiy Fransuzcha „baguete”-karmon, sumka) — bu davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqaгish vazifalari va funksiyalarini moliyaviy ta’minlash uchun mo’ljallangan pul mablag’lari jamg’aгmalaгini to’plash va saгflash shaklidiг.


Byudjet defitsiti daгomadlarni oshib ketganda va mamlakatning moliyaviy sog’lig’ini ko’rsatganda paydo bo’ladi. Hukumat odatda byudjet tanqisligi so’zlarini tadbirkorlik yoki jismoniy shaxslarga emas, balki xarajatlarni nazarda tutadi. Hisoblangan defitsitlar davlat qarzini shakllantiradi.
Byudjet defitsitining asosiy xavf-xatarlaridan biri inflyatsiya bo’lib, u narx darajasining doimiy o’sishi hisoblanadi.
Qo’shma Shtatlarda byudjet taqchilligi Federal Rezervning inflyatsiya darajasini pasaytiradigan iqtisodiyotga ko’proq pul tushirishiga olib kelishi mumkin Natijada, iqtisodiy faoliyatning kamida olti oy davom etadigan pasayishini anglatadigan turg’unlik yuz beradi.
Byudjet tanqisligining davom etishi inflyatsiyaga uchragan pul-kredit siyosatiga olib kelishi mumkin
Davlat byudjetining nazariy, amaliy, metodologik asoslarini, shuningdek, uning asosiy elementlari va o’ziga xos xususiyatlarini o^ganish va davlat byudjetini joriy qilishning bugungi kundagi dolzarb muammolarini tadqiq qilishdan iboratdir.
Mavzuning asosiy mazmunini yoritishda va tanlab olingan tadqiqot yo’nalishini yoritishda quyidagilar asosiy vazifalar qilib belgilandi:
-Davlat budjeti haqida tushuncha va uning nazariy-amaliy asoslarini o^ganish;

-Budjet tizimi tushunchasi va prinsiplarini o’гganish;


-Budjet tasnifini o’гganish;
-Davlat budjetining tarkibiy tuzilishini o^ganish;
-Budjet daromadlarini tahlil etish;
-Budjet xarajatlarini tahlil etish;
-Budjet taqchilligi va uni qoblash manbalarini tadqiq etish
-Davlat qarn va O’zbekiston Respublikasining soliq-budjet siyosati hamda 2022-2023 yillarga budjetni takomillashtirishni nazariy jihatdan asoslab berish;
2020-yilda budjet mablag’larining asossiz va noqonuniy sarflanishining vazirliklar va idoralar o’rtasidagi taqsimotil 2021-yilda budjet qonunchiligini buzilishini hamda budjet mablag’larining sarflanishida xato-kamchiliklarni aniqlash yuzasidan o’tkazilgan 7133 ta nazorat tadbiri natijasida 1072,1 mlrd.so’mlik budjt kamomadi aniqlangan. Ushbu xatokamchilikka yo’l qo’ygan shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko’rilgan. Hukumat tomonidan davlat moliyaviy nazorati sohasidagi o’zgarishni davom ettirish, tizimni yanada takomillashtirishga oid keng ko’lamli tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur islohotlarning uzviy davomi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to’g’risida” PF-60- sonli Farmoni qabul qilindi hamda “Davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish va 2023-yildan yalpi ichki mahsulotga nisbatan uning 3 foizdan oshib

■ Xalq ta’limi vazirligi Og’liqni saqlash vazirligi

■ Uy-joy kamunal xizmat ko’rsatish vazirligi

■ Qishloq xo’jaligi Jismoniy tarbiya va sport

■ Oliy va o’rta maxsus ta’limi

■ Suv xo’jaligi Boshqalar

■ Madanyat
BUDJET TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA
HISOBI VA HISOBOTINI XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma’lumki, budjet tushinchasi keng qo’llaniladigan tushunchalardan bin hisoblanadi. Shunday ekan eng avvalo Budjet tushinchasiga aniqlik kiritib olishimiz zarur.
Budjet – maqsad uchun mo’ljallangan pul jamg’armasi bo’lib unda daromadlar va xarajatlar manbaalari va yo’nalishlari nazarda tutiladi. Shu jihatdan oila Budjeti, korxona Budjeti,
davlat Budjeti, davlat jamg’armalari Budjeti va boshqalar bo’lishi mumkin. Hisob – jarayon, hodisalarni miqdor jihatdan tavsiflash sifat jihatdan aks ettirishdir.
Hisobni ham bir qancha turlarga ajratish mumkin, ya’ni tezkor hisob, statistik hisobi, buxgalteriya hisobi va boshqalar. Hisobni tashkil etish asosida axborotlar shakllantiriladi.
Bu axborotlar jarayonni borishini nazorat qilishga, boshqaruv qarorlarini qabul qilishga, joriy va uzoq muddatli rejalar tuzishga asos bo’lib hizmat qiladi.
Budjet hisobi – Budjet tizimi Budjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o’zgartiruvchi operatsiyalarning holati to’g’risidagi axborotni to’plash, ro’yxatdan o’tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.

Budjet hisobi standarti – Budjet hisobini yuritishga belgilangan talablarni aks ettirgan hujjatdir.

Budjet hisobi standarti milliy hamda xalqaro standartlarga bo’linadi.

O’zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi” ga muvofiq Budjet hisobini yagona uslubiyoti Budjet hisobining xalqaro standartlariga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.


Davlat sektorida buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari (DSBHXS) – davlat sektoridagi tashkilotlarda (davlat ishtirokidagi tijorat korxonalaridan tashqari)
yuqori sifatda jahon standartlari asosida moliyaviy hisobotlarni tuzish bo’yicha xalqaro miqyosda umumqabul qilingan qoidalardir.
Budjet ijrosi jarayonida aktivlar va majburiyatlarning, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o’zgartiruvchi operatsiyalarning holati to’g’risidagi axborotni to’plash, ro’yxatdan o’tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimi bo’lgan Budjet hisobini yuritishga qo’yilgan yagona talab Budjet hisobi standartlari belgilaydi.

Jumladan Budjet tashkilotlarida hisob siyosatini shakllantirishga qo’yiladigan talablar,


hisob ob’ektlar (asosiy vositalar,
zaxiralar va boshqalar) ni tan olish me’zonlari, baholash,
hisobotlarda aks ettirish me’yorlarini belgilab beradi.
3 BUDJET TIZIMIDA QARZLAR VA O’ZARO HISOB-KITOBLAR HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Budjet tizimining asosiy prinsiplaridan biri bo’lgan budjet daromadlarining xarajatlarga teng bo’lishi ta’minlanishi kerak.


Budjetlarni tuzish va tasdiqlash jarayonida budjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar paydo bo’ladi. Shuningdek, tasdiqlangan budjetlarning bajarilishi jarayonida ham budjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar paydo bo’lishi mumkin.
Demak, budjetlararo hisob-kitoblar ikki turga bo’linadi. Budjetlarni tuzish va tasdiqlash mobaynida, moddiy-texnika bazalari bir xil bo’lmaganligi uchun,
Budjetlarning ayrimlarida daromadlari rejalashtirilayotgan xarajatlaridan ortiqcha bo’lsa, boshqalarida esa rejalashtirilayotgan xarajatlari summasi rejalashtirilayotgan budjet daromadlaridan oshib kctishi kuzatiladi.
Budjet ijrosi jarayonida nazoratning maqsadi – budjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirishni haqqoniyligini aniqlash va tahliliy axborotlarni shakllantirishdan iborat bo’lib quyidagi vazfilarni o’z ichiga oladi:


  1. Budjet daromadlari va xarajatlarining rejalashtirilishi hamda uning ma’lumotlari haqqoniyligini aniqlash;



  1. Budjet ijrosi jarayonida muomalalarni to’liq va to’g’ri hujjatlashtirilishini aniqlash;




  1. Davlat maqsadli jamg’armalari budjeti daromadlari va harajatlarini rejalashtirish hamda ushbu ma’lumotlarning haqqoniyligini aniqlash;



  1. Budjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisob hisobvaraqlarini yuritilish holati va haraktini to’g’riligini aniqlash;




  1. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirilishi va natijalarni shakllantirilishi to’g’riligini tekshirish;



  1. Mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalar to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirilishini tekshirish;




  1. Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini to’g’ri umumlashtirilishi va hisobtlarni haqqoniyligini tekshirish;



  1. Tekshiruv natijalarini umumlashtirish.

Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot tashkilotning hisobot davri oxiriga byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan mavjud debitorlik


va kreditorlik qarzlari to’g’risidagi axborotni umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.
“Debitor qarzdorlik” qismida tashkilotning barcha mavjud debitorlik qarzlari aks ettiriladi.
Xulosa
Budjetlararo munosabatlar o'z mohiyatiga ko'ra davlat moliya tizimining o'zagi -budjetni shakllantirish va amalga oshirish jarayonining alohida bosqichini nazarda tutadi. Bu munosabatlarning mazmunini ushbu bosqichning ob'ektiv funktsiyasi, ya'ni davlat hokimiyati va boshqaruvini tashkil etish uslubiga adekvat bo'lgan turli darajadagi davlat byudjetlari ishtirokida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash belgilanadi Xulosa o'rnida shu aytish mumkinki, budjet tashkilotlarining qarzlar bo'yicha amalga oshiriladigan hisob-kitoblari umumiy budjet tizimining borligini ta'minlaydi. Yuqorida keltirib o'tilgan fikrlar, mulohazalar orqali budjet tizimida qarzlar va o'zaro hisob-kitoblar hisobini takomillashtirish bo'yicha amalga oshrilayotgan ishlar ko'rib chiqildi. Ko'rinib turibdiki daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi uzilishlar budjet tashkilotlarida ko'p kuzatilishi mumkin bo'lgan jarayondir. Bu esa o'z navbatida budjet tashkilotlarining bir me'yorda ushlab turilishi, ularning barqarorligi ta'minlash uchun budjetlararo munosabatlarning yuzaga kelishiga olib keladi. Mamlakatda budjetlararo mutanosiblikni ta'minlash, hududlarning budjet bilan ta'minlanganlik darajasini oshirishga qaratilgan siyosat yuritilishi va shu bilan birga mahalliy budjetlar uchun soliqlarni o'zida qoldirish tizimini joriy etilgani bugungi kun uchun juda ham muhim qadam hisoblanadi.
Mahalliy budjetlarning daromadlari barqarorligini oshirish, ular mustaqilligini ta’minlash uchun soliqlardan berilayotgan ajratmalar budjet qonunchiligiga muvofiq hududlarning viloyat budjetida qoldirilmoqda. Qayd etish joizki, mahalliy budjetlar balansligini ta’minlash ular daromadlarining xarajatlariga mutanosib bo’lishini taqozo etadi va xarajatlar tarkibini tahlil qilish,

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:


O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. Ozbekiston Respublikasi qonuni. O,RQ-360-son. 26.12.2013. Ozbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013

  1. Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. – Toshkent: O’zbekiston, 2017. -104bI.N.Qo’ziyev, SH.V.G’aniyev, A.S.Ramazonov. Byudjet


hisobi va nazorati: Darslik /; - T.: «Nihol print» OK, 2022. 632 b.
Yüklə 24,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin