partiyalar va Ekologik harakatning o„tgan davrdagi faoliyati tanqidiy
ruhda tahlil etilib, islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan oldimizda turgan
muhim vazifalar belgilab berildi. Xususan, Ekologik harakat hamda uning
Qonunchilik palatasidagi deputatlik guruhining istiqboldagi vazifalari aniq
ko„rsatib o„tildi.
Avvalo, sohaga oid yangi qonun loyihalari yaratish, mavjudlarini
takomillashtirish, nazorat-tahlil faoliyatini bugungi talab darajasida
kuchaytirish, uzluksiz ekologik ta‟lim konsepsiyasini ishlab chiqish, ekologik
nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini rivojlantirish, aholi ekologik
madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirish,
atrof-muhitga zararli ta‟sir ko„rsatuvchi obyektlarni va suv tozalash
inshootlarini inventarizatsiyadan o„tkazish bo„yicha chora-tadbirlar
dasturi qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Shuningdek, O„zbekiston
Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to„g„risida”gi Qonuni aholining
iste‟mol, maishiy va boshqa ehtiyojlari uchun suv obyektlaridan foydalanish
qismining ijro etilishi yuzasidan Sog„liqni saqlash hamda Uy-joy kommmunal
xizmat ko„rsatish vazirliklari, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish,
Geologiya va mineral resurslar davlat qo„mitalari axboroti yuzasidan
parlament eshituvlari bo„lib o„tdi. Ayni chog„da “Xavfli chiqindilarni
transchegaraviy tashish va ularni yo„q qilish ustidan nazorat qilish
to„g„risida”gi Bazel konvensiyasi bajarilishi holati o„rganilib, Ekologiya va atrof
muhitni muhofaza qilish masalalari qo„mitasi eshituvi tashkil etildi.
Xulosa
Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, hudud aholisi salomatligini
muhofaza qilish, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash,
hududning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik barqarorligini ta‟minlashga yo„naltirilgan
chora-tadbirlarni amalga oshirishda ham harakat va uning deputatlar
guruhi faollik ko„rsatmoqda. Birgina misol: joriy yil 7-8 iyun kunlari “Orol
fojiasi oqibatlarini yumshatish bo„yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha
yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar” mavzuida
xalqarokonferensiya o„tkazildi va Toshkent rezolyutsiyasi qabul qilindi,
Orolbo„yi mintaqasining ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatini
yaxshilashga yo„naltirilgan loyihalar to„plami ma‟qullandi. Muxtasar qilib
aytganda, ona tabiatga odilona munosabatda bo`lish, flora va fauna
olamini asrab-avaylash, kelajak avlodga tabiat boyliklarini bus-butun
yetkazish hamda ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo`shish har
birimizning oldimizda turgan muhim vazifa hisoblanadi.
Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‟yxati
Yu.Sh.Shodimetov Sog‟lom turmush tarzi: ijtimoiy-gigiyenik va ekologik
muammolar. - T.: Ibn Sino, 1991 b.31
B.Ziyomuhammedov Ekologiya va ma‟naviyat. - T.: Mehnat, 1997 b. 43
Sh.T.Otaboyev Inson va biosfera. - T.: O‟qituvchi, 1995 b 135
A.S.To‟xtayev Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. - Toshkent:
O‟qituvchi, 1994 b 27-28
Alimov T L Rafikov AA Ekologiya xatolik saboqlari T 1991 b 61
Shodimetov Yu Ijtimoiy ekologiyaga kirish T 1991 b 120-121
Ergashev A. Ergashev T. Ekologiya, biosfеra va tabiatni muxofaza qilish.
Toshkеnt “yangi asr avlodi” 2005 y. b 58
Dostları ilə paylaş: |