Mendel qonunlari. Mendelning birinchi qonuni
Mavzu: Mendel qonunlari. Mendelning birinchi qonuni.
Dars maqsadlari:
1. Ta’limiy maqsad: O’quvchilarda genetika, irsiyatning moddiy asoslariga oid, duragaylash usuliga doir bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish. Mendel qonunining mohiyatini ochib berish.
2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda ahloqiy sifatlarni shakllantirish, ekologik, ma’naviy va gigiyenik tarbiya berish, o’simliklarga, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga o’rgatish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: Shu mavzu orqali o’quvchilarni biolog, tadqiqotchi, genetik seleksioner kasbiga yo’naltirish.
Dars turi: Yangi tushunchalar hosil qilish.
Dars usuli: Didaktik o’yin texnologiyasi.
Dars jihozlari: Magnitli doska, genetik tushunchalarga oid tarqatma materiallar, no’xat gullari va rasmlari tasvirlangan ko’rgazmali vositalar, mavzuga oid rasmli ko’rgazmali jadval hamda plakatlar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
1.Psixologik muhit yaratib, o’quvchilarni kayfiyatini ko’tarib, o’ziga jalb qilish.
2. Navbatchilardan davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o’quvchilar maktab formalarini nazorat qilish.
3. Joriy yilning nomlanishi, yosh avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar va sog’likni saqlash borasidagi yurtimizda olib borilayotgan ishlar haqida o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish.
4. O’quvchilar ongini biologiya faniga yo’naltirish, ya’ni biologiya fani, uning bo’limlari mazmuni haqida savollar bilan individual tarzda murojat qilib so’rash.
Masalan:
1-o’quvchi: Botanika fani nimani o’rganadi?
2-o’quvchi: Zoologiya qanday fan?
3-o’quvchi: Odam va uning salomatligi fani ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?
4-o’quvchi: Sitologiya va genetika fani vazifalari haqidagi tushunchalarni bildirib o’tadilar.
Dars bayoni:
(Dasrning bosh maqsadi: Genetika, duragaylash, sohasida ish olib borayotgan olimlarimiz to’g’risida, ular yaratgan zot va navlar, bu sohada erishilayotgan yutuqlar va ularning inson hayotidagi ahamiyati to’g’risida tushuncha berish orqali milliy g’oyani singdirish, o’quvchilarni turli rivoyatlar yordamida shukronalik ruhida tarbiyalash.)
O’qituvchi:
Biz o’rganayotgan o’simlik va hayvonlar Xudoning bizga bergan ne’mati, ularni o’rganishdan maqsad ularni muhofaza qilib, turlarini saqlash, ulardan unumli foydalanish. Ulardan foydalanishda me’yorga rioya qilish, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik kerak. Isrofgarchilikning oqibati esa yetishmovchilikka olib keladi. Biz yashayotgan serquyosh o’lkamiz insonlar ehtiyoji uchun barcha nozu-ne’matlarni muhayyo qilgan. Farovon hayotimizni ta’minlovchi barcha moddiy va ma’naviy resurslar taxt qilib qo’yilgan, faqat ularni izlab topish, mehnat qilish va imkoniyatlardan foydalanish kifoya holos. Bunday sharoit uchun berigan imkoniyatlar uchun shukronalik keltirishimiz va bunga javoban Vatanimiz ravnaqi yo’lida astoydil harakat qilmog’imiz shart. Shu o’rinda sizlarga bir rivoyat aytib beraman, o’zingiz hulosa qilib, hikmat topasiz.
(“Qumga ko’milgan odam” nomli rivoyat aytib beriladi.)
Darsimizni asosiy qismini boshlaymiz:
II. Mavzularni takrorlash, o’quvchilarni bilimini nazorat qilish, mustahkamlash.
Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir. (Abu Rayhon Beruniy)
Shunga amal qilgan holda mavzularni takrorlab, bilimlarimizni mustahkamlab olamiz.
Buning uchun “Bilmlar sirli sandig’i”dagi savolli kartochkalarni navbat bilan o’quvchilar olib, javob beradilar. To’g’ri javoblar uchun ball qo’yib boriladi. Ballarni sinfning qo’shimcha jurnaliga navbatchi o’quvchi belgilab boradi. (bu vaqtda o’qituvchi uyga berilgan vazifani nazorat qilib ball qo’yib chiqadi.)
“Bilimlar sandig’i”dan joy olgan kartochkalarda keltirilgan savollar quyidagicha:
1. Irsiyat tushunchasi nima?
2. Genetika nimalarni o’rganadi?
3. O’zgaruvchanlik nima?
4. Genotip qanday ma’noni bildiradi?
5. Fenotip qanday ma’noni bildiradi?
6. Gen nima?
7. Duragaylash qanday usul?
8. Mendel tajribalarini qaysi o’simlikda olib borgan?
9. No’hatning qaysi belgilari ustida duragaylash olib borilgan?
10. No’xatning qaysi belgilari 1-avlodda nomoyon bo’ladi?
III. Yangi mavzu bayoni.
O’qituvchi: O’quvchilar bilasizlarmi bizning hovlimiz, bog’u rog’larimizda mevalarning juda ajoyib navlari; hattoki, bir tup daraxtda uch hil olma navi payvandlangan olma daraxtimiz bor. Sizlarning uyingizda qanday o’simlik navlari o’sadi? Bilasizlarmi?
(O’quvchilar uylaridagi navlarni aytib o’tadilar.)
Juda yaxshi, ko’p navlarni bilar ekansiz. Bizning asosiy boyligimiz oq oltin navlari haqida ham bilasizlarmi?
Demak, biz uchun eng ahamiyatli, hayotimizning ajralmas qismi bo’lgan, insoniyatning asosiy ehtiyojlarini qondira oladigan o’simlik va hayvonlarning ko’p nav va zotlari olimlar tomonidan yaratilib, turmushimizda keng foydalanilmoqda.
Balki, Sizlarni orangizdan ham kelajakda tadqiqotchilar, genetiklar, seleksioner olimlar kelib chiqar. Lekin, bu kasblarni egallamasangiz ham, turmushda, kelajakda o’simliklar, hayvonlardagi belgilarni nasllanishi haqidagi bilimingiz albatta asqotadi, chunki hayotimizning o’zi flora va fauna dunyosi bilan bog’liq.
Shunday ekan, bugungi darsimizda o’simliklardagi bir juft belgilarning irsiylanishi haqidagi Mendel qonunlarining mohiyatini tushunib yetishga harakat qilamiz. Buning uchun mavzuni yoritishda “Ditaktik o’yin” texnologiyasidan, ya’ni, “Rolli o’yin”dan foydalanamiz, Sizlarga rollar bo’linib, o’tgan darsimizda uyga topshiriq sifatida berilgan.
Rolli o’yin mavzusi “Mendel tajriba maydonida” deb nomlangan.
Ijrochilar: mualif, Mendel, no’xat gullari.
Mualif:
(Dastlab chex olimi Grigor Mendel haqida ma’lumot beriladi) XIX boshlari chex olimi Grigor Mendel o’z tajriba maydonida no’xat o’simliklarida tajriba qilish uchun ish boshlamoqda.
Mendel:
O’tgan yili no’xat o’simligini ekib hosilini olgandim, bu qo’limdagi no’xat urug’lari qizil gullagan no’xat o’simligidan olingan, bunisi esa oq gulli no’xat urug’lari. Bu yil ularni bitta maydonga ekib, hosildagi o’zgarishlarni ko’rib chiqaylikchi (o’quvchi ketmonchada no’xat ekadi).
Mualif:
Bo’lajak genetika asoschisi urug’larni ekib parvarishlaydi, nihoyat ular gulga kiradi (ikkita o’quvchi saxnada qizil gulli no’xат gullarini, ikkita o’quvchi esa, oq gulli no’xat gullarini ifodalovchi tayoqchasini кo’tarib turadi
Mendel:
Mana o’simliklar ham qizil va oq gullar hosil qildi. Endi bu belgilarni keyingi avlodlarga qanday o’tishini o’rganish uchun, ularni duragaylab hosil bo’lgan urug’larni ekib natijani ko’raylikchi. (O’quvchilar qo’llaridagi gullarni bir-briga yaqinlashtirib, chatishtirishadi va o’rnida urug’ hosil bo’lganligini bir qo’llariga no’xat urug’larini ushlab ko’rsatishadi.)
Muallif:
Olim yangi hosilni yig’ib olibdi va tajriba uchun urug’larni yer maydoniga yana ekibdi. So’ngra, parvarish qila boshlabdi. (Mendel rolidagi o’quvchi yana urug’ ekadi, endi o’quvchilar qo’llariga faqat qizil gulli tayoqchalarni ko’tarib turishadi.)
Mendel:
Bu qanaqasi oq gulli no’xatlar qani nega hammasi qizil gulladi? Axir oq gullagan no’xat o’simligidan ham urug’larini yig’ib olgandimku?!
Mualif:
Yosh olimni xayratiga no’xat gullari javob beribdilar.
No’xat gullari:
Inson quloq sol va angla, biz no’xatlarda gulimizning qizil rangda bo’lishi oq rangdan ustunlik qiladi, Sen buni yaxshiroq tushinishing uchun belgini berayotgan genni lotincha xarf bilan belgilab olishing mumkin. Masalan, AA ( qog’ozdagi qizil gulning orqasidagi AA belgisini ko’rsatadi).
Oq gulli no’xat o’simligi: Mening gulimning oq rangda bo’lishi qizil rangdan ustunlik qila olmaydi, shuning uchun bu rang yuzaga chiqmaydi. Oq rangni bildiruvchi genni aa bilan belgilab olamiz. (Oq gulning orqasidagi aa belgini ko’rsatadi.)
Mendel:
Demak, avlodlaringizda sizlardagi ikkovingizdan ham bittadan gen o’tgan, ya’ni birinchi avlod gullarida ota-ona genlari bor, lekin fenotipda ustun belgi yuzaga chiqqan.
Mualif:
Buyuk genetik bu jumboq mohiyatini tushunibdi va unga quyidagicha izoh beribdi.(Jadvaldan foydalanib tushuntiradi.)
Mendel:
Birinchi avlodda oq gul geni bo’lsada, qizil gul rangini belgilovchi gen uning yuzaga chiqishiga yo’l qo’ymagan. Shuning uchun qizil belgini bildiruvchi genni dominant belgi, oq belgini bildiruvchi genni esa ressesiv belgi deb ataymiz.
Muallif:
Xulosa shuki, Mendel tajribasidan kelib chiqib, bu hodisa “Belgining ustunlik qilish” qonuni, yoki “Dominantlik qonuni” deb ataladi. Bu Mendelning genetika sohasidagi 1-qonuni edi. Keyin, Mendel no’xat o’simligida tajribalarini davom ettirib, 2 va 3-qonunlarini ham bayon etadi.
E’tiboringiz uchin rahmat.
O’qituvchi:
(O’quvchilarga o’z minnatdorchiligini bildiradi va jadval asosida mavzuga xulosa qilib, qisqacha tushuncha beradi.)
Endi miya hujayralarimizni chiniqtirish va xotiramizni yanada rivojlantirish uchun mashq bajaramiz. Buning uchun men, Sizlarga mantiqan bir-biriga bog’liq bo’lmagan so’zlar juftligini o’qib eshittiraman, Sizlar eslab qoling, keyin bu so’zlarni birinchi juftini aytaman, ikkinchi juftini topib yozishingiz kerak. 7 ta juftlik aytiladi, 5 tadan ko’p topgan o’quvchining hotirasi a’lo hisoblanadi.
Masalan:
Quyosh-qaychi
Hovuz-igna
Stol-o’simlik
Kepka-choynak
Gul-yig’ilish
Qog’oz-yomg’ir
Rasm-shirin
IV. Mustaxkamlash:
O’qituvchi: Bugungi darsimizda ko’rib o’rgangan bilim va ko’nikmalaringizni mustahkamlash va amalda malaka hosil qilish uchun qiziqarli genetik masala ishlashni taklif qilaman. O’quvchilar hayron bo’lmang bizda ham genetika fanida huddi matematika, fizika kimyo fanlari kabi masala ishlaymiz. Buning uchun sizlar bilan ba’zi belgilarni ko’rib, eslab qolamiz,ular quyidagilar:
P-ota-ona belgisi, bu belgi masala ishlashda 1-qo’yiladi ya’ni ota-ona oldiga.
X-duragaylash yoki chatishtirish belgisi, u ota va ona genotiplari orasiga qo’yladi.
g-gameta belgisi, bu belgi ota-ona genotiplaridan olingan gametalar oldiga qo’yiladi.
F1-olingan birinchi avlod belgisi, ota-ona gametalarining qo’shilishidan hosil bo’ladi.
Endi bu belgilarni masala misolida o’rganib chiqamiz.
Masala:
Mendel tajribasidagi oq va qizil gulli no’hat o’simliklari o’zaro chatishtirilganda qanday o’simliklar olish mumkin?
Berigan:
Oq gul-aa, qizil gul –AA
F1 ni topamiz.
Mendelning 1-qonuniga ko’ra 1-avlod o’simligi qizil gulli bo’lib chiqadi.
O’quvchilarga ham mustaqil ishlash uchun masala o’qib beriladi. .(masala sharti o’qib eshittiriladi,o’quvchilar daftarlariga yozib oladi,mustaqil ishlashga urinib ko’rishadi.Doskaga masala sharti bo’yicha berilgan belgilar yozib qo’yiladi.)
V. O’quvchilarni baholash:
Didaktik o’yinda ishtirok etgan o’quvchilar, takrorlash va masala yechishda faol qatnashgan o’quvchilar ballar bilan baholanadi va rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish:
Mavzudagi asosiy tayanch tushunchalarni yozib o’rganish, mavzu yakunidagi darslikdagi masalani ishlab kelish.
Dostları ilə paylaş: |