Qattiq va yumshoq bug‘doyning ko‘p tarqalgan tur xillari
26
Tur xillari
Qiltig‘ining
bor yo‘qligi
Boshoqcha
va
qiltig‘ining
rangi
Boshoqcha
va
qiltig‘ining
tuqli-
tuqsizligi
Donnin
g
rangi
1
2
3
4
5
Yumshoq bug‘doy
Eritrospermum (erithro-
spermum)
Qiltiqli
Oq
tuksiz
qizil
Grekum (graectim)
Qiltiqli
Oq
tuksiz
oq
Eritrole-ukon
Qiltiqli
Qizil
tuksiz
oq
Barbarossa (barbarossa)
Qiltiqli
Qizil
tuksiz
qizil
Ferrugiyenum (fernigienum) Qiltiqli
Qizil
tuksiz
qizil
Sezium (caesium)
Qiltiqli
qizil qiltig‘i
kul rang
tuksiz
qizil
Lyutessens (lutescens)
Qiltiqli
Oq
tuksiz
qizil
Ll’bidum (albidum)
Qiltiqli
Oq
tuksiz
oq
Velutinum (velutinum)
Qiltiqli
Oq
tuksiz
qizil
Mil’turum (milturum)
Qiltiqli
Qizil
tuksiz
qizil
Al’borubrum (alborubrum)
Qiltiqli
Qizil
tuksiz
oq
Qattiq bug‘doy
Gordey-forme
Qiltiqli
Qizil
tuksiz
oq
Melyanopus
Qiltiqli
Boshog‘i oq,
qiltig‘i qora
tukli
oq
Rasm-2 da bug`doy o`simligining umumiy ko`rinishi va Rasm-3 da esa
turli bug`doy navlari boshoqlarining ko`rinishlari berilgan.
27
Rasm-2. Bug`doy o`simligining umumiy ko`rinishi. [54]
Rasm-3. Turli bug`doy navlari boshoqlarining ko`rinishlari.
28
Rasm-4. da yakka donli madaniy bug’doy, zanduri, qush donli, polba, dika,
turgidum bug’doy, sershox boshoqlar ko`rsatilgan.
3.2. Bug`doy ekinlarini yetishtirish texnologiyasi
3.2.1. Kuzgi bug‘doyni yetishtirish texnologiyasi
Yumshoq, yoki oddiy bug‘doy (Triticum aestivum L), qattiq bug‘doy
(Triticum gurum L), xalq xo‘jalik ishlab chiqarishga yana turg‘idum bug‘doyidan
ham foydalaniladi, boshqa bug‘doy turlaridan yangi navlar yaratishda hamda
seleksion ishlarda foydalaniladi
Biologik xususiyatlari. Kuzgi bug‘doy navlari tuproq iqlim sharoitiga qarab
biologik xususiyatlarida albatta o‘zgarishlar bo‘ladi. Urug‘lari 1-2°C haroratda una
boshlaydi, ammo maysalarning qiyg‘os unib chiqishi uchun harorat yoqori 10-
12°C bo‘lishi kerak, past haroratda maysalarning unib chiqishi cho‘ziladi, urug‘lar
chirib ketishi mumkin. 10- 12°Cda maysalar 10-12 kunda, 14-16°Cda esa. 7-9
kunda unib chiqadi. Ekilgandan unib chiqqunga qadar foydali harorat yig‘indisi
120- 140°C bo‘lishi kerak Unib chiqqaniga 12-16 kun o‘tgan, havo harorati yetarli
bo‘lsa to‘plash fazasi boshlanadi va bug‘doyda bu faza 40-45 kun davom etadi.
Расм
-4.Yakka donli madaniy bug’doy, zanduri, qush
donli, polba, dika, turgidum bug’doy, sershox boshoq.
29
Kuzda havo harorati past yoki tuproqda namlik yetishmasa albatta yaxshi
to‘plamaydi, bahorga borib nam bo‘lishi va harorat ko‘tarilgandan so‘ng yana
to‘play boshlaydi. To‘plash soni o‘simlikning siyrak yoki qalin ekilganiga ham
bog‘lik siyrak ekilsa tup soni 6-7 donaga yetadi. Bahorda azotli o‘g‘itlar bilan
oziqlantirishi tup sonining oshishiga olib keladi. Qulay sharoitlarda 15-20tagacha
tup hosil qiladi. Qish kelishi oldidan har bir maysa fiziologik jihatdan qattiq
sovuqlarga tayyorgarlik ko‘radi. Hujayra shirasida suvlar kamayib uglevod yoki
oligosaxaridlar hosil bo‘ladi. Ma’lumki, qattiq sovuqlarda xujayra shirasida suv
bo‘lsa muzlab qoladi. Qish payti kuzgi bug‘doy uchun deyarli xavfli emas, hozirgi
navlar sovuqqa juda chidamli ular tushlash bo‘g‘inida 18-20°C sovuqqa ham
bardosh beradi. Bahor ancha xavfli hisoblanadi. Ob-havoning bir isib, bir sovushi
masalan kunduzlari 8- 10°C issiq va kechalari 8- 10°C sovuq bo‘ladi.
Mana shunday haroratning keskin almashinuvi albatta hujayralarni harakatga
keltiradi va oqibatda ularning muzlashiga va sovuqdan nobud bo‘lishiga olib
keladi. Keyingi yillar Krasnodardagi P. I. Luk’yanenko nomli institutda hosildor
va sovuqqa chidamli navlar yaratildi ular qor tagida 30°C sovuqqa ham chidaydi.
Kuzgi bug‘doyning navbatdagi fazasi naychalash (nayga) tortish) bahorgi
o‘sish boshlanganiga 15-20 kun bo‘lganda boshlanadi. Boshoqdosh fazasi esa
naycha tortish fazasidan 25-30 kun o‘tgach boshlanadi, gullash va boshoq tortish
fazalari bir-biriga juda yaqin muddatga o‘tadi, gullash 7-10 kunda tugaydi.
Bug‘doy o‘zidan changlanadi. Donning shakllanishi, to‘lishishi va pishishi uchun
yana 25-30 kun kerak. Ammo havo harorati yoqori bo‘lgani uchun bu muddat
yanada tezlashishi mumkin. Odatda, havo salqin, seryog‘in bo‘lsa kuzgi
bug‘doyning o‘suv davri cho‘ziladi. Kuzgi bug‘doy navlari uchun ekilgandan
pishguncha foydali harorat yig‘indisi 1700- 2100°C bo‘lishi kerak O‘sis davri
o‘rtacha 240-260 kun.
Kuzgi bug‘doy issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamli. Tuproqdagi namni juda
tejab ishlatadi, o‘sish davrining boshi va oxirida namga talabchan emas. Bug‘doy
o‘sish davrida namni bahorgi o‘sish davridan boshoqlaguncha bo‘lganda ko‘p talab
qiladi, lekin 70% namlikni shu paytda o‘zlashtiradi. Mana shu vaqtda nam bilan
30
ta’minlanmaslik hosildorlikning kamayishiga olib keladi. Gullash va pishish
fazasida jami zarur bo‘lgan namning 20% ini iste’mol qiladi.
Kuzgi bug‘doy tuproqning 50-60 sm chuqurligigacha namni yetarli bo‘lishini
talab qiladi. Ayrim ildizlari tuproqlarda 1,2-1,5 m chuqurlikkacha borib pastki
qatlamdagi namlarni ham o‘zlashtira oladi. Kuzgi bug‘doy urug‘likka talabchan
uzunkun o‘simlik yer sharining ko‘pgina mamlakatlarida nam yetarli bo‘lsa
quyosh nuri yetishmaydi, shuning uchun oqsili kam bo‘ladi. Yoqori hosil olish
uchun albatta kuzgi bug‘doylarni unumdor tuproqlarga ekish lozim. Strukturasiz
yengil, qumoq, sho‘rlangan va og‘ir tuproqlarda yaxshi hosil bermaydi. Organik
moddalarga boy, chirindi miqdori 1-5% dan yoqori ozuqa moddalarga boy
tuproqlarda yoqori hosil beradi. Quyidagi Rasm-5 da bug`doyzorning ko`rinishi
berilgan.
Rasm-5. Bug`doyzorning ko`rinishi.
Qoraqalpog`iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan
1991-2011 yillar ichida GNTP-17.26 «Qoraqalpog`istonning ekstremal` sharoitida
donli, yog`li, dukkakli va yem-xashak ekinlarini ekib o’stirish uslublarini ishlab
31
chiqish» atamasidagi loyiha bo`yicha kuzgi bug`doyning yangi «Julduz» «Amu»
navlari yaratildi, nazorat naviga (Sanzar-8) nisbatan 16,5-18,1% ga oshiq hosil
olindi, hosildorlik 8,2-11,0 ts/ga oshgan. Bu navlar nazorat naviga nisbatan
sovuqqa chidamliligi 3-5% ga yuqoridir. «Julduz» navi 3,5 ga maydonga ekildi va
urug`i ko`paytirildi. IKARDA bilan birgalikda kuzgi bug`doyning 60 ta navi
ekilib, ularning foydali – xo’jalik belgilari o`rganildi va yangi oilalar yaratildi.
Bug`doy o`simligini uncha ko`p suv talab qilmasligini hisobga olib sholi
ekiladigan yerlarga yaqin joylarda keng miqiyosda ekishni tavsiya qilamiz.
Dostları ilə paylaş: |