Bugdoy osimligi biologiya. Normetova. Sh


Qattiq va yumshoq bug‘doyning ko‘p tarqalgan tur xillari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/43
tarix03.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#124352
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
nt7Vbrbqbc12uKo8qWkr3ZgoL7teja2Z2vubbFS1

Qattiq va yumshoq bug‘doyning ko‘p tarqalgan tur xillari 


26 
Tur xillari 
Qiltig‘ining 
bor yo‘qligi 
Boshoqcha 
va 
qiltig‘ining 
rangi 
Boshoqcha 
va 
qiltig‘ining 
tuqli-
tuqsizligi 
Donnin

rangi 





Yumshoq bug‘doy 
Eritrospermum (erithro-
spermum) 
Qiltiqli 
Oq 
tuksiz 
qizil 
Grekum (graectim) 
Qiltiqli 
Oq 
tuksiz 
oq 
Eritrole-ukon 
Qiltiqli 
Qizil 
tuksiz 
oq 
Barbarossa (barbarossa) 
Qiltiqli 
Qizil 
tuksiz 
qizil 
Ferrugiyenum (fernigienum) Qiltiqli 
Qizil 
tuksiz 
qizil 
Sezium (caesium) 
Qiltiqli 
qizil qiltig‘i 
kul rang 
tuksiz 
qizil 
Lyutessens (lutescens) 
Qiltiqli 
Oq 
tuksiz 
qizil 
Ll’bidum (albidum) 
Qiltiqli 
Oq 
tuksiz 
oq 
Velutinum (velutinum) 
Qiltiqli 
Oq 
tuksiz 
qizil 
Mil’turum (milturum) 
Qiltiqli 
Qizil 
tuksiz 
qizil 
Al’borubrum (alborubrum) 
Qiltiqli 
Qizil 
tuksiz 
oq 
Qattiq bug‘doy 
Gordey-forme 
Qiltiqli 
Qizil 
tuksiz 
oq 
Melyanopus 
Qiltiqli 
Boshog‘i oq, 
qiltig‘i qora 
tukli 
oq 
Rasm-2 da bug`doy o`simligining umumiy ko`rinishi va Rasm-3 da esa 
turli bug`doy navlari boshoqlarining ko`rinishlari berilgan. 


27 
Rasm-2. Bug`doy o`simligining umumiy ko`rinishi. [54] 
Rasm-3. Turli bug`doy navlari boshoqlarining ko`rinishlari. 


28 
Rasm-4. da yakka donli madaniy bug’doy, zanduri, qush donli, polba, dika, 
turgidum bug’doy, sershox boshoqlar ko`rsatilgan. 
 
3.2. Bug`doy ekinlarini yetishtirish texnologiyasi 
 
3.2.1. Kuzgi bug‘doyni yetishtirish texnologiyasi 
 
Yumshoq, yoki oddiy bug‘doy (Triticum aestivum L), qattiq bug‘doy 
(Triticum gurum L), xalq xo‘jalik ishlab chiqarishga yana turg‘idum bug‘doyidan 
ham foydalaniladi, boshqa bug‘doy turlaridan yangi navlar yaratishda hamda 
seleksion ishlarda foydalaniladi
Biologik xususiyatlari. Kuzgi bug‘doy navlari tuproq iqlim sharoitiga qarab 
biologik xususiyatlarida albatta o‘zgarishlar bo‘ladi. Urug‘lari 1-2°C haroratda una 
boshlaydi, ammo maysalarning qiyg‘os unib chiqishi uchun harorat yoqori 10-
12°C bo‘lishi kerak, past haroratda maysalarning unib chiqishi cho‘ziladi, urug‘lar 
chirib ketishi mumkin. 10- 12°Cda maysalar 10-12 kunda, 14-16°Cda esa. 7-9 
kunda unib chiqadi. Ekilgandan unib chiqqunga qadar foydali harorat yig‘indisi 
120- 140°C bo‘lishi kerak Unib chiqqaniga 12-16 kun o‘tgan, havo harorati yetarli 
bo‘lsa to‘plash fazasi boshlanadi va bug‘doyda bu faza 40-45 kun davom etadi. 
Расм
-4.Yakka donli madaniy bug’doy, zanduri, qush 
donli, polba, dika, turgidum bug’doy, sershox boshoq. 


29 
Kuzda havo harorati past yoki tuproqda namlik yetishmasa albatta yaxshi 
to‘plamaydi, bahorga borib nam bo‘lishi va harorat ko‘tarilgandan so‘ng yana 
to‘play boshlaydi. To‘plash soni o‘simlikning siyrak yoki qalin ekilganiga ham 
bog‘lik siyrak ekilsa tup soni 6-7 donaga yetadi. Bahorda azotli o‘g‘itlar bilan 
oziqlantirishi tup sonining oshishiga olib keladi. Qulay sharoitlarda 15-20tagacha 
tup hosil qiladi. Qish kelishi oldidan har bir maysa fiziologik jihatdan qattiq 
sovuqlarga tayyorgarlik ko‘radi. Hujayra shirasida suvlar kamayib uglevod yoki 
oligosaxaridlar hosil bo‘ladi. Ma’lumki, qattiq sovuqlarda xujayra shirasida suv 
bo‘lsa muzlab qoladi. Qish payti kuzgi bug‘doy uchun deyarli xavfli emas, hozirgi 
navlar sovuqqa juda chidamli ular tushlash bo‘g‘inida 18-20°C sovuqqa ham 
bardosh beradi. Bahor ancha xavfli hisoblanadi. Ob-havoning bir isib, bir sovushi 
masalan kunduzlari 8- 10°C issiq va kechalari 8- 10°C sovuq bo‘ladi. 
Mana shunday haroratning keskin almashinuvi albatta hujayralarni harakatga 
keltiradi va oqibatda ularning muzlashiga va sovuqdan nobud bo‘lishiga olib 
keladi. Keyingi yillar Krasnodardagi P. I. Luk’yanenko nomli institutda hosildor 
va sovuqqa chidamli navlar yaratildi ular qor tagida 30°C sovuqqa ham chidaydi. 
Kuzgi bug‘doyning navbatdagi fazasi naychalash (nayga) tortish) bahorgi 
o‘sish boshlanganiga 15-20 kun bo‘lganda boshlanadi. Boshoqdosh fazasi esa 
naycha tortish fazasidan 25-30 kun o‘tgach boshlanadi, gullash va boshoq tortish 
fazalari bir-biriga juda yaqin muddatga o‘tadi, gullash 7-10 kunda tugaydi. 
Bug‘doy o‘zidan changlanadi. Donning shakllanishi, to‘lishishi va pishishi uchun 
yana 25-30 kun kerak. Ammo havo harorati yoqori bo‘lgani uchun bu muddat 
yanada tezlashishi mumkin. Odatda, havo salqin, seryog‘in bo‘lsa kuzgi 
bug‘doyning o‘suv davri cho‘ziladi. Kuzgi bug‘doy navlari uchun ekilgandan 
pishguncha foydali harorat yig‘indisi 1700- 2100°C bo‘lishi kerak O‘sis davri 
o‘rtacha 240-260 kun.
Kuzgi bug‘doy issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli. Tuproqdagi namni juda 
tejab ishlatadi, o‘sish davrining boshi va oxirida namga talabchan emas. Bug‘doy 
o‘sish davrida namni bahorgi o‘sish davridan boshoqlaguncha bo‘lganda ko‘p talab 
qiladi, lekin 70% namlikni shu paytda o‘zlashtiradi. Mana shu vaqtda nam bilan 


30 
ta’minlanmaslik hosildorlikning kamayishiga olib keladi. Gullash va pishish 
fazasida jami zarur bo‘lgan namning 20% ini iste’mol qiladi.
Kuzgi bug‘doy tuproqning 50-60 sm chuqurligigacha namni yetarli bo‘lishini 
talab qiladi. Ayrim ildizlari tuproqlarda 1,2-1,5 m chuqurlikkacha borib pastki 
qatlamdagi namlarni ham o‘zlashtira oladi. Kuzgi bug‘doy urug‘likka talabchan 
uzunkun o‘simlik yer sharining ko‘pgina mamlakatlarida nam yetarli bo‘lsa 
quyosh nuri yetishmaydi, shuning uchun oqsili kam bo‘ladi. Yoqori hosil olish 
uchun albatta kuzgi bug‘doylarni unumdor tuproqlarga ekish lozim. Strukturasiz 
yengil, qumoq, sho‘rlangan va og‘ir tuproqlarda yaxshi hosil bermaydi. Organik 
moddalarga boy, chirindi miqdori 1-5% dan yoqori ozuqa moddalarga boy 
tuproqlarda yoqori hosil beradi. Quyidagi Rasm-5 da bug`doyzorning ko`rinishi 
berilgan. 
Rasm-5. Bug`doyzorning ko`rinishi. 
Qoraqalpog`iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan 
1991-2011 yillar ichida GNTP-17.26 «Qoraqalpog`istonning ekstremal` sharoitida 
donli, yog`li, dukkakli va yem-xashak ekinlarini ekib o’stirish uslublarini ishlab 


31 
chiqish» atamasidagi loyiha bo`yicha kuzgi bug`doyning yangi «Julduz» «Amu» 
navlari yaratildi, nazorat naviga (Sanzar-8) nisbatan 16,5-18,1% ga oshiq hosil 
olindi, hosildorlik 8,2-11,0 ts/ga oshgan. Bu navlar nazorat naviga nisbatan 
sovuqqa chidamliligi 3-5% ga yuqoridir. «Julduz» navi 3,5 ga maydonga ekildi va 
urug`i ko`paytirildi. IKARDA bilan birgalikda kuzgi bug`doyning 60 ta navi 
ekilib, ularning foydali – xo’jalik belgilari o`rganildi va yangi oilalar yaratildi. 
Bug`doy o`simligini uncha ko`p suv talab qilmasligini hisobga olib sholi 
ekiladigan yerlarga yaqin joylarda keng miqiyosda ekishni tavsiya qilamiz. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin