Bugdoy osimligi biologiya. Normetova. Sh



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/43
tarix03.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#124352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
nt7Vbrbqbc12uKo8qWkr3ZgoL7teja2Z2vubbFS1

 
 
 



 
KIRISh 
 
Yer yuzidagi insonlarning ko’pchiligi bug’doy o’simligining donini asosiy
oziq –ovqat sifatida foydalanadi va birinchi non sifatida qadrlaydi. Bug‘doy 
insoniyat uchun eng muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi va yer shari aholisining 
asosiy qismi (70%) bug‘doy unidan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qiladi. 
Bug‘doydan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari mazali, to‘yimli, yaxshi hazm 
bo‘ladi. Bug‘doy donidan un, undan xilma-xil oziq-ovqat mahsulotlari: non, shirin 
kulcha, makaron, yorma, pechenya, bolalar ovqati, konditer mahsulotlari, spirt va 
boshqalar olinadi. Bug‘doy uni hech qachon hech kimni ko‘ngliga urmaydi, inson 
o‘ziga kerakli kuch va quvvatni nondan oladi, organizm uchun zarur vitaminlar V
1

V
2
, RR va kalsiy, temir va fosfor ham nonda bo‘ladi. [50] 
Bug‘doy donidan kraxmal, dekstrin olinadi, somoni, qipiqlari chorva mollar 
uchun ozuqa sifatida foydalaniladi. 100 kg doni 117; 100 kg somoni 30 ozuqa 
birligi saqlaydi. Somonidan dag‘al xashak, senaj tayyorlanadi, Bundan tashqari 
somonidan sifatli qog‘ozlar, savat va shlyapalar tayyorlashda, qurilishda 
ishlatiladi. Bug‘doy donida 11-20% oqsil 65-75% kraxmal, 2% yog‘ va shuncha 
miqdorda yog‘ochlik va kul bo‘ladi. Bug‘doy tarkibidagi eng muhim ko‘rsatkich 
oqsil va kleykovinadir. Bug‘doy doni tarkibidagi oqsil miqdoriga qarab 
foydalaniladi, oqsil miqdori o‘ta kam bo‘lsa 11 - 13% chorva mollariga ozuqa, 14-
15% non, 17-18% makaron tayyorlanadi.[14]. 
O’tgan asrning ikkinchi yarimidan boshlangan yer yuzidagi ekologik
o’zgarishlar, ayniqsa Janubiy Orol dengizi qirg’oqlarida joylashgan, O’zbekiston 
respublikasining go`zal va ajralmas bo’limi hisoblangan Qoraqalpog’iston 
Respublikasi hududida o’zining eng kuchli teskari tasirlarini ko’rsata boshladi.Bu 
ko’rinishlar 
qishloq 
xo’jaligining 
zarurli 
sohalaridan 
hisoblangan 
o’simlikshunoslik,bog’chilik,uzumchilik va boshqa xalq xo’jaligining sohalarida 
sezilarli darajada zararli tasirlarini ko’rsata boshladi. Keyingi suv tanqisligi
yillarida (1984,1997,2001,2004) respublikamizning aholisida ko’pgina madaniy 



va yovvoyi turda o’sadigan o’simliklar dunyosining soni va sifati, hajmi va 
tarqalish areallari juda kamayib ketdilar[55]. 
Qishloq xo‘jaligi xalq xo‘jaligi ishlab chiqarishini xom-ashyo va insoniyatni 
iste’mol qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlashning asosiy manbasi. 
Shuning uchun ham O`zbekistonda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish saviyasi 
juda muhim o‘rin tutadi.
Keyingi mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligida olib borilgan islohatlar 
ayniqsa, fermerlik harakati, arendatorlar va qishloq xo‘jalik samarali 
mahsulotlarini qishloqda qayta ishlashga bo‘lgan urinishlar orqali samarali 
yutuqlarga erishishga muvaffaq bo‘lindi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 
haqidagi bilim va malakalarni ushbu kadrlarga yoshligidanoq chuqur o‘rgatilsa 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Demak, bundan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarish haqidagi bilim va malakalarni yosh avlodga amaliy o‘rgatish, ularning 
samarasini oshirish Ona Vatan oldidagi katta vazifalardan biri hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish bilim ma’lumotlarini bir qator 
o‘simlikshunoslik, botanika, biologiya, fiziologiya, o‘simliklar biokimyo, 
geodeziya, tuproqshunoslik va boshqa shu kabi fanlar o‘rgatadi. Bu fanlar qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishini alohida-alohida bo‘lgan jarayonlarini bir-biriga 
bog‘lagan holda yoritadilar. 
Bug’doy oziq ovqatlik ahamiyatiga ega o`simlik turi bo`lib, u sug’orish 
suvining yetishmasligidan ayrim yillarda ko`plab novut bo`lmoqda. Lekin 
xalqimizning oziq-ovqatga, o’simliklarga, asosan bug`doy mahsulotlariga bo`lgan
talablari har kuni kuchayib ortib bormoqda.
Shunday yo’qolib borayotgan oziq-ovqat o’simliklar dunyosining turlarini 
saqlab qolish, ularni o’z holiga keltirish xalqimizning oziq-ovqatga, dori 
darmonga, kiyim –kechakga, yoqilgi va qurilish materiallari va yana boshqada 
o’simlik mahsulotlariga bo’lgan katta talablarini to’liq qanaotlantirish lozim. 
Ekologiyalik o`zgarishlarga bog’lanishli, qurg’oqchilikka, suvsizlikka, 
tuzlilikka va boshqa qulaysiz ta`sirlarga chidamli, biroq ko’p mahsulot olish 
mumkinchiligi bor oziq-ovqatlik o`simlik turlarini (navlarini) tanlab ekish ishlari



amalga oshirilishi zarur. Bug’doy o’simligi ana shunday baholi, yuqori kaloriyali, 
oziq-ovqatlik va turli sanaot ahamiyatiga ega va foydali xususiyatlarga boy 
o`simliklarning qatoridan joy oladi. [7,9] 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov «O’zbekiston buyuk 
kelajak sari.-T.: O’zbekiston, 1999.-686 b.» deb ataladigan o`zining qimmat 
baholi asarida: «Farzandlarimiz ,kelajak avlodlar bizdan shu o’lkani, shu 
muqaddas zaminni yana ham boy, kuchli va qudratli holatda qabul qilib olishlari 
uchun, biz buyuk ajdodlarimizga nisbatan qanday minnatdorchilik tuyg`ularini his 
etayotgan bo’lsak, o’g`il-qizlarimiz, kelajak avlodlar ham bizga nisbatan shunday 
minnatdorchilik tuyg`ularni his etishlari uchun lozim bo’lgan hamma ishni qilish-
bizning fuqarolik burchimizdir.» .[1] deb aytgan so`zlari biz yoshlarni olga 
intiltiradi va albatta biz bunga sodiq bo`lib qolamiz. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin