25
O‘rta bug‘doylarga tarkibida oqsil miqdori 11,0-13,9%, kleykovina 25-27%
bo‘lgan bug‘doylar kiradi. Ularning non pishish darajasi past bo‘lib ikkinchi nav
hisoblanadi, xamiri yaxshi ko‘tarilmaydi.
Kuchsiz bug‘doylar deb, tarkibida oqsil miqdori 11% dan, kleykovinasi 25%
dan kam bo‘lgan uchinchi nav bug‘doylarga aytiladi. Kuchsiz bug‘doydan olingan
unlardan ta’mi past, hamiri yaxshi ko‘tarilmagan non va boshqa mahsulotlar
tayyorlanadi.
Qimmatli bug‘doylar deb, texnologik jarayonlari va donining kimyoviy tarkibi
jihatidan kuchli bug‘doylarga yaqin navlarga aytiladi. Ammo bu bug‘doylardan
unni yaxshilovchi sifatida foydalanib bo‘lmaydi.
Bug‘doyning (triticum) 22 turi mavjud bo‘lib ( jadval-3, shundan bizda ham,
chet mamlakatlarda ham asosan ikki turi: yumshoq va qattiq bug‘doy keng
tarqalgan (Qattiq bug‘doy ham yumshoq bug‘doydan keyin ikkinchi o‘rinni
eg‘allaydi. Doni yirik oqrangda, yaltiroq, tarkibida oqsil miqdori 18-20% gacha
bo‘lishi mumkin. Qattiq bug‘doy doni kuchli bug‘doylar turiga kiradi. Undan
bolalar ovqati, makaron, pechenye tayyorlashda va boshqa unlarni yaxshilovchi
sifatida foydalaniladi. Qattiq bug‘doy asosan bahorgi. qiltikli, boshoqchalari
boshoqda zich joylashgan bo‘ladi. Ishlab chiqarishda eqiladigan yana bir tur
bug‘doy turg‘idum bug‘doyi, ayrim belgilari bo‘yicha qattiq bug‘doyga yaqin
turadi. Zakavkazye respublikalari va markaziy Osiyoda bug‘doyning mahalliy
navlari orasida uchraydi. Sug‘oriladigan yerlarda o‘sadigan bu bug‘doy issiq
iqlimga yaxshi moslashadi. Uning shoxlangan boshoqi formalari bo‘lib, ular bir
paytlar olimlar e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Bugungi kunda turg‘idum turidan
yaratilgan navlar Misr Arab Respublikasida, Iroqda ko‘plab ekilmoqda. Bir vaqtlar
uni yemon nonining sifati past deyilardi, seleksiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi
yangi navlarni vujudga keltiradi. Qattiq bug‘doyga o‘xshash urug‘ olindi. Doni oq,
noni ham oppoq so‘lqildoq.
Jadval-3
Dostları ilə paylaş: