O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari: O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida (1996 yil yy aprel, 143 – sonli).
Qarorga «O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to’g’risida»gi
Nizom ilova qilingan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalari,
huquqlari keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi to’g’risida (199 yil 23 dekabr, 558 – sonli).
Qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini
olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) to’g’risidagi Nizom va uning
tuzilmasi tasdiqlangan, vazirlik va idoralarning aholini va hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha funksiyalari keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash tartibi to’g’risida (1998 yil 7 oktyabr 427 – sonli). Qaror
mamlakat aholisi va hududini tabiiy va texnologen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomilashtirish maqsadida qabul qilingan.
Qarorga ilova tarzida keltirilgan «Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish sohasida tayyorlash tartibi to’g’risida»gi Nizom O’zbekiston Respublikasi
aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida, shuningdek
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarlikdan o’tayotgan aholi
guruhlarini tayyorlashning asosiy vazifalarini, shakllari va usullarini belgilaydi.
Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to’g’risida (1998 yil 27 oktyabr, 455 – sonli). Qaror bilan tasdiqlangan tasnifga
muvofiq favqulodda vaziyatlar vujudga kelish sabablariga ko’ra texnogen, tabiiy
va ekologik xususiyatli, Ushbu vaziyatlarda zarar ko’rgan odamlar soniga, moddiy
zararlar miqdoriga va ko’lamlariga qarab lokal, mahalliy, respublika va
transschegarali turlarga bo’linadi.