41
Nav mualliflari: L.A. Bespalova, O.Yu. Puzırnaya, V.R. Kerimov, Yu.M.
Puchkov, V.A. Alfimov, I.B. Ablova, L.P. Filobok, I.N. Kudryashov, N.P.
Fomenko, G.I. Bukreeva, T.I. Gritsay, P.V. Konotop.
Kelib chiqishi: Tritikale va bug`doyni qayta chatishtirish kombinatsiyasidan
olingan duragaylardan uch karra tanlash usuli bilan yaratilgan.
Umumiy tavsifi: Yarim pakana nav, yotib qolishga chidamliligi yuqori.
O`rtapishar. Tur xili
Lutescens. Boshog`i silindrsimondan piramidasimongacha,
boshoq zichligi va uzunligi o`rtacha. Doni to`kilmaydi, boshoqcha qobiqlari
tuxumsimon shaklda, kengligi 3,5-4,5 mm., uzunligi 8,0-9,5 mm. yelkasi o`rtacha,
to`g`ri. Qiltiqsimon o`simtalari 0,5 dan 4,5 sm. Doni yirik tuxumsimon shaklda.
Hosildorligi: Navning potensial hosildorligi raqobatli nav sinovida
gektaridan 122 sentnerni tashkil etgan. O`rtacha 3 yilda 4 xil o`tmishdosh
ekinlardan so`ng olingan hosildorlik 77,8 sentnerni, tajriba stantsiyasida 3 xil
o`tmishdosh ekindan so`ng o`rtacha 89,0 sentnerni tashkil etgan.
Dostları ilə paylaş: