Bugdoy osimligi biologiya. Normetova. Sh


Kasalliklarga chidamliligi



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/43
tarix03.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#124352
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
nt7Vbrbqbc12uKo8qWkr3ZgoL7teja2Z2vubbFS1

Kasalliklarga chidamliligi. Sariq, qo`ng`ir, poya zanglariga, un shudring va 
chang kasalliklariga o`ta chidamli. Septorioz bilan o`rtacha kasallanadi. Sovuqqa va 
qurg`oqchilikka chidamliligi yuqori. Navni o`rta va yuqori agrofonda yetishtirish 
samarali. 
Ekish muddati: mintaqa maqbul muddatlari. 
Ekish me`yori: gektariga 5,0 mln., ekish muddati kechikkanda esa 6,0 ming 
dona unuvchan urug` hisobida belgilanadi. 
Kroshka navi
P.P.Luk`yanenko nomidagi qishloq xo`jalik ilmiy-tadqiqot institutida 
yaratilgan va O`zbekiston Respublikasida 2000 yildan ekishga tavsiya etilgan. 
Nav mualliflari: e.N. Li, Yu.M. Puchkov, L.A. Bespalova, F.A. Kolesnikov, 
N.I. Lısak, V.R. Kerimov, V.A. Alfimov, A.T. Kazartseva, N.P. Fomenko. 
Kelib chiqishi: Nav Spartanka / KN4238/215//KN4238/2151 duragay 
kombinatsiyasidan olingan duragaylarni F
2
avlodidan yakka tanlash usuli bilan 
yaratilgan. 


40 
Umumiy tavsifi. Nav yarim pakana, o`simlik bo`yi 75-85 sm. Yotib qolishga 
chidamli. Tezpishar, boshoqlash 1-2 kun ertaroq, pishib yetilishi Skifyanka navi 
bilan bir xil muddatda. Tur xili Lutescens. Boshog`i silindrsimon, boshoq zichligi va 
uzunligi o`rtacha, pishganda pastga egilib turadi. Doni to`kilmaydi. Boshoqcha 
qipiqlarini elkasi ko`tarilgan, kengligi o`rtacha, pishganda pastga egilib turadi. Doni 
to`kilmaydi. Boshoqdagi qiltiqsimon o`simtalari o`rtacha, tishi qisqa, ozroq egilgan. 
Doni yirik, tuxumsimon, rangi qizil. 
Hosildorligi: kasalliklarga chidamliligi va donining yirikligi hisobida 
hosildorligi yuqori. Yuqori agrotexnika sharoitida boshqa navlarga nisbatan eng 
oldinda turadi. Respublikaning sug`oriladigan sharoitida normal agrotexnika 
sharoitida o`rtacha hosildorligi gektaridan tuproq va iqlim sharoitini hisobga olgan 
holda 55-70 ts. ni tashkil etadi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin