Kolloksilinning turlari (markalari).
Kolloksilin turli markalarda ishlab chiqariladi.
Masalan :
lakli kolloksilin – tarkibidagi azot miqdori 11,89 – 12,26 % ni tashkil etadi.
Qovushqoqligi 0,98 – 2.2
o
Э (5,88 – 13,2 СП) . U laklar, emallar, gruntovkalar,
shpatlovkalar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatildi.
Linoniumli kolloksin - tarkibidagi azot miqdori 10,64 – 111,58 % ni tashkil etadi.
Qovushqoqligi 1,4 – 2.8
o
Э (8,4 – 16,8 СП) . Undan qurilishlar uchun linoniumlar
tayyorlashda foydalaniladi.
Selluloidli kolloksilin - tarkibidagi azot miqdori 10,78 – 11,25 % ni tashkil etadi.
Qovushqoqligi 1,5 – 2.5
o
Э (9,0 – 15,0 СП) .
1-rasmda esa kolloksilinning sanoatda ishlab chiqarish sxemasi keltirilgan.
20
1-Rasm. Sanoatda kolloksilin ishlab chiqarishning texnologik sxemasi.
Sellyuloza efirlari asosida olinadigan lak-bo’yoq materiallar
Pardozlovchi tarkiblar tayyorlashda parda hosil qiluvchi modda sifatida
nitrosellyuloza juda ko’p ishlatiladi. Avval aytib o’tganimizdek u yog’och va
sellyulozasiga sulfat va nitrat kislotalar aralashmasi bilan ishlov berilgan reaksiya
mahsulidir. Sellyulozaning nitratlari (efirlari) tarkibidagi azot miqdoriga qarab kolloksilin
va piroksilinga bo’linishi haqida aytib o’tgan edik. Har xil gruntovkalar, loklar, emallar,
selluloid, kinoplyonka, linoliumlar ishlab chiqarishda kolloksilin ishlatilatiladi.
Sellyulozani nitrollash darajasi va ishlov berish usullariga qarab kolloksilinning hossalari,
masalan, eritmalarining qovushqoqligi har-xil bo’lishi mumkin. Odatda lakli kolloksilin
atsetondagi 2 % li eritmasining Engler viskozimetri bo’yicha aniqlanadigan qovushqoqlik
qiymatlariga qarab quyidagi turlarga bo’linadi.
|