Bugdoy osimligi biologiya. Normetova. Sh



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/43
tarix03.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#124352
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
nt7Vbrbqbc12uKo8qWkr3ZgoL7teja2Z2vubbFS1

Nonboplik xususiyatlari: 1000 dona don vazni 45,4-46,5 gr., don naturasi 
795-810 g/l. Sifat ko`rsatkichlari bo`yicha «qimmatbaho» bug`doylar guruxiga 
kiritilgan. 
Kasalliklarga chidamliligi: Sariq va poya zangi, un shudring, chang 
qorakuya kasalliklariga chidamli. Qo’ng`ir zang, septorioz va boshoq fuzariozi 
kasalliklariga o`rtacha chidamli. Sovuqqa chidamliligi o`rtachadan yuqori, 
qurg`oqchiliqqa chidamliligi yuqori. 
Ekish muddatlari: Mintaqa uchun maqbul muddatlari. 
Ekish me`yori: gektariga 5,0 mln. dona unuvchan urug` hisobida belgilanadi. 
Polovchanka navi 
P.P.Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo`jalik ilmiy-tadqiqot 
institutida yaratilgan. O`zbekiston Respublikasida 1999 yildan ekishga tavsiya 
etilgan. 
Nav mualliflari: V.B.Timofeev, V.A.Filobok,L.F.Dudka, G.D.Shlyaxovoy, 
M.I.Domchenko, L.I.Shurovenkova. 


42 
Kelib chiqishi: uzoq duragaylash, ya`ni tritakale bilan bug`doyni 
chatishtirish AD-206/Rubin//KN17t3 kombinatsiyadan olingan duragaylar ikki kara 
yakka tanlash usuli bilan olingan. 
Umumiy tavsifi: O`rta kechpishar, o`rta bo`yli, bo`yi 90-100 sm, tuplanishi 
yaxshi, yotib qolishga chidamli. Qiltiqsimon o`simtalari o`rtacha uzunlikda. Boshoq 
qipigi elkasi to`g`ri, keng, tishi qisqa, biroz egilgan. Doni tuxumsimon shaklda. 
Hosildorligi . Don potentsial hosildorligi gektaridan 90-95 ts, Bu navdan 
Respublikani sug`oriladigan yer sharoitida o`rtacha 55-60 sentner va undan yuqori 
don hosilini olish mumkin. 
Nonboplik sifati: nav doni 30 va undan yuqoriroq kleykovina to`playdi, 2 
guruh sifat ko`rsatkichlari talabiga javob beradi, «qimmatbaho» don beradi. 
Kasalliklarga chidamliligi: Nav sariq va poya zangiga, septoriozga, un 
shudring, ildiz chirish kasalliklariga bardoshli, bu kasalliklardan kimyoviy himoya 
shart emas. Boshoq fuzariozga chidamliligi o`rtacha, qo`ng`ir zangga beriluvchan. 
Sovuqqa chidamliligi o`rtacha, qurg`oqchilikka, issiqqa va sho`rga 
chidamliligi yuqori. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin