Bugun 21 iyul haftaning payshanba kuni. Biz ma'lum bir sabablarga ko'ra toshkentdan qarshiga qaytyapmiz. Erimning kistasida atigi qanchadir pul bor. Lekin ko'p emas



Yüklə 92,45 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü92,45 Kb.
#184733

Bugun 21 iyul haftaning payshanba kuni. Biz ma'lum bir sabablarga ko'ra toshkentdan qarshiga qaytyapmiz. Erimning kistasida atigi qanchadir pul bor. Lekin ko'p emas. Biz bu pulga 2 ta kridetni foizini to'lashimiz va 2 qizimizga ovqat yedirish uchun ro'zg'or qilishimiz kerak. Ish esa allaqachon o'lgan. Hech qaysi tarafdan yordam yo'q. Albatta bizni sevgan olloh biz bilan deb rizqimizni unga qo'yib qo'yganmiz. Va menda shunday g'oya tug'ildi. Nega biz boy bo'la olmaymiz. Yoki bizning psixikamiz bunga to'g'ri kelmaydi. Yoki biz taqdirning erkatoylar sinfiga qabul qilinmaganmiz. Bilmadim. Kichkinaligimdan she'r yozardim. Hozir o'ylab qoldim bu she'r menga nega kerak o'zi? O'ylash kerak qofiyani to'g'irla radifni tekisla. Yana yetmaganiga piyanista bo'lib qolmay. Shoirlarning 90%izini alkashlar tashkil etadi deb eshitganman. Hazil.
Hullas g'oyamga qaytsak. Ayam doim aytadilar har kishini hayotini yozsang bitta kitob bo'ladi deb. Men shunday qilsammikan. Ham pul bo'lardi ham kimgadir ibrat. Haa lekin buning uchun juda ko'p mehnat qilish kerak. Qancha? Bilmasam. Pulsiz bo'lib qolish men uchun fojiadek tuyuladi. Aslida qanday? Hamma har hil o'ylaydi. Men esa qarzga bo'lsa ham kiyinib yurgan, cho'ntagida shaqillab turgan pullarni reklama qilib ko'rganni ko'zini o'ynatgan bir nodon qiz pulsiz qolish albatta o'ta daxshatli tuyuladida. Dadasini erka qizimanda erka bo'lmay men o'lay. Yozmoqchi bo'lgan kitobim ha aytgancha pul topish uchun kitob yozmoqchiman. Harna sotaman yoki ganorar olarman. Mashxurlik uchun hech bo'lmasa ilk kitob bo'lar. Hullas kitobim o'zimga o'xshagan qizlar haqida. Qizlarning ichida nima bor. Yoki qizlar nimani o'ylaydilar. Albatta bu kitobni yozishim uchun ko'p qizlarni hayotiga aralashib qo'yaman shekilli. Baxtli va baxtsiz qizlarning toifalari deb nomlasammikan. Bilmadim. Chap tomonimda biz bilan uyga qaytayotgan singlim telefonda kimlar bilandir yozishib kelyapti. Taqdiridan norozi. Birinchi suhbatdoshim balki u bo'lar. Yozmoqchi bo'lgan kitobimda albatta behayo sahnalar ham bo'lishi mumkin. Albatta ismlari o'zgartiriladi. Agarda siz o'zingizni taqdiringizni o'qiyotgan bo'lsangiz kitobimdan joy olgan qahramon bo'lganingiz bilan tabriklayman. Nechtasini ichida bitta ekanligingiz bilan. Va hayotingizni yaxshi tarafga o'zgartirishga qaror qilganingiz bilan ham. Toshkentdan chiqayotib yuragimni yarmi qolgandek tuyuldi. Yo'lni yarmiga yetmasi afsuslandim,2 soatni ichida nega hafa bo'laman degan fikr o'tdi miyamdan. 3 chi soatga kelib men hali qaytib kelaman va shu yerda yashab qolaman yashaganda ham shunday yashaymanki,kimgadir 100 million $ berib shu pulni berganimni unutib yuborar darajada boy bo'lib yashayman degan niyatni yuragimga mixlab qo'ydim. Xudoni o'zi madadkor bo'lsin.
21 -iyul 2022-yil soat 22:17.
Fikrlarim mutlaqo chalkashib ketdi. Yo'lda kelguncha bir dunyo g'oya havoga shunchaki uchib ketdi.
Sabab esa bir xil yechim hech topilgisi kelmaydi. Ayol boshim bilan nima ham qilolardim. Atrofimda yetishmovchilik sabab hamma yuzini tortgan. Yoki aksincha soxta niqoblari yechilib qiyofalaridan qo'rqmasin deb boshqa tarafga qarab olishgan. Nimayam derdim. Zamon shunaqa. Yoki odamlar zamonni o'zlariga moslashtirishgan. Ongimda nuqul bir fikr aylanadi. O'zimdan boshlasamchi kitobimni. Qanday qabul qilinar ekan deb xavotirman. Chunki bir haqiqat ayonki,seni taqdiring hech kimni qiziqtirmaydi. Sababki,odamlar o'zlarini tubsiz muammolariga kalla tashlashgan. Shuning uchun kimgadir dardingni aytmoqchi bo'lsang bu faqat rahmli robbimdir.

Qaysidir bir taksi haydovchisi yo'lda ketguncha taksilikgacha bo'lgan hayotini aytib berdi. Avval millioner bo'lgani va keyin 900 ming $ pulini eng yaqin do'sti "uxlatib" ketganini. Keyin esa katta muammolarga duchor bo'libdi. Yonimdagi hamroh yo'lovchi esa bee'tiborlik bilan aka bundan ham battar bo'lishi mumkin ediku deb tasalli berdi. Hayron qoldim. Axir bu katta pul edi. Hamrohimning o'rnida bo'lganimda balki men eh aka yaxshi ish bo'lmabdi nega uni jazoga torttirmadiz degan bo'lardim ehtimol. Keyin o'ylab ko'rsam puli ko'p odamlarning ham muammolari ko'p bo'larkan. Yonimdagi insonni teran fikrligi va xudoga tavakkalchiligi uchun yanada qattiq yaxshi ko'rib qoldim. Chunki u ayrim kishilarga o'xshab molparast emas aksincha insonlarni tushunadigan sifatida qalbimda qoldi

Hikoyamning ilk qahramoni o'zi haqida aytib berishni umuman istamadi. To'g'rida kim ham o'z boshidan kechirganlarini ommaga jar solishni istardi. Ko'pgina urinishlarim va ustozimning maslahatlaridan keyin men o'zimga yuklagan vazifamni uddasidan chiqdim. Ustozim menga "kimnidir dardini bilmoqchi bo'lsang va u aytishni istamasa,o'zing sirlaring bilan birinchi bo'lib bo'lish,shunda u ham dardini aytadi"degandilar. Men ham shunday qildim. Avval men telbanamo hayotim haqida gapirib berdim. Keyin esa hamrohimning gaplarini eshitdim.

“Kambag’allik-harakatsizlikdan…”
(Ismini sir tutaman)
-Hayot judayam qisqa. Uni qanday yashash, qanday talqin qilish har kishini o’ziga bog’liq. Dunyoga kelib faqatgina tirikchilik dardida yashaganga,ta’minot sifatida ko’rinadi dunyo. Mantiq izlaganga darslik,baxt izlaganga esa butun bir olam. Kimdir shunchaki yashaydi, kimdir esa otasining topganini kemirib vaqt o’tkazadi. Ba’zi bir notavonlar esa kambag’allikni ro’kach qilib,harakatsiz yashaydi.
Suhbatdoshimning gaplaridan jaxlim chiqib ketdi. –kambag’allik ayb emas,bu shunchaki sinov,dedim.
U esa o’ynoqi ko’zlari bilan menga hayratomuz tikilgancha,-to’g’ridir ehtimol,lekin men bunday o’ylamayman, dedi. Uzoq vaqt bir nuqtaga tikilib qoldi. Hayolini bo’lmaslik uchun shunchaki jim o’tirdim. Men bilmasdim u nimani o’ylardi. Ehtimol qalbini og’ritdim. Yoki uni tubsiz xotiralar qa’riga g’arq qilgan edim.
O’ziga doimo oro beradigan,butikdagi eng oldi kiyimlarni birinchilar qatorida kiyadigan va aytish joiz bo’lsa yog’ning hidini kiyimiga unab qolishini istamay ko’chadan ovqatlanadigan,dugonalaring yonida yal yal yonib,eng so’ngi rusumdagi telefonlarni tutadigan bu ayolni kambag’allik to’g’risidagi aytadigan tushunchasi menga bad tuyuladigandek edi go’yo. Huddiki u hozir menga qiynalganman,shunaqa vaziyatlarni boshimdan o’tkazganman, desa,ehtimol bu kulguli holat bo’lardi men uchun. Jim turaverdim,qachonki o’zi bu sukunatni buzmaguncha.
-Bolagimda dadam onamni ko’p urardi. Sabab nima? Sabab arzimagan bir shisha. Arzimagan shisha. Arzimagan… tushunmasdim. Shundan nima ma’no,men bor onam bor. Dadamga nima yetishmasdi men bilmasdim. Ro’zg’or ham unaqa yetishmovchilik emasdi. Kimdandir ko’p,kimdandir kam. O’rtahol oila bo’lganmiz. Dadam mashina ustasi bo’lgan. Ro’zg’orga olib kelinadigan kamchiliklar bilan bir qatorda aroq ham teng olinardi va hech kanda bo’lmasdi. Oialada uch kishi edik holos. Onamning esa bir dardi tugamay, dadam ichkilik ustida yana yangilab qo’yardi. Balki onam ichmang derdimi yoki g’ashiga tegadigan biror gap aytganmi,men esa hech sezmay qolardim. Uning onamga bergan azoblari tugay demasdi,mening esa dadamga bo’lgan nafratim aqlimni taniganim sari ’’ gullayotgan’’ edi. Onam kam gap, kamsuqum ayol bo’lgan. Deyarli dadamga gap qaytarmasdi. Dadamning zulmlari oshib tushsa ham lom mim demasdi. Ko’zga ko’rinib qolgandim. Eshigimizni juda ko’p bo’lmasada,sovchilar qoqa boshladi. Tabiiyki onam ikkimizning ixtiyorimiz o’zimizda emas. Dadamning esa ko’ziga o’sha shishalaridan boshqa narsa ko’rinmasdi. Bir kuni dadam mastlik ustida Sobir piyonistaga “qizim seniki”,deb lavz qilib qo’ygan emish. O’shanda ilk marta eshitgandim onamning dadamga chiqqan qattiq ovozini.
-Axir uning uylanadigan o’g’li yo’qku. Kim uchun sovchi bo’ldi u,derdi onam talmovsiragancha. Ko’zlari qizargan dadam, Sobirning o’ziga meni va’da qilganini,uning farzandlariga onalik qilishimni aytardi. Hayollarim butkul chalkash,orzularim esa bir shisha aroqning tubiga cho’kib ketgandek edi go’yo. Mutlaqo hech nimani his qilmasdim. Quloqlarim kar,ko’zlarim ko’r edi bir zumga. Bir onda ulg’ayib qolgandek edim. –bas yetar ortiq chidolmayman,qizimga buni ravo ko’rmaysiz,deb baqirardi onam. Bir dunyo alam iskanjasida borib dadamga roziligimni aytib,onamni boshqa urmasliklarini iltijo qildim. Dadam esa ortiga qaramay go’yo biz hammasiga aybdordek uydan chiqib ketdilar. Onam o’ksib o’ksib yig’lardilar. Ehtimolki,taqdirning unga yozgan bitigidan nolib yig’lardilar. Men esa onam uchun deyarli o’zim tengi qizlarga onalik qilishga ruhan tayyorlanishni boshlayotgandim. “dadang menga ko’ngilsiz edi,ota onasining istagi bilan oila qurganmiz,u sevgan qiz oila qurganimizdan keyin turmushga chiqdi, ikki farzandni onasi,kimnidir suyukli ayoli va juda baxtli”. Onamni ilk marta menga qalbini ochishi va aytgan gaplari aqlimni larzaga solardi. Axir onamning aybi nima. Bir baxtni orzumand etib,oila qurgani yaxshi kelin bo’lgani,pokiza uy bekasi ekanligi va meni dunyoga keltirganimi. Dadam o’sha ayoldan ko’ngil uzmagan va doim uning alamiga ichib,onamni do’pposlashi bu adolatdanmidi. Uch kun ichida sovuqqina qilib meni Sobirga uzatib yuborishdi. O’zim tengi ikki qizim esa meni onasining o’rnida qabul qilishmadi. Dadalariga turli ig’volar bilan borishar va meni kaltaklar ostida qoldirishardi. Taqdirim onamning qismatiga o’xshab borayotgandi va yoki undan bir ikki qadam ildamlayotgandim. Baridan qo’l siltab qochib ketgim kelardi afsuski huddi men uydan qochsam,onam dadamning kaltaklari ostida o’lib qolishidan qo’rqardim. Qo’rqqanim oldimga keldi onam meni uzatganining yigirma ikkinchi kunida miyaga qon quyilish natijasida jon berdi. O’shanda janozada faryodim ko’kka yetgandek yig’ladim. Bu ko’z yoshlarim eng so’ngisi edi. Qalbim qotib qolgan, ma’nosiz umrim onam bilan birga qabrga ko’milgandi. Shu kecha ko’p narsani oxirisi bo’lgan ekan. Dadam bilan yuzma yuz kelishni ham eng so’nggisi (u orada kuldi yoki alamli xotiralari tugagandi yoki yangisi bilan yuzlashayotgandi). Shundan keyin uydan qochib ketdim. To’g’rida menga halovat bermagan uy menga oshyon bo’larmidi? Kafe,restoranlarda idish yuvib,kun ko’rishni boshladim. Barlarning pinxona xonasidagi uchrashuvlar diqqatimni tortardi. Ular yo sevgidan mastliklarini o’zgaga ko’z ko’z qilishni istamasdi yoxud mutlaqo o’zga kimlardandir berkinib shu hilvatda panoh topishayotgandi. Bu yog’i romantika bo’lib ketdi.
Qiziqib uni gapida davom etishini kutardim.
-Bir kuni bir qiz bilan tanishib qoldim. U juda xushchaqchaq edi. O’zini hecham hafa qilmasdi. Men ishlayotgan restoranga oddiy ofitsant bo’lib ishga kirgandi. Lekin mendan farqli o’laroq u o’ziga qaragan yasama kipriklari ko’zlarini katta qilib ko’rsatgan,kalta yubka kiyib sonini o’zgalarga ko’z qilishga tortinmagan va kim gapirsa kulib vaziyatdan chiqadigan qiz edi. U doim hayot shunchaki o’yin kulsang va puling bo’lsa marra seniki,derdi. Oddiy ishchi bo’lsa,men qatori ishlasa o’ziga bu qadar soxta oroliklar uchun pulni qaydan oladi,deb o’ylardim ichimda. Bir kuni ish vaqtimiz tugagandan so’ng u meni o’zi ishlaydigan boshqa bir joyga olib borishini aytdi. Faqat u yerga mening odmi kiyimlarim to’g’ri kelmasligini va hozircha o’z kiyimlarini saxovatlilik qilib ulashib turishini aytdi. Ota onam bo’lsa ekan tergaydigan ikkilansam. Xop dedim. Ish vaqtimiz kech tugardi yana qayda shunaqa vaqtda ish bo’larkin deb hayron qoldim. Kutishdan boshqa ilojim yo’q edi. Meni dugonamning ochiq sochiq kiyimlarini kiyish,sochimni unikiday qilib turmaklashdan boshqa narsa qiziqtirmayotgandi. Shunday ham bo’ldi,er ko’rgan ayol emasmanmi,qomatimga kiygan kiyimim juda yarashdi. O’zimga mahliyo edim. Huddi ilgari ham shunaqa kiyimlarni kiyib yurgandek,o’zimni juda bemalol tutardim. Dugonam ishlaydigan ikkinchi joy tungi klub bo’lib bu yerda qizlar deyarli yalong’och yurishardi. Erkaklar oldida uyalmay o’zini namoyish qilib raqs tushishardi. Dugonam esa erkaklar faqat pulini shilishga arziydi undan ortig’i ularni semirtirib yuboradi deb hazil qildi. Yangi kelganim uchunmi bali kiyimlarim o’zimga rostdan qolipday tushgandimi ko’pchilikning e’tibori menda bo’ldi. Qaysidir erkak suykalib qo’limdan tutsa yana boshqasi bo’ynimdan o’pishga harakat qildi. Qanday tushunasiz bilmadim,ehtimol ota mehrini,erkakni yaxshiroq his qilmaganim uchun bu menga yoqa boshladi. Tunni esa bir yosh yigit bilan o’tkazdim. U ertalab qo’limga pul tutqazdi. Istagan narsamni olishim,istaganimni yeyishim uchun. Boshqa kafelarda ishlamasligim ham mumkin edi. Men o’zim uchun pul topishni yangi usulini kashf qilgandim. Chiroyli kiyimlar,bejirim taqimchoqlar,salonma salon yurib o’ziga oroyish berishlar,hashamatli yotoqlar va eng asosiysi puldor erkaklar kunlarimning asl maqasadiga aylandi. Men faqat farog’atda yashashni o’ylardim. Dadam kabi notavon erkaklarni noz karashmalarim bilan o’z yo’limdan yurgazib pullarini olish asosiy g’oyam bo’lib qoldi. Mana deyarli o’n yildan beri shunchaki mazza qilib yashayapman. Ba’zida o’ylab qolaman. Oilam bo’lganida farzandlarim va yaxshi bir erni quchog’ida bundan ham yaxshi bo’larmidi. Yo’q men istamayman. Onamday kaltak yeyishni,farzandlarim o’zimday o’ksik bo’lishini istamayman. Yaxshisi bo’lmagani ham yaxshi. Endi gapni boshidagi kambag’allikga qaytsak. Inson kamba’al bo’lib tug’ilmaydi. Harakatsizligi evaziga kambag’al bo’lib qoladi. Men shunday o’ylayman. Pul topish uchun ma’lum bir ma’noda mehnat qilyapman,yarashmagan tarzda kulardi u.
Shu bilan suhbatimiz tugadi menimcha. Oilamni,farzandlarimni dunyoga alishmay sevaman. Bu ayol esa shunchaki vaqtini qimmatli umrini havoga kulday sovurayotgandek tuyuldi menga. O’zicha o’ziga to’g’ri. U bilan gaplashish uchun. Ko’p urunganim,hayotimni ma’lum bi qismini unga bo’lishganim,asosiysi esa ketgazgan vaqtimga juda achindim. Bunaqa hayot mening ongimga to’g’ri kelmasdi. Mendan olti yoki yeti yosh katta ayol baxtning asl ma’nosini hali tushunib ulgurmagandi ehtimol. Uning hashamatli uyidan chiqib ketarkanman,o’ylab qoldim,qachondir bu jihozlarni,gilamlarni haqiqiy o’zbek ayoli tozalarmikan. Oshxonada oilasi uchun shirin taomlar tayyorlanarmikan,devordagi faxshiy suratlar o’rniga bolalarning kulib tushgan rasmlari joy olarmikan? Bilmasdim,bilolmasdim. Birinchi qahramonim meni kuzatib yo’lakka chiqmadi,aksincha telefonda kim bilandir suhbatlashar,yoinki,yangi mijozini qabul qilish uchun buyurtma olardi. Hammamiz shunchaki ollohning qullarimiz,azalimiz ham abadimiz ham yolg’iz ungagina ayon. Bu ayolning hayotini,kelajagini muhokama qilishni istamasdim. Boshqa ortimga qaramay ketdim.

2022.29.11.


Qiyinchilik-erning xiyonatiga chidash emas…
Bir kuni uzoq yillik tanishim bilan gaplashib qoldim. Gap dermidi buni yo dardlashmoqmi. Huddi qalbini menga to’kgandek tuyuladi. Hayotini ozmi ko’pmi bilganimcha yoritib berishga harakat qilaman. O’rta bo’yli,qomati ham o’ziga yarashgan bu qiz dadasining katta farzandi,erka qizi edi. Gaplari o’tkir ba’zida uzoq o’ylab mulohaza qilib so’zlamasa ham uncha buncha bilgani bor edi. Maktabda ham o’zini o’rni bor. Yigitlarni orasida ham gaplashish qiyin, do’stlashish esa amri mahol qizlardan edi. Biz taraflarda qizlarni ertachi turmushga berish allaqachonlar odat tusiga kirgandi. Shunday qilib,bu qiz ham o’zini nimalar kutayotganini bilmasdi. Kelishgan bir yigit unga sovchi yubordi. Uning boshqalardan eng afzal tarafi, u shaharlik boyning farzandi edi. Aslida ham boymidi yoki el ko’ziga shunday ko’rinarmidi haligacha odamlarning g’iybatiga mavzu bo’lardi. Qolganini esa qizning o’zidan yozib olganman.
-o’zim tengi bir yigit zimdan kuzatib yurardi,bilardim u meni yaxshi ko’rardi lekin og’iz juftlab aytishga botinmasdi. Menda esa ota onamni roziligidan boshqa niyat bo’lmagan. Bir kuni uyimizga sovchilar keldi. Meni kimdir tavsiya qilgandi. Ehtimol yaxshi qiz deb. Qishloqda gap bolalab ketdi falonchi qiz shaharga,boyga kelin bo’lyapti ekan,deb. Hokisor qiz yuragim bilan orzular qilardim, kelajagim,bo’lajak turmushim haqida. Oq libosda kelin bo’lib ota uyimni tark etishim,dugonalarimni havasini keltirib,shaharlik kelin bo’lishimni o’ylasam,yuragim hapqirib ketardi. Oradan ko’p o’tmay shunday bo’ldi ham. Avvaliga hammasi juda yaxshi edi. Turmush o’rtog’imga borimni berardim. Kuchim yetganicha uydagilarining xizmatini qilardim. Hali yosh emasmanmi,ro’zg’orga uncha epim bo’lmagan. Ba’zida ko’chalarni supuradigan vaqtda uxlab qolardim. Ovqatlarni juda unaqa mahoratli tayyorlay olmasdim. Qishloq qizi emasmanmi,shaharlik qaynona qaynotaning ko’nglini olish unchalik ham oson emasdi. Hammasini risoladagiday qilishga jon jahdim bilan urinardim. Bu qiyinchiliklar shunchaki o’yin bo’lib qoldi. Turmushimning oltinchi oylaridan boshlab,erimning xurmacha qiliqlari avj ola boshladi. Har xil bo’lmag’ur qizlar bilan telefonda suhbatlar qurar,oshkora ular bilan uchrashardi. Meni borligimni hatto his qilmasdi. Rashkdan yonib ketardim. Yig’lardim,siqtardim,jonimni yoqardim. Shu zaylda kunlar,kunlar ketidan esa oylar o’ta boshladi. Orada qiz farzandli bo’ldim. Erimni juda sevgan ekanmanmi,qizim dadasi bilan bir xil edi. Sabrimga ollohni mukofoti deb bildim qizimni. Erim esa otalik mas’uliyatini his qilish o’rniga o’zi bolaga aylanib borayotgandi. Ota onasi doim uni ma’qullar,qiliqlari uchun hech nasihat qilmasdi. Qizlar bilan ayshu ishrat,ko’chada sarxush bo’lib,tanigan yo tanimagan bilan yoqa vayron bo’lib,mushtlashishlar tugay demasdi. Oxir oqibat ota onaning ham sabri tugadi shekilli yoki ko’chada farzandi deb boshi egildimi erimga qattiq qattiq urushadigan bo’lib qoldilar. Unga o’chakishib,men va farzandimga tinchlik berishmasdi. Suyanay desam erimni ahvoli bunaqa,dardlashay desam qaynonam tushunishni istamaydi,onamning esa bag’rini qon qilgim kelmaydi. Kechalari qizim bilan ovunib tong ottirardim. Men shunchaki bu uyda oddiy xizmatkor yoki qo’g’irchoq edim. Zerikkanda istagan ko’yiga solib o’ynaladigan,xumori bosilgach duch kelgan joyga uloqtiriladigan. Men qadrimni bilmasdim ehtimol. Kasalni yashirsang istimasi oshkor qiladi deganlaridek,bu gaplar otamning qulog’iga yetib boribdi. Qo’yarda qo’ymay meni uyga olib ketishdi. Otam “ajrashasan,bunaqa azoblarda yashamaysan,shuncha vaqt qaradim,oq yuvib,oq taradim,lekin xo’rliklarga chidashing uchun uzatmadim”,deb turib oldilar. Otam haq edilar. Ammo meni endi farzandim bor edi. Yana qiz farzand. Ertaga hayoti qanday bo’ladi,ajrashsamu,tengim chiqib otam meni yana uzatib yuborsalar qizimni taqdiri qanday bo’ladi deb o’ylardim. Bu hayollarim esa mutlaqo haqiqat edi. Qizalog’im uchun bariga chidashga majbur edim. Ertaga ulg’ayib dadam qani, desa jim qolmaslik uchun ham qiyinchiliklarni qarshilashga tayyor edim. Qo’pol bo’lsada aytaman,balki kitobingizga chiroyliroq so’z bilan ifoda qilarsiz, deb qoldi tanishim. –Mayli ixtiyoringiz,davom etavering dedim men. –Erimning jazmanlari ayoli bor demasdan,tinmay telefon qilardi. Uylariga dam olib ketishi uchun taklif qilishardi. Faqat ularga arzimagan sovg’alar olib borsa kifoya edi. Eslayman,bir kuni taqinchoqlarim ham erimga kerak bo’lib qolgandi. Men qo’rqardim,erimga telefon qilishgan vaqtlarda javob berishga. Huddiki ular qonuniy,men esa sayoqdek. Erim bilan janjallar qilardim,jazmanlarga esa javob qaytarolmasdim. Bizning janjallarimizdan qizim ham bezor,qaynona qaynotam ham zada bo’lib qolgandi. Maslahat qilishib,bizni alohida uyga chiqarishdi. Ro’zg’or bo’yniga tushsa bosilib qoladi emish. Bu orada ikkinchi farzandimni ham dunyoga keltirdim. Alohida ham yashay boshladik. Boshimdan o’tkazganlarim shunchaki holva ekan. Ijara uyda turish,bola tarbiyasi,ro’zg’or tashvishi va erka erimning qiliqlari meni butunlay qaddimni buka boshladi. Bir kuni ota uyimga ketsam,erim uyga mehmon olib kelibdi. Afsuslar bo’lsinkim,men o’z yotog’imda erimni mehmoni bilan qarshilashdim. Dunyo ko’zimga tor bo’lib ko’rinardi. Kuchim yetsayu,ikkisini ham pichoq bilan bo’g’izlab tashlasam derdim. Ammo farzandlarim kelajagi uchun yana jim qoldim. Qiz bolani dunyoga keltirguncha ona bechora achchiq dard yerkan. Onam ham meni deb achchiq dard yegan ekanu,hayotning achchig’i uchun tuqqan ekanda. O’zimga o’zim dalda beraman. Hali farzandlarim meni yeru ko’kka ishonmaydi,qirolicha qiladi deb. Atrofimdagilar esa nuqul menga nasihat qiladi. Bu esa shunchaki juda oson va o’rnimga hech kim bir kun yashamagan bo’lardi. Qaynonam norozi bitta erni yo’lga sololmadi deb. Ota ona berolmagan tarbiyaga men ojizlik qilishimni tasavvur qilolmaydilar. Otam hozir ham ro’zg’orimizga qarashib turadilar. Erkatoy erim,faqat o’zini ovutadi. Men hammasiga ko’nib bo’ldim. Faxsh ustida yashashga ham,mendan hammani nolishiga ham. Muhimi farzandlarim sog’ bo’lsa yetadi. Shunday vaqtlar bo’ldiki,farzandlarimga ayol boshim non topib berolmadim. Erimga ro’zg’orning kamchiligini aytsam,qachondir qilib kelingan bozorlik haqida gapirardi. Men shunda tushunib yetganmanki,qiyinchilik bu erning xiyonatiga chidash,turli ig’volarni eshitib yig’lash yoki farzandsizlik yo qishning sovuq izg’irinida mutloqo yupun qolish emas ekan. Qiyinchilik ikki go’dakni non so’rab yig’laganida,ona bo’lib topib berolmasliging,ularni och qolib jajji qo’lchalarini so’rib uxlab qolishini chorasizlarcha tomosha qilishing ekan. Ba’zi kishilar tirnoqqa zor,kimdirlar esa farzandni borligini his qilmaydilar. U bilan ham suhbatimiz shu yerda vaqtinchalik tugadi…

Ha men uning so’zlarini mutlaqo ma’qullayman. Gaplarini shunchaki eshitib turibmanu,hali hammasi yaxshi bo’lib ketadi,deyishdan nariga o’tolmayapman. Uyimizda hech qachon muzlatgich bo’sh turmagan. Turmush o’rtog’im puli juda kam vaqtlarida ham bolalar yo’qlikni qaydan tushunadi,aqlini taniguncha kamchiliklarimizni sezdirma deydilar menga. Bir kuni kichkina qizim,muzlatgichni ochib,yeyish uchun hech nima qolmabti,shirinlik olib kelib qo’ysalariz bo’ladiku,dedi. Vaholanki,shirinlikdan boshqa hamma narsa bor edi… Qalbim titrardi. Agar men shunaqa vaziyatda qolsam nima qilgan bo’lardim. Katta ehtimol bilan dadamni uyiga qaytardim va hech qachon turmush qurmasdim. Chunki menda bunday sabr va fidoiylik birga jam bo’lmasdi. Tag’in hayot hali oldinda. Bunaqa erka erlar esa har qadamda tiqilib ketgan. Mas’uliyatni o’ziga begona qilgan,ollohning farzand atalmish buyuk ne’matiga munkir kelganlar. Davlatni qonunini ustuvor deb bilsak,bunaqa er bilan ajrashib,har oy tirik yetim bo’lgan bolalar uchun aliment to’latib,to’lolmay qolgan vaqtda qanaqadir kaloniyalarda farzandni,ayolini shu darajaga olib kelgan erkaklarni aqlini kiritib qo’yish kerak aslida. Mayli ishlasinu,ro’zg’orga yetkazolmasa,u boshqa masala. Pul topib,uni oilasidan ayab, farzandlari rizqini qayerdagi bir rasvoga sarflagan erkaklar deb,ba’zi ayollar-erkaklardan qo’rqib qolishdi. Kulgan bilan baxtli deb,o’ylab bo’lmas ekan. Tanishim ham menga uzoqdan baxtli,kamchiliksiz ko’rinadi. Uyning hasratini esa, temir darvozayu,beton devorlar berkitib turarkan…

2022.12.12
Odamlar nimagadir zamon o’zgardi degan so’zni aytishni o’zlariga odat qilib olishgandi. Men tushunmasdim,tushuna olmasdim. O’zimcha zamonni talqin qilardim,kuzatardim. Ertalablari quyosh chiqardi,bulut bo’lgan vaqtda ba’zida yomg’ir yog’ardi. Kechasi bo’laversa musaffo osmonda yulduzlar ko’rinardi. Zamon ilgari qanday bo’lsa shundayligicha turgandi. Hali quyosh shimoldan chiqib,janubga botmagandi yoki kechalari oyning o’rniga yoritmagandi. Mening tushuncham edi bu zamon zamon haqida. Aslida ong rivojlangani sari insonlar zamonni o’ziga moslashtirayotgan edi. Issiqda qizlar shamol aylansin debmi,kalta kiyimlarda yurishar,ayrim yigitlar ham hech tortinmay tizzasidan baland turadigan kalta shimlar kiyishardi. Din buyurgan deya amalini qilmay turib ko’krakgacha soqol o’stirganlar ham ko’paygan zamon bo’ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ong bilanmi yoki ongsizlikdanmi bekorchilar mutlaqo tarbiyamizga mos bo’lmagan, aqllilar tili bilan aytganda “content” yoxud bemani,faxshga chorlovchi,bachkana vedio oluvchilarning soni ortib bordi. Zamonga dahl qilganlar ham aynan shular bo’ldi ehtimol. His tuyg’ular emodjilar ya’ni o’zlashgan tilda aytganda “stikerlar” bilan ifodalansa, diydoylar o’rnini vedio qo’g’iroqlar egallardi. Musofirda bo’lsaku mayli,yo’lchilikda derdim, yaqindagilar ham shu muloqotni o’zlari uchun tanlashgandi. Covid degan bir balo kelib,hatto darslar ham vedio qo’ng’iroqlar asosida o’tiladigan bo’ldi. Nachora, zamonaviy kishilarga qo’yilgan talablari edi bu zamonning va bunda qoloqlar yo’q edi. Hammaning qo’lida eng kichigi-shapaloqday keladigan telefon bore di.
Men nega aynan tarmoqlar haqida so'z boshladim. Chunki yaqinda turmush o'rtog'im bilan bir vedioni birgalikda ko'rib qoldik. Vedioda avvaldan kuzatuv ostida bo'lgan kelin va uning Kim bilandir o'ynashib yurganligi aks etgandi. Sahna ishtirokchilari hech qanaqa kiyimsiz edilar. Tasvirchilar 3 4 ayol kishi va 3 4 erkak kishi edi. Tap tortmay avj nuqtaga kirib borishdi. Tarmoq tili bilan aytganda kiyimsizlarga hech qanday bijir bijirlar qo'yilmagan va xalqqa ayni shu turishda namoyish qilingandi. Ruscha so'zda ''zapal'' Deb nomlangandi. Tasvirchi ayollar keliniga yaqinlik qilmoqchi bo'lgan yalong'och erkakni oldida bemalol yurishar,ta'bi xushlaganda urib tepishar turli behayo so'zlar bilan haqorat qilishardi. Qarshimda begona erkak kiyimsiz turibti, qarashim to'g'rimikan, deb o'ylab ham ko'rishmasdi. Uyushtirilgan bu sahna ular istagandek ommaga oshkor qilindi. Ayol bechora tinimsiz yig'lar erkak ham boshiga gurzi tushgandek talmovsirardi. Tasvirchilar esa ayol va erkakning ichki kiyimlarigacha olib qo’yishgan va sharmanda bo'linglar deb,kiyinishlariga yo’l qo’yishmayotgandi. Xiyonatkor kelinni onasini chaqirib,o’zlaricha isbotlashgandi “samosud” qilishyotgandi. Bechora ona esa,”qaro yerga tiriklay ko’mding” deyishdan nariga o’tolmasdi. Biz turmush o’rtog’im bilan bu voqeani turkicha tushunib tomosha qilayotgandek. Ular boshqalarga o’rnak bo’ladi desalar,men bu xato inson huquqlariga mutlaqo zidku,nega uydagi sir shunchaki uyda qolmaydi xalq buni bilishi shartmi, derdim. O’z tuyg’ularimni oqqa ko’chirish uchun o’zimda kuch topolmasdim. Men uchun bu juda shok holat edi. Axir tasvirchi ayollar ham o’ziga yarasha shallaqi edilar,ba’zi erkaklar ishlatishni istamagan beandisha so’zlarni tilidan qo’ymayotgandi ular. Men voqeaning davomiga qiziqardim,tafsilotlariga chuqurroq kirgim kelardi. Nega bu darajaga yetib kelganini bilgim kelardi. Bu voqea viloyatimizning qaysidir tumanida yuz bergandi.( Doimgidek muhokamaga sabab bo’lmasin deb,joyni aniq aytishni istamadim). Gaplashishni istab,yo’lga otlandim. Izlab izlab qo’shnilarning g’iybatiga mavzu bo’lib,axiyri kelinning ota uyini topib bordim. Qishloqning pastak devorlari,uyga kimdir kelganini qo’shnilarga aytib turardi. Kimdir ola qaragan,kimdir esa mutlaqo beparvo. Hovli ichkarisida bir yoshi kattaroq,ozg’indan kelgan ayol to’rt besh yoshlardagi yig’layotgan bolani qo’liga konfet berib,ovutardi. Tizza tushib,oqqan burunchasini ko’ylagining etagiga arta turib,qarg’anib qo’yardi. Salom berib,kimligimni aytganimda,ayolning ensasi qotganday bo’ldi. Vedioni ko’rganim haqida aytganimda betoqat bo’lardi,go’yo meni uydan quvib qolmoqchidek. Kitob yozayotganimni va bu kitobimda ayollarning turfa taqdirini yoritmoqchi ekanimni aytganimda: qizim ichkarida,gaplashadimi yo’qmi bilmayman,dediyu indamay bolani yetaklagancha ketdi. Uyda erkak kishi yo’q bo’lsa kerak ostonada bobomnikiday katta kalish ko’rmadim. Kelinning ismini aytib,chaqirib sekin kirib bordim. Qo’lbola yasalgan pechning ustida choynak qaynab turardi,yonida esa bo’lajak hikoyachim bir nuqtaga tikilgancha,kelganimni sezmasdan hayol surardi. Cho’chitib yubormaslik uchun ohista yo’taldim. U menga o’girilib,hayrat va tanimagan nigoh bilan bir qarab oldi. Kelganimdan shoshmadi. Choynakni boshqa tarafga oldida “keling,mehmon” dedi holos. Chamamda u hovlidagi onasi bilan bo’lgan suhbatni eshitgandi. Nima deb gap boshlashni bilmasdim…

Aqlim shoshib qolgandi…
-Kitob yozayotganingizni eshitdim ,dedi u nogoh. Lekin ommalashmaydi. Hozir odamlar kitob o’qimaydi. Odamlar bir birini vedioga olib gap yo’qligidan orqasini kovlashtiradi. Uning gaplarini telefonimning ovoz yozgichini qo’shib,indamay eshitishni ma’qul bildim. –Olti yil oldin shu vaqtlarda to’yim bo’lgan. Qaynonam meni istamay kelin qilganlar. Erim bilan sevishib turmush qurganmiz. Otasizligim,onamning maktabda farrosh bo’lib ishlashi, kambag’al oila ekanligimiz meni qismatimga yozilgan edi. Ammo erimga buni ahamiyati bo’lmagan. Onasining qarshiliklariga qaramay sepimni o’zi qildi,to’yni juda dabdabali o’tkazmasada onamga yuk qilmadi meni. Qaynonam bozorda savdogar bo’lib ishlaydilar. Qaynotamni uyda boridan yo’q kuni ko’p. To’ydan keyin meni qaynonam ishlarni qilolmasligim yoki shunga o’xshash bohonalar bilan erimga teskari qilardi. Qaynonamni bir singlisi bor,kunda kun ora kelib,meni siltab ketadi. Bu uyda faqatgina erimni opasi menga yaxshi gapirardi. Erim menga qattiq gapirsa,onasi yashnab ketardi,ursaku undan baxtli odam yo’q. Bora bora uning injiqliklari jonimdan o’ta boshladi. “chuvrindi” derdi meni doim. Yangi uyga moslashib borgan sarim,erimni qulog’ini egovlay boshladim. Homilador bo’lgan vaqtimdaku,endi mustahkam joylashdim bu xonadonga, men ham qaytmayman,erim meni deydi baribir deb,qaynonam bilan tillasha berdim. Erim ikki o’t orasida edi. Ishga ketishdan oldin onasi jovrasa,ishdan kelganida men onasidan nolirdim. Bir o’g’ilman,ularni tashlab ketolmaymanku,derdi erim doim. Qaynotam ham uydan bezor edi. O’g’li ikkisi oxiri chidolmadi. O’g’lim tug’ilgan vaqtda biz chetga chiqib,ishlab kelamiz,sharoitni yaxshilaymiz deb,ishlagani ketishdi. Chetda ishlash hozirgi vaqtda juda tahlikali edi. Ammo bizning uydan ko’ra tinchroq edi nazarimda ular uchun. Ikkisi ham jo’nab ketishdi. Qaynonam ishga,bozorga ketganida bilganimday yashadim. Huddi biz bir uydagi ikki begona ijarachilar edik. Erim bilan telefonda gaplashib turardik,vedioda turli qitmirliklar qilardik. Men uni sog’ingandim. Bir kuni telefonimga begona raqamdan sms kelibdi. Unda meni yaxshi ko’rib qolgan bir kishining gaplari bor edi. Shayton meni yo’ldan ozdirdimi,iymonim sustlik qildimi,u bilan tez orada yaqin sirdosh bo’lib oldik. Ayoli ikki farzandi bor edi. Menga rasmlarini yuborib,meni ham rasmlarimni so’rardi. Men ham erli ayol ekanimni unutib qo’ydim. Erim esa kam gaplashayotganimdan doim nolirdi. Yangi tanishuv,iliq so’zlar va ayniqsa erim kam tashlaydigan kartamga “g’oyibdan” tushayotgan pullar menga juda yoqardi. Uyda yolg’iz zerikib ham o’tirardimda. Tanishim, ayolini sevmasligini,menga bog’lanib borayotganini va juda chiroyli ekanimni bot bot takrorlardi. Ammo o’zgarib qolganim,behudaga yasanib olishim erimning opasini,xolasini e’tiborini tortganini sezmay qolibman. Meni ular kuzatishni boshlashgan ekan. Bir kuni qaynonam yangi mol olib kelish uchun boshqa viloyatga ketishini aytib qoldi. Kechasi qo’rqsam,qaynopamni chaqirishimni yoki onamnikida qolishimni tayinladi va o’zi ketdi. Bu men uchun ayni muddao bo’ldi. O’g’limni onamni uyiga berib,o’zim uyni tozalashimni kechasi esa qaynopam kelishini u bilan birga yotishimni aytib,onamni tinchlantirib keldim. Anchadan beri erimni sog’inganimdanmi telefonda tanishgan odamimni uyga chaqirdim. Uyda yolg’iz ekanimni va bugun tuni bilan yolg’iz qolishimni aytdim. U ham kech tushishi bilan yonimga kelishini men bilan yuzma yuz ko’rishishni jon dildan istashini aytib o’tdi. Tun ham tushdi,u ham keldi. Vedioda ko’rishgan boshqa ekanu,ko’z bilan ko’rgan boshqa ekan. Biz birga ovqatlandik,gaplashdik. Kiyimsiz bir sharmandali holatda edik,birdan uyga bostirb kirib qolishdi. Ularning qo’llarida telefon,nima deyishni nima qilishni bilmasdim. Aqlim mutlaqo shoshib qolgandi. Qaynopam,qaynonam,mahalladan bir erkak va bir ayol,shallaqilarning eng kattasi esa qaynonamning singlisi edi. Qolgan erkaklarni tanimadim. Ularga qaynonam siz guvohsiz,kiyimlarini bermanglar deya baqirardi. Kimdirlar meni urgan, xushtorimni ham ayamay tepkilashardi. Qolgani esa o’zingiz bilgan voqealar.
Xalqimizda bir gap bor. Erkakniki aybmas,ayolniki ayb degan. Ammo bu gap qur’oni karimda yozilmagan. Nega ayolniki ayb,nega erkakniki ayb emas. Chunki erkak nafsi bilan xiyonat qiladi,ayol esa qalbi bilan. Men yana tushunmasdim. Bu ayol eri bilan sevishib turmush qurgandi. Nega xiyonat qilganini bilolmasdim. Balki bu shunchaki zerikish yoki tarmoqdagi bekorchiliklar oqibatda yuzaga kelganmidi?
Aytmoqchi bo’lganim shuki,xiyonat,o’g’irlik yo shunga o’xshash noma’qulchiliklar oldingi zamonlarda ham bo’lganku,nega atrofdagilar bundan xabarsiz qolishgan. Texnika asrida yashayapmiz deb,bir birimizni atrofga sharmanda qilishdan nima ma’no bor. Erkak ayolini xiyonat ustida ushlab olsa telefonda vedioga olib,tarmoqqa joylasa,buning asli zamirida kimning aybi ko’proq ekan? Qizlar avratlarini ochib o’zini atrofga namoyish qilsa,otasiyu akasi beparvo bo’lsa,bunga kim aybdor? Hammasi texnika ta’siri va yuzsizlikning qanaqadir ko’rinishi edi. Zamonni o’zigagiga moslashtirayotgan,ilmsizlikdan va imkoniyatlardan to’g’ri foydalanmayotgan omi jamiyatning tor doiradagi fikri edi nazarimda. Men esa nimadir deyishga,shaxsiy fikrim deb tanqidalarga uchrab qolishni istamasdim.

2022.29.12


Hozir ehtimol xatoga yo'l qo'yayotgan bo'lishim mumkin. Hikoyam uchun yaqinlarimni dilini og'ritib qoýish menga qimmatga tushar ehtimol. Lekin bu kimgadir ibrat bo’lsa,tanqidlar bilan yuzlashishga rozi bo’laverardim.
Bizni ota qarg’ishi urgan…
Dadamning hayoti bilan bog’liq,-deya gap boshlaydi hikoyam qahramoni. Oilada to’rt o’g’il va bir qiz farzand bor edi. Dadam o’g’illardan ikkinchi edi. O’zlari chapani va gap ko’tarolmas fe’lga ega. Gohida jahllari chiqib ketsa,hech kimni ayamas hillardan edi. Dadamga gapirish keragu,ortga qaramay qochish kerak edi nazdimda. Bu xulq va fe’l atvor buvamdan shundoqqina dadamga ko’chirilgandi. Momom esa allaqachon bu tashvishlardan qochib,narigi dunyoga rixlat qilgandilar.
Buvam,ular ham huddi dadamdek bo’lganlari uchun alohida tasvirlamadim. Ular epilepsiya ya’ni tutqanoq kasali bilan bolaligidan og’rigandi. Bu kasallik avloddan avlodga me’ros bo’lib kelardi. Faqat kimga nasib qilishini faqatgina olloh bilardi. Buvamning bu kasalligi ba’zi asabiy hollarda bezovta qilmasa (huruj qilmasa demoqchi edim,lekin qo’pol bo’lib ketmasin) deyarli bizga zarari tegmasdi. Hamma bilan chiqishib keta olmaydigan buvam faqatgina katta amakimdan ozgina hayiqardilar. Ammo dadam ikkisining harakteri bir xil bo’lgani uchunmi murosaga kelisha olishmasdi. Ikkisi birga o’tirishganda chetdan qaragan odamga bir nimani bo’lisha olmayotgan it mushukni eslatardi. Buvamning g’alati odatlari bor edi. Dasturxonda hamma jam vaqtida o’zlariga suzilgan ovqatni juda tez yerdilar va oldilariga tushgan non ushoqlarini dasturxon chetini ko’tarib,hamma tomonga sochib yuborardilar. Bu farosatli odamning qilig’iga o’xshamasdi. Va tabiiyki,ishtaxa bilan ovqatlanayotgan kishining ta’bini xira qilardi. Yaqindagina kichik amakimga kelin yanga olib kelgandik,ular esa hali bu holatga ko’nikolmagan va hayratda edilar. Bir dasturxon atrofida bir oila edik,bir sas chiqmas bir oila...
Biz,dadamning farzandlari oilada yetti farzand. Uch o'g'il va to'rt qiz. Bizda yaqin yillarda onalar hanuz bir biriga tirgak bo'lsin deb,ko'p farzandlar dunyoga keltirardi. Bu shunchaki qishloqchilikmi,ishlar ko'pligidanmi, yaqinda ko'payishini, vujudida yana bir go'dakni ko'tarib yurganini keyinchalik bilib qolishardi ayollar. Vaholanki,qishloq qizi bo'lgan onam dadamdan juda qo'rqardilar. Dadamning fe'li o'zingizga ma'lum. Bunaqa odamga baxtli bo'laman deb turmushga chiqqan onam,yetti farzandi borligidan baxtli edilar holos. Biz esa to’rt qiz kichik singlimdan tashqari uch opa singil,uy ishlari bilan band,borish majburiy bo’lgani uchun maktabga boramiz. Maktabdan to’g’ri uyga keliboq,uy ishlariga sho’ng’ib ketamiz. Kimnidir orzu qilishga yoki berilgan tartibni buzib yumushlardan bosh tortishga haqsizmiz. Akam va ukam uchun muntazam bir tartib- yilqilarga doimiy qarov. Kichik ukam va singlimga mazza edi nazarimizda. Tashvishsiz edilar. Ularni yagona tashvishi yig’lamasdan nonini yeyishi edi. Asta sekin opam turmushga tayyor bo’ldilar. Deyarli ular bilan tengdosh edim. Hech kimga aytolmagan sirlarini men bilan bo’lishardilar. Ular qo’rqardilar. Boshlamoqchi bo’lgan hayotida uyimizdagi kabi nosog’lom muhit haqiqiy hayotida ham ularga dahl qilishidan,bo’lajak turmush o’rtog’i dadam kabi mehrsiz va zolim bo’lishidan. Opamni uzatdik va taqdir taqazosi bilan pochchamning singlisini yanga qilib olib keldik. Ming taassuflar bo’lsinkim,akamdan kichik ukam,yuk mashinasining ehtiyotsizligi sabab,olamdan o’tdi. Buvam bu holatda yangi kelinni aybdor qilardi. Huddi u uyimizga “shum qadam” bo’lib kelgandi. Buvamni faqat bir narsa qaytarib turardi. Yangi kelinga bir so’z desa,opamning ham hayoti buzilib ketishi. Onam shu kundan boshlab haqiqiy baxtsizlik-farzand dog’ini ko’tarib yurardi. Dadamga esa mutlaqo farqsiz edi,nazarimda. Bir kuni maktabdan qaytayotib,darvoza oldida qattiq shovqinga duch keldim. Ichkarida,oshxona yonida onam dod voy solar amakilarim ikki tarafda dadam va buvamni ikki chetga tortqilashardi. Bir chetda kichik amakimning va akamning xotini tang holatda bu voqeani kuzatib turishardi. Dadam va buvamning janjalini sababini bilmasdim. Bilganim shuki,ularning doimiy kelishmovchiligi bugun kattaroq janjalga aylangandi. Va yana hayron qolgan bir holatim bor edi. Buvamning peshonasidan qon oqar,amakimni qo’lidan dadam, tomchaning qulfini yulib olmoqqa urinardi (bizda hamma narsani bir joyda saqlaydigan xonani tomcha deydi,u doim qulf osilgan holatda,uning kaliti bo’lsa, uy egasida turadi). Buvam dadamdan qattiq og’ringandi,tinmay “ ko’karma, ko’karma”, deya qarg’anardi. Men buning ma’nosiga bormasdim. Onam esa tinmay buvamdan uzr so’rar,bizni qarg’amang deb,o’tinardi. Ammo g’isht allaqachon qolipdan ko’chgandi. Hamma tarqaldi,buvam biznikidan shu ketganicha qaytib kelmadi. Asl baxtsizligimiz endi boshlanayotgandi. Oradan ikki yilcha o’tib,buvamni tuproqqa qo’ydik. O’sha janjal esa hammaning esidan chiqib ketdi. Bir kuni mendan kichik singlim qattiq shamollab qoldi. Dori darmon ta’sir qilmasdi. Harorati oshgani uchunmi,tinmay titrardi. Tuman shifoxonasida ham yaxshi bo’lmadi. Tabiblar ham dardiga malham topolmasdi. Nimagadir harorati tushmas, huddi yaralangan qo’zichoqdek ingrab yotaverardi. Onam,biz atrofida parvona edik. Biroq qo’limizdan hech narsa kelmas,chorasizlikdan abgor bir holda turaverardik. Umrining so’ngi daqiqalarini yashayotgan singlim,tuz ham totmay qolgandi. Nimaga uni shaxarga olib borib tekshirtirishmayotganini sababini tushunmasdim. Moliyaviy tomondan nochor bo’lmaganmizku,yoki e’tiborsizlik uni o’ldirgandimi? Janozada tumonat odam yig’ildi. Qanday qilib,ko’z oldimdagi odam bir zumda yo’qligidan butunlay sarosimada qolgandim. Ikki farzand dog’ini ko’rgan onam nazarimda tirik murdaday edi. Bir nuqtaga tikilgancha o’tiraverardi. Uyning muammolari men va akamning zimmasiga tushgandi. Oradan yana vaqt o’tdi. Lekin dardlar unutilmasdi. Suratlarda qolgan ukam va singlimning aksi bizni bolalik xotiralarimizga qaytaraverardi. Ha aytgancha,bu vaqtda jiyanli bo’ldim. Unga singlimni ismini qo’ydik. Onam esa shu kichik bolaga huddi qizi tirilib kelgandek mehrini berardi. Hayotimiz yana iziga tushayotganidan xursand edik. Faqat dadam doimgidek,har narsaga loqayd. Kichik ukam va kichkintoy Zamira (eng kichik singlim),maktabga borib kelishar biz esa yana bir to’y maslahatini boshlagandik. Qishlog’imizning chiroyli qizlari safiga kirardim. Oshiqlarim ham ko’p edi. Lekin bittasi bor ediki,hammadan o’zgacha. Yoki unga e’tiborsiz emasligim,uni hammadan boshqacha ko’rsatardimi? Zamiradan ishqiy nomalar va shirinliklar berib yuborardi. Uydagilar ham bizga qarshilik qilishmadi. Men ilk bor dadamdan xursand edim. Rozi ekanliklari uchun. Ammo bu baxt ham nihoyasiga yetmay,yakun topdi. Bir kuni tong aralash qorong’uda onamning talvasaga tushayotganini sezdim. Uyqu zo’rlik qilardimi yo bu tushimda edimi bilolmasdim. Chiroq yonganidan uyg’ondim. Onam zo’r berib nimanidir izlar. Ehtimol oyog’i ostida turganini anglamasdi. Dori qutini izlagan ekanlar,topdilaru yugurgacha narigi xonaga ketdilar. Xavotirim oshar onamning izidan borardimu,lekin sira yetay demasdim. Ko’nglim qattiq ozar,nimadir yomonlik bo’lganini sezardim. Ukam va singlim,bir varakayiga ikki tomonda titrar. Onam oyog’i kuyib qolgan misol,qay biriga qarashni bilmay bezovta edilar. Ularga yordam berdim. Har ikkisining ham tanasi yonayotgandi. Dadam qishloqni duxtirini olib kelgani ketgandilar. Lekin dadam kech qolgandilar. Bir jigarim allaqachon omonatini topshirib ulgurgandi. Biz bir ko’zlab katta qilgan,yelkamizda ulg’aygan kichik ukam,akasi va opasini yoniga ketgandi. Biz g’aflatda qolgandik. Onam hushsiz,singlim titrar ukam esa jonsiz edi. Men bu holatni sizga shunchaki aytib berolmayman siz his ham qilolmaysiz. Dadam bilan kelgan shifkor zudlik bilan poytaxtga singlimni olib borishni aytdilar. Akam va amakim uni olib ketishdi. Biz esa ukamni so’nggi manzilga kuzatdik. Marakasini o’tkazgan zahoti onam va dadam ham singlimni holidan xabar olgani ketishdi. G’am ustiga g’am bo’lib,yangamning uyidagilari opamni uyga olib kelishdi va yangamni olib ketishdi. Nima emishki,biz qandaydir kasallik bilan og’rigan va bu kasallik yuqumli bo’lib hammaga infektsiya yuqtirar ekanmiz. Qishloqda bu gap bolalab ketdi. Odamlar bizdan hazar qilishni boshladi. Menga uylanmoqchi bo’lgan yigitni ham boshqa ko’rmadim. Bir kuni eshitdim, qo’shni ko’chadagi qizni to’yi bo’lyapti ekan,kuyov esa o’sha… hozir dardim u emasdi. Dadam qaytdilar,onam Zamirani yonida qoldilar. Yaxshi derdilar- holos,dadam. Singlim tuzalsa bo’ldi edi bizga. Har qancha tushuntirmasin,akam yangamni olib kelolmadilar. Opamni olib ketgani pochcham kelmadi. Ertayu kech singlimni tuzalishini xudodan so’ray boshladik. Onam uzoqda, dadamga yurak yutib so’z deyolmaymiz. Qachon akam,Toshkentga boradiyu,qachon keladi yo’liga ko’z tikib o’tiramiz. Bir kuni tongda amakim shoshib keldilar. Dadam ikkisi nimanidir gaplashishdi. Singlimning kasali o’lgan jigarlarimizning kasali bilan bir xil lekin “uchi topilmagan” qanaqadir dard edi. Akam,opam va men ham zudlik bilan tekshiruvdan o’tishimiz kerak edi. Shu bohona bo’lib,singlimni ham ko’rish umidi paydo bo’ldi bizda. Yo’lga chiqdik. Toshkent judayam chiroyli edi. Kechasi yetib kelgan bo’lsak ham,hamma joy yorug’ huddi oy yaqinimizdan turib,yo’limizni yoritayotgandek. Faqat qalbimiz hanuz qorong’u,hadiksiragan edi. Poytaxtda yashaydigan qarindoshlarimiz ham bizdan irgangan shekilli,uyda yo’qmiz deya bizni kelishimizni rad qilishdi. Faqat akam bundan qattiq og’rindi. Qayta qayta tobut ko’tarish, oilasining undan yuz o’g’irishi akamni qaddini bukib qo’ygandi. Akam dadamga o’xshamas, erkak sifatida ungagina suyana olardik. Singlimni ham ko’rish va tekshiruvdan o’tish bir kunga mo’ljallandi. Chunki boradigan joyimiz yo’q qaytib ketishimiz kerak edi. Avvaliga ko’riklardan o’tdik. Keyin onam va singlimni ko’rgani shoshdik. Onam. Bola dog’ida kuygan onam,quyoshga tik qaragendek kuyib ketgandi. Balki qalbidagi hasrat o’ti uni yoqayotgan edimi? Bemorga qarab,o’zi xastalanib borayotgandi go’yo. Bu dunyoga kelib,ulg’ayib,yaxshi qiz,yaxshi rafiqa va yaxshi ona bo’libgina yashardi. Yig’lab yig’lab u bilan ko’rishdik. Opam ikkimiz ikki qo’njidan kirib,sassiz yig’lardik. Faqatgina yelkamizning uchinishi qalbimizni faryod qilayotganini sezdirib turardi. Akam chidolmay palatadan chiqib ketdilar. Dadam esa doimgidek loqayd edi. O’rinda yotgan singlim huddi farishtaga o’xshardi. Yuzlari qonsizlikdan oqargan bo’lsada,o’ziga yarashib turardi. Qosh ko’zi surma bilan chizilgandek uxlardi. Sochlari tim qora,oramizda eng chiroylisi bo’lgani uchunmi,hozir ham huddi uyqudagi malikani eslatardi. Nafas olayotganini ustiga yopilgan choyshabning ko’tarilib tushayotganidan sezmasak allaqachon o’lganmi deb o’ylardik,beixtiyor. Ozgina gaplashdik. Singlimga esa termula termula ortga qaytdik. Akam va onam xayrlashib,singlim yonida qolaverdilar. Yo’l uzoqligigami yo diydorning yuki ozgina yengillashganidanmi uyga kelib qattiq uxladik. Uch kun o’tmay onam kelayotganini aytdilar,dadam. Biz xursand edik. Singlim ham tuzalgandi balki. Mashinadan “bolamlab” tushgan onamning holatini tasvirlab berolmayman. Akam orqa o’rindiqdan nimanidir tushirardilar. U menga yo opamga nimadir hadya bo’lishi mumkin edi. Singlimning jonsiz tanasi bo’lishi ham mumkin edi. Ikkinchi tahmin o’zini oqlab turardi. Janozaga yaqinlarimizdan boshqa kimdir kelmadi. Qishloq ahli bizning uydan tinmay o’lik chiqishiga ko’nikib bo’lishgandi nazarimizda. Opamni ham shu dard huddi shunaqa ko’rinishda bizdan olib ketdi. Men va akam qoldik. Yoki faqat men. Opamni janozasida onam dadamga “bolalarim sizni deb o’ldi” deya faryod qildi. O’shanda men tushundim. Buvamning qarg’ishi bizni tubsiz qabrga tortayotgandi. Dadamga bo’lgan ilk adovat shunda paydo bo’ldi qalbimda. Opamni tobuti ko’ringanda ,meni kattalar daraxtga irim qilib bog’lab qo’yishdi. Huddi o’likga to’ymas go’rlar birgina shu daraxtga bog’langanim uchun men tiriklar safida qoladiganday edim. Besh farzandning hasrati onamga ham og’ir keldi. O’shanda menga qo’shib,onamni bog’lashmagan ekanda. Onam ham ko’p o’tmay qazo qildilar. O’likni ko’raverib diydangiz qotib ketarkan. Qani edi qiz boshim bilan qochib ketolsam. Lekin akamni onamni qabrga qo’ygandan keyin boshqa ko’rmadim. Dadamni bor yo’qligi menga ahamiyatsiz edi. O’tgan yili ammam shaxarga kiyim qilgani borgan ekanlar. Shunda yo’l chetida turgan tilamchiga pul beribdilar. Ne ko’z bilan qarasa akam ekan. Har qancha urinmasin uyga qaytishni istamabdilar. Ular irodasini yengolmay o’zini shu holga solgan bo’lsalar kerak. Uniku tushunsa bo’ladi,shuncha yo’qotishlar va g’am g’ussalar og’irlik qilgandi. Lekin dadamning loqaydligini shu kungacha ham tushunolmadim. Dugonalarimning allaqachon ikkinchi yo uchinchi farzandlari atak-chechak qilgan bir zamonda men oq ko’ylakni ham orzu qilmay qo’ygandim. Men bitta narsani orzu qilaman. Aytaymi nima? O’lib qolsam jismim arosatda qolmasa deyman. Boshqa jigarlarimday azizgina bo’lib o’lishni. Dadam uyda kam bo’ladilar,ko’pincha ko’chadan yo amakimlarnikidan to’yib yuradilar. Menga uyda hech kim yo’q vaqti ajal kelib qolsa va kim bilandir vidolashmay ketsam nima bo’ladi?, deb qo’rqaman. O’limku qiziq tuyuladi. Baribir o’lamanku,to’g’rimi? Chunki bizni qarg’ish urgan. Buvamning qarg’ishi. Koshki edi o’shanda dadam buvamni ozorlamaganda. Hozir dadamning bir etak nabiralari bo’larmidi? Biz ham amakilarimning bolalariday bir to’yli hovli bo’larmidik… Bilasizmi,shu kunlarda judayam sovqotyapman. Tushimga Zamira tez tez kiradi. Hovlimizni to’ridagi akam yasab bergan arg’imchoqda mazzaqilib uchadi…
Men hikoyachimning aytganlarini so’zma-so’z yozishga ojizlik qildim. O’qishdagi kursdoshlarim o’qib ko’rib,hozirgi kinolarning bir ko’rinishiku,deyishdi. Lekin bu kinodan farqli o’laroq haqiqiy hayot edi… Ehtimol kimgadir ibrat bo’lar. Hozir odamlar kitob o’qimaydi menimcha. Men esa qalbiy iztiroblarimni oqqa ko’chiraveraman. Ayamni yana bitta gapi bor… “ Otamdan juda qo’rqardik. Otam bor joyda qattiq yo’tala olmaganmiz. Bir kuni so’ramasdan hamma dugonalarim olgani uchun ko’chma do’kondan qarzga tufli oldim. U vaqtlar amirkon tufli rosa moda edi. Otam esa qaytarib berishimni qat’iyan talab qildi. Qaysarlik bilan yo’q deyishimni bilaman,yuzimga otamning tarsakisi kelib tushdi. Jaxl bilan “kerakmas” deb, tuflini uloqtirganman. Otam meni tushunib,shapalog’i uchun ming hijolatda, qarzni to’lab kelganlar. Tufli esa o’zimda qoldi. Keyin to’yim bo’ldi. Keyin esa to’qqiz yil seni tug’ilishingni kutdik. O’sha to’qqiz yil ichida otamni og’rintirganim uchun xudo meni jazoladi,deb hafa bo’lardim. Otamdan qanday uzr so’rashni bilmasdim. Keyin sen tug’ilding. Shunda otam meni kechirdi,deb o’ylaganman.” Bu mavzuni qancha davom ettiray? Bugun esa o’z ota onalarini keraksiz deya qariyalar uyiga olib borayotganlarning soni kam emas. Bir ota o’n farzandni zahmatlar bilan katta qiladi. Bir ona borini- jigarporasiga baxshida qiladi. Qiyinchiliklarda -ta’nalarga va ochliklarga chidaydi. Vaqti kelganda esa notavon farzand huddi o’zi katta bo’lib qolgandek,ota onasini eng oxirgi darajaga olib boradi. Tarmoqdagi ijtimoiy sahifalarida “otam -davlatim,onam-jannatim” deb hitob qiladi. Haqiqiy hayotda esa hech bo’lmasa ro’za vaqtida roziligini olmaydi. Ongsizlikning eng yuqori darajasiga kiradi bu meni fikrimcha. Albatta bu hammaga ham tegishli emas. Biroq jamiyatimizning katta nuqsoni bo’lgan bu holatda ayrimlar ota onasining qotili ham bo’lib qolishmoqda. Dardli hikoyasini men bilan bo’lishgan hikoyachim,yaqinda omonatini ollohga topshirdi. O’zi istagandek yolg’iz qolmadi. Akasi kelgan ekan. To’yini qilmoqchi bo’lib kelgandir balki…



2023.11.01

-Amalga oshirishini istab,ollohdan nimani so’ragan bo’lardingiz?
-Ota-onam va sevgan insonim bilan baxtli bo’lishni…
-Ya’ni…
-Bir oddiy oiladay,hamjihat bo’lishni.
-Buncha yaxshi!
-Men sevgan qiz sensan,buni bilasanmi?
-Haaa,bilaman.
-Senchi…
-…
-Seni juda sog’indim.
-Battar bo’ling…

Sevib,sevilib turmush qurish menimcha har bir qizning orzusi bo’lsa kerak. O’zicha sevgandan keyin hayollar suradi. Sevgan odamiga hammadan ko’p ishonadi. U bilan hayot kechirish,yashaganda ham baxtli bo’lib yashash,shirin farzandlarning ota onasi bo’lish hayoli- qizni hayajonga soladi. Bilmadimu,men sevgini judayam boshqacha tasavvur qilaman. Shoirtabiat bo’lganim uchundir,ehtimol. Sevgi… desa,bir nimalarga berilib ketaveraman. Bu orzumi yoxud bir nafasda tubsiz dengizchalik quvonchni his qiladigan tuyg’umi? So’zlar bilan ifoda etolmayman.

Hayotda eng muhimi-baxtli bo’lish…
Kollejda o’qib yurgan vaqtimda biz to’rt dugona hech ayrilmasdik,-bankda navbat kutib,zerikib suhbatlashayotganim bu ayol, shunchaki gap boshladi. Har ehtimolga qarshi telefonim ovoz yozgichini qo’shib qo’ydim. Bug’doy rang tusli bu ayol,juda chiroyli emas lekin odamni o’ziga tortar darajada istarali edi. Uning lo’ppicha yuzlarimi yoki samimiy kulgusimi menga kimnidir eslatardi. Bankni to’ldiriladigan qog’ozi ko’p,navbat ham shunga yarasha,faqat telefon titkilash odamni shundog’am zeriktirgandi.
-Shu davrlar davr bo’lgan ekanda. O’yin kulgudan boshqa tashvishimiz bo’lmagan ekan. Bir dugonam juda jizzaki,kimdir gapirsa olov bo’lib yonib gap bilan boplabtashlardi. Biri juda mehribon,ichida yaxshilik ko’pligidan bo’lsa kerak semizcha edi. Yana biri esa huddi menday bir gapirib o’n kuladigan,xushchaqchaq qiz edi. Hammamizni o’zimizcha orzularimiz bor edi. Jaxldor dugonam jon dili bilan o’qishni,kelajakda yaxshi ustoz bo’lishni orzu qilsa,mehriboni men hammani dardini eshitaman,yaxshilik qilaman derdi. Men kabisi esa oilasiga itoat qilishni va kelajakda chet elda yashashni orzu qilardi. Menchi,faqat chiroyli kelin bo’lishni hayol qilardim. Ular meni “jodu ko’z” deyishardi. Chunki istagan odamimni menga sevgi izhor qilishga majbur qilardim. Kim seni sevib qoldim,desa, nimamni sevganini so’rardim. Ularning ko’pchiligining aytgan gapi bitta “ko’zlaringga oshiq bo’ldim”. Bir kuni to’rttalamiz o’tirib sanabmiz. Uchinchi kursni o’zida qirq bir bola sevgi izhor qilibdi menga. Ulardan atigi besh yo oltitasi chindan sevgan edi. Qolgani esa shunchaki havasga gap otgan to’pori bolalar. Kamchilikning ichida men ham birini boshqacha ko’rardim. Ertachidan o’qishga borvolib,uni kelishini kutib turardim. Qo’shimcha darslarga borganimda ham u bilan yonma yon to’qnash kelib qolsak ham menga sevgisini oshkor qilay demasdi. Bir kuni o’zim dadillik qildim. Bahor vaqti edi. Ayni dovuchalar g’ujg’on urgan vaqt edi. Shart borib,dovucha daraxtiz bormi?,debman. Ertaga kelishida menga ko’p olib kelishini tayinlaganan. Ertasi kuni esa dugonalarim bilan juda ko’p dovuchalar yeganimizdan tishimiz qamashib ketgandi. Har uch kunni birida terib kelardi dovuchalarni. Shu shu biz telefonda tinmay gaplashadigan bo’lib qoldik. O’ziyam rosa chiroyli bola edida. Lekin qo’limniyam ushlamagan ekan hozir eslasam. “ katta bog’imiz bor,har xil mevalar soladi daraxtlar. Ularni bozorga topshiramiz,seni deb shu yil dovuchalar zardoli bo’lmadi,uydagilar hayron nega hosil ololmadik,mevasi ko’p ediku,deb”. Men esa uni gaplaridan kulardim. Ajab qilibman,deb. “Bahoroy “ derdi. Lekin afsuski bizni yo’limiz tutashmadi. Meni ota onam boshqaga uzatishdi. O’zim tengi bolaga ravo ko’rishmadi. U juda yosh va oldida ikki akasi turib u ilg’orlik qilolmasdi. Shunchaki havas bo’lgan ekan deb,taqdirga tan berdim. Lekin to’yimdan besh kun oldin telefon qildi va hech qachon yig’lamasligimni aytdi. Shu kundan boshlab menda halovat yo’qoldi. Men unga ipsiz bog’lanib bo’lganimni kech anglagandim. Biroq endi juda kech,o’zimcha yoshlik qilib telefon quvvatlagich bilan o’zimni bo’g’ibman. Koshki edi o’lsam. O’zim orzu qilgandek juda chiroyli kelin bo’ldim. Har gapga farishta omin derkan. Nega o’shanda sevgan insonim bilan to’yim bo’lsin demagan ekanmana.? Halovatim yo’q edi. Kuyovga ko’ngilsizlik qilaverardim. U menga yaqin keldi deguncha hayolimda unga xiyonat qilardim. Quchoqlasa, sevganimni tasavvur etardim. Bir narsadan juda qo’rqardim. Uni ismini aytib yuborishdan. Juda qattiq sevgan ekanman bilsam. To’ydan ko’p vaqt o’tmay ijaraga chiqib ketdik. Uyda deyarli yolg’iz bo’lardim va bekorchiligim uchun kuni bilan internetdan vedio tomosha qilardim. Bir kuni hayolimga ijtimoiy tarmoqlardan uni izlab ko’rish kelib qoldi. Qancha urinmayin topolmasdim. Ertayu kech xudodan o’zimga iymon,insof,vafo so’rash o’rniga sog’inchni zo’rligidan uni so’rardim. Har yili dovucha chiqqanda yanada qattiq iztirob chekardim. Turmush o’rtog’im unga o’xshamagani uchunmi, beko’ngillikmi, hullas menga yoqmasdi. Na shirin so’z va na muhabbat bor edi oramizda. Nazarimda u menga shunday qilish kerak bo’lgani uchun uylangan va bizni faqatgina farzand bog’lab turgandi. To’yimizning to’rtinchi yillarida,ayni o’rik gullayotgan vaqt menga telefon keldi. Yashiringan raqam… Yuragim juda bezovta,juda qattiq nafas olardim. Uyda hech kim yo’qligi ayni muddaoyim bo’lib, kimdir yonimda bo’lsa huddi yuragim ovozini eshitadigandek edi. Javob berdim…Bir oz muddatli sukunatdan keyin, “ bahoroy” degan chaqiriq keldi. Hayajondan nima deyishni bilmasdim. Faqat o’zim sezmagan bir holda qattiq qattiq nafas olardim.
-Seni va nihoyat topdim,qancha izlaganimni bilmaysanda! Men uni topganmidim,u menimi farqlolmasdim. Men uni qancha qidirsam u teskari tarafdan meni qidirgandi. Juda baxtli edim. Kelinlik hayotim,farzandim barisi tush edi go’yo va men o’sha vaqtdagi beqaror qizcha edim. Istaganimni bergab ollohga shukrona aytardim. U meni robbimga yanada yaqin qilgani uchun ham xursand bo’lardim. Keyin u bilan o’tkazgan vaqtlarimizni va meni deb hosil bermagan daraxtlarni esladik. Kulishdik. Xotiralar bizni yaqinlashtirardi. Shundan keyin kunlarim boshqacha o’ta boshladi. Qayta tug’ilgandek edim. Xatoligini,gunohligini bilsakda,bir-birimizga talpinaverardik. U haligacha oila qurmagan agar istasamgina,men bilan bo’lishni xohlashini aytardi. Huddi men u bilan turmush qurgandek,farzandim ham uniki ekandek his qilardim o’zimni. Erimku yanada dag’al, qo’pol bo’lib tuyulaverar kundan kunga sovib borardim. Hammadan yashirib sevishda davom etdik,kelgan joyidan. U to’yim kuni meni oq ko’ylakda ko’rgani borgan ekan va alamidan shu kuni kechasi o’ziga kelolmay ko’chada qolgan ekan va qishning kuni sovuq demasdan. Meni juda asradi,himoya qildi. Qalbga quloq solib,aqlni tan olmay pinhona uchrashardik. Hech nimadan qo’rqmasdik o’zimizcha. O’zimizga o’zimiz nikoh o’qib mahram bo’ldik. Qanday axmoqlik… Zino qilsakda harom demadik. Lekin dunyodagi eng baxtli inson edik. Erim bilan munosabatlarimiz sovigan va allaqachon alohida xonalarda yotganimiz uchun sevganim bilan bemalol suhbatlashardim. Ikki yilni shunday o’tkazdik va atigi to’rt marta diydorlashdik. Shayton bizni o’z yo’lidan yurgazgandi. Keyin xiyonatimdan erim xabar topdi, shunda ham ehtiyotsizligim sabab. Xumoridan chiqqunicha urdi. Butun tanamni lezviya bilan tilib chiqdi. Yuzim shuvut edi. Bir tomonda sevgan insonim buni eshitib azoblanardi. O’zini menga ozor yetishida aybdor his qilardi. Uni yig’laganini his qilib tursamda,yurak og’rig’im zo’ridan hech nima deyolmas va unsiz ko’z yosh to’kardim. Keyin mutlaqo odamovi bo’lib qoldim. Erim shu kuni meni samimiy quchoqlab,uzr so’radi. Farzandimiz uchun meni ham gunohimdan o’tdi. Xiyonatimga o’zini sababchi deb bilar,”xiyonat baribir qaytarkan “ deya o’ksinardi. Balki u ham menga shu taqdirni ravo ko’rib yurganmidi,bilmasdim. Sevganim ham meni boshqa azobga qo’ymaslik uchun tashlab ketdi. Faqat yashirin raqamdan telefon qiladi har zamonda shunda ham gapirmaydi,ovozimni eshitish,yaxshi ekanligimni bilish uchun. Uning eng so’nggi so’zi “sen meni borimsan va har doim shunday bo’lib qoladi”. Bilasizmi,yaqinda uni to’yi bo’ldi. Kelin o’zidan katta ko’rinarkan. Yoki rashk qildimmi,bilmadim. Lekin ich ichimdan ollohdan unga yaxshilik so’rayman. Hech qachon u bilan uchrashtirmasin bu taqdir. Chunki men uni boriman, nogoh ko’rishib qolsak meni qo’yvormasligi tayin. Hayotimdan nolimayman. Yaqinda yana ona bo’laman. Agar o’g’il bo’lsa uni ismini qo’yaman deya,niyat qilganman. Toki doim yonimda bo’lsin. Bilasizmi erim nimaga kechirgan ekan. Chunki u sevgini nimaligi bilgan va shu kechinmalar undan ham o’tgan. Endi bir birimizni farzandlarimiz uchun emas,o’zimiz uchun ham qadrlayapmiz. Sevishni o’rganyapmiz. Meni doim tushunadigan umr yo’ldoshimni bergani uchun xudoga ming shukur aytaman. Qarang sizga gap berib,navbatni o’zimizga yetkazdim. Kridetga uy olyapmiz,endi o’zimizni vatanimiz bo’ladi. Bugun juda baxtliman. Sevgi,muhabbatni hech qachon rad qilmaganman. Men oilamni sevishni o’rgandim. Ayol sifatida ardoq topdim. Eng muhimi ham bu emas. Baxtli bo’lish eng muhimi ekan.
-Onasi,seni navbating…
Ayol kulib xayrlashdi. O’ziga yarashgan kichin qorinchasini turganida payqadim. Nega o’tmishni esladi,nega aynan men bilan sirlashdi? Bu menga qorong’u edi. Bilganim shu bo’ldiki,kitobim sahifasi yana oshdi. Bu safar kimnidir dardini emas,baxtini yozayotganimdan xursand edim. Biz ham ulardek uy olgandik va to’lovlarni qilish uchun erinibgina kelgandim. Afsuslanmaydigan bir voqea bo’ldida bu. Axir aytishadiku,har ishni bir yaxshiligi bor,deb.


2023.14.01

Yüklə 92,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin