35
sarg‘ayadi, past bo‘yli bo‘lib qoladi. Demaq o‘simlikning
vegetativ va generativ
organlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi va o‘z navbatida hosildorlik
kamayib boradi. Hatto olingan dondan tayyorlangan nonlarning texnologik sifati
davlat standarti talablariga javob bermaydi. G. S Posipanov (1997 yil)
ma’lumotlariga ko‘ra, kuzgi bug‘doy azotli o‘g‘itni una boshlaganidan urug‘ning
to‘lishish davrigacha o‘zlashtiradi. To‘plash fazasida kuzgi bug‘doy o‘zi
o‘zlashtiradigan o‘g‘itning 20-25% ini o‘zlashtirsa, naycha tortish va boshoqlash
fazasida 50-55%, gullash va mum pishish fazalarida 10-15% dan foydalanadi.
Qo’lgan qismidan esa mum pishish fazasining oxirida foydalanadi.
Erta bahorda
o‘sa boshlaganda albatta boshoq tortguncha bo‘lgan vaqtda azotli o‘g‘it bilan
yetarli darajada ta’minlangan bo‘lishi shart. Kuzgi bug‘doyning vegetativ organlari
tekshirib ko‘rilganda shu narsa ma’lum bo‘ladiki yosh maysalarda azot ko‘proq,
voyaga yetgan o‘simlikda kam, ya’ni 1,0-1,3% gacha bo‘ladi. Azotli o‘g‘it bilan
yaxshi oziqlansa bug‘doyning doni oqsil va kleykovinaga boy bo‘ladi. Fosforli
o‘g‘itlarni, kuzgi bug‘doy
juda erta, maysa unib chiqa boshlagandan boshlab
o‘zlashtiradi. Fosforli o‘g‘itlar o‘simlik hujayralarida modda almashinuvida
ishtirok etadi, fermentlar va organik birikmalarning harakati fosfor bilan
tezlashadi. Fosforni kuzgi bug‘doy naycha tortish, boshoqlash va gullash fazalarida
eng ko‘p o‘zlashtiradi. Bug‘doy barglarida binafsha qizg‘ish chiziqlar bo‘lsa, u
fosforga muhtoj ekanligini bildiradi, albatta oziqlantirish kerak,
mabodo tuproqda
fosfor yetishmas ekan o‘simlik azotli o‘g‘itlarni ham o‘zlashtira olmaydi. Kuzgi
bug‘doy tuproqda erimay qolgan fosforli birikmalarni o‘zlashtira olmaydi. Ekish
bilan birga ekishdan oldin va erta bahorda gullaguncha ikki marta oziqlantiriladi.
Kaliy, kuzgi bug‘doyda fotosintez jarayonining borishini,
uglevod va oqsil
almashinuvini yaxshilovchi modda hisoblanadi. Kaliy yetishmasa maysalar
kasalliklarga tez chalinadi, chunki hujayrada oqsillarning parchalanishi tezlashadi.
Kaliy yetishmagan paytda kuzgi bug‘doy maysalarining chetlari qo‘ng‘ir rangga
kiradi va barg o‘rtasida qo‘ng‘ir dog‘lar paydo bo‘ladi. Maysalar kaliyni unib
chiqqanidan gullaguncha ko‘p, miqdorda o‘zlashtiradi, kaliyga bo‘lgan asosiy talab
naycha tortish, gullash fazalarida kuzlatiladi. Demak, har bir makro o‘g‘itni bir-biri
36
bilan almashlab bo‘lmaydi, lekin ular bir-birisiz ham to‘liq
foyda bermaydi
Mikroo‘g‘itlarni albatta kuzgi bug‘doyga berish lozim shundagina eng yoqori hosil
olish mumkin. Quyidagi Rasm- 6. da pishib etilgan bug`doy o`simligining
ko`rinishi va Rasm-7 da pishib yetilgan bug`doy o`simligini kombain yordamida
o`rib olish ishlari ko`rsatilgan.
Rasm- 6. Pishib yetilgan bug`doy o`simligining ko`rinishi.
Rasm-7. Pishib yetilgan bug`doy o`simligini kombain yordamida o`rib olish