Kirish
Bugungi kunda fan-texnika jadal sur‟atlarda rivojlanib, inson
va tabiat o‟rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi, tabiatga
nisbatan jamiyat a‟zolarida g‟amxo‟rlik sust ahvolga kelib qolganligi
oqibatida atrof-muhitga katta ziyon yetmoqda. Ona tabiatga istiqbolni
ko‟zlab munosabatda bo‟lish, kelajak avlodga uni go‟zal va tabiiyligicha
qoldirish bugungi kunning muhim vazifasi bo‟lib turibdi.
Chunki tabiatga nisbatan inson qanchalik berahmlik bilan munosabatda
bo‟lsa, tabiat ham insonga nisbatan aynan ana shunday javob qaytaradi.
Har bir inson ongida ekologik madaniyat qay darajada shakllansa,
jamiyat ham shu darajada taraqqiy etadi.
Mustaqil O‟zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo‟lib, kelajakda
dunyoga yuz tutgan mashina sozlik, energetika, kimyo, oziq – ovqat
sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko‟zda tutulgan. Bunday
ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy –
ekotizmlarning holatiga muayan darajada salbiy ta`sir ko‟rsatadi.[1]
Respublikada keskin bo‟lib turgan ekologik va tabiatni muhofaza
qilishga oid
muammolar quyidagilar:
1. Yirik hududiy – sanoat majmualari joylashgan rayonlarda ya`ni
Angren-Olmaliq Chirchiqlarda, Farg‟ona-Marg‟ilonda, Navoiy va boshqa
rayonlardagi tabiatni muhofaza qilish muammolari. Bu rayonlarda
ijtimoiy-ekotizm holati yaxshi emas. Chunki sanoat markazlarida
chiqayotgan turli-xil gazlar va chiqindilar atrof-muhitni ekolgik holatini
buzulishiga olib kelmoqda.[2]
2. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.
3. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari pestisedlar va mineral o‟g‟itlar
bilan ifloslanishi ham muammolardan biridir.
4. O‟simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va qayta tiklash
muammolari, qo`riqxonalar va milliy bog`lar tarmog`ini kengaytirish.
O‟zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona
foydalanish borasidagi asosiy strategik maqsadlar quyidagilar hisoblanadi:
Aholining sihat-salomatligi uchun qulay sharoit yaratish, beosferaviy
muvozanatni saqlash; O‟zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
samaradorligi va barqarorligini ko`zlagan holda tabiiy resurslardan
foydalanish qayta tiklanadigan tabiiy resurslar ishlab chiqarish va iste`mol
jarayonlarining muvoznatini saqlash tiklanmaydigan resurslarni ishlab
chiqarish, chiqindilardan oqilona foydalanish; regional va lokal
darajalarda tabiatni qayta tiklanish hususiyatini tiklash; tabiatning daslabki
turlari va ularning genofondini landshaftlarning xilma xiligini saqlash.
Meteorologiya markazi 10 ma‟lumotlariga qaraganda Orol dengizining
qurigan va qariyb bir necha ming kvadrat kilometrga cho‟zilgan tubidan har
yili million tonnalab ko‟z ilg‟amas darajadagi chang va tuz shamol bilan
uchirib ketilishi natijasida. Orol bo‟yi xududlarda ekologik xavfsizlik darajasi
ortib bormoqda. Ekologik holatning salbiy o‟zgarishiga hududlarning metrologik
sharoitlari ham ta‟sir qiladi. Markaziy Osiyo hududida quyosh
haroratining yuqori bo‟lishi inson organizmida qon aylanishini kuchaytiradi,
ko‟p miqdorda terlatib, ayrim kimyoviy moddalarning teri orqali so‟rilishiga,
xatto me‟yornomada ko‟rsatilgan eng kichik raqam ham halokatli
.zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda ruhiy (85 foizga)
va asab xastaliklari (109 foizga), nafas olish a‟zolari xastaliklari
(108 ,foizga) ko‟payadi. Тarkibida nitrobirikmalar mavjud bo‟lgan suv va
oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat iste‟mol qilish moddalar
almashinuvi, tayanch-harakat va asab tizimlari xastaliklarini, irsiy
nuqsonlarni keltirib chiqaradi. Respublikada Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron,
Angren, Farg‟ona, Marg‟ilon, Navoiy va boshqa bir qator joylarda kimyoviy,
neft-kimyoviy hamda mikrobiologik tarmoqlar korxonalarining, ko‟p quvvat
va suv talab qiladigan ishlab chiqarish vositalarining ko‟pligi tufayli
ekologikning salbiy o‟zgarishi keskinlashdi. Тojikistonning Тursunzoda shahrida
joylashgan alyuminiy zavodining salbiy oqibatlari Surxondaryo viloyatining
Sariosiyo, Denov, Sho‟rchi va Oltinsoy tumanlarida sezildi. Natijada anor va
`xurmoning hosildorligi va sifati pasayib ketdi, aholi salomatligi esa,
yomonlashdi.Vujudga kelgan Orol dengizi muammosi bilan bog`liq halokatli
ekologik – iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni yaxshilash, Orol dengizini saqlab
qolish maqsadida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta`minlash. Orol bo‟yi
aholisini normal sanitar sharoitlar va ozuqa bilan ta`minlash uchun
Markaziy osiyo davlatlari bilan birgalikda qisqa vaqt ichida yagona suv
xo`jaligi siyosatini ishlab chiqish hamda har-bir Respublikaning Orol dengiziga
quya oladigan suvi, ya`ni Orol bo‟yidagi barcha tabiiy ko‟llarni saqlab
qolish kabi ishlar rejalashtirilgan.
Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy yo‟nalishi shahar va
aholi yashaydigan punktlarda atmosfera havosining sifatini yaxshilash,
keyinchalik sanitar-gigienik qoidalarga rioya qilish buning uchun
Respublikamizning barcha hududlarida chiqindilarni kamaytirish, kam
chiqindili texnilogiyalarni yaratish, chang to‟plovchi va tozalovchi yangi
qurilmalarni yaratish va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
eskirgan qurilmalarni yaxshilash bilan almashtirish va boshqalar. Orol
dengizinimg qurishi iqlim o‟zgarishiga ham sababchi bo‟ldi. Qurg‟oqchilik tufayli
iqlimning keskin kontenentalligi ortib ketdi. Dengiz va quruqlik o‟rtasidagi
haroratning o‟zgarishi, shamol tezligining ortishi, suvning to‟lqinlanish hodisasini
kuchaytirishiga olib keldi.
Sut emizuvchi hayvonlar va qushlar kamayib ketdi. Qurigan
maydonlar xavfli kasalliklarni tarqatuvchi kemiruvchi bilan to‟lib bormoqda.
Orol bo‟yining sanitar-epidemiologik ahvoli nihoyatda og‟irlashmoqda. Agar
zudlik bilan tabiatda vujudga kelayotgan muammolar hal qilinmasa
insoniyat va butun mavjudodning hayoti xavf ostida qoladi. Biz tabiatga
qarammiz, biz tabiatsiz yashay olmaymiz, shunday ekan biz barchamiz
tabiatni asrab avaylashimiz, uning har-bir qarich yerini ko‟z qorachig`iday
asrashimiz, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishimiz, har-bir tomchi suvni
tejab ishlatishimiz, tabiat haqida doimo g‟amxo‟rlik qilishimiz lozim.
Uzoq yillar davomida eski ma‟muriy buyruqbozlik tizimi
sharoitida Markaziy Osiyi mintaqasidagi ekologik muammolarga
e‟tibor berilmadi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlariga arzimas
darajada kam mablag‟ ajratilardi. Bu mablag‟ tabiatga yetkazilgan
zararni also qoplamasdi. Sobiq ittifoq zamonida atrof-muhit va
atmosfera havosining ifloslanishi, toza ichimlik suvi yetishmasligi tashvishli
hol ekani haqida bilib, bilmaslikga olindi. Qonunlar rasmiyat uchun
qabul qilinadiyu, ammo ular hayotga joriy etilmadi. Sho‟ro tuzumi
davrida inson tabiatni o‟z irodasiga bo‟ysundirishi lozim degan soxta aqida
uzoq yillar ustuvorlik qildi. Natijada barcha hududlarda ekologik muvozanat
qo‟pol ravishda buzildi. [5] Mintaqamizda, shuningdek, O‟zbekiston
Respublikasida ham tashvishlanarli ekologik vaziyatlar yuzaga keldi.
O‟zbekiston Respublikasiga sobiq ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan aytib
o‟tganimizdek paxta yakka hokimligi va boy mineral xom ashyo
resurslaridan nazoratsiz, ayovsiz foydalanish asosiga qurilgan iqtisodiyot og‟ir
meros bo‟lib qoldi. Respublikamizga xom ashyo yetishtirib beradigan chekka
o‟lka sifatida qaraldi. Mamlakatimizdan katta miqdorda yetishtirilgan
paxta hosilining aksariyat hajmi tekinga tashib ketilar edi. Oltin, qimmatbaho
va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorining o‟ta
xaridorgir bo‟lgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va
sotishdan keladigan foyda O‟zbekiston xazinasiga tushmas edi. Hududimizda
yuz bera boshlagan ekologik inqiroz nihoyatda keskinlashib ketib, ijtimoiy tus
ola boshladi. Ekologik tanazzuldan esa keng jamoatchilik tashvishga tushishi
tabiiy hol,albatta. Odamlar qanday xavf qarshisida turganliklarini, atrof-
muhitga yetkazilayotgan zarar qanday ko‟rgiliklarga olib kelganligini yaqqol
his etdilar. Tabiatga qo‟pol va takabburlarcha munosabatda bo‟lish
odamlarning qirilib, genofondning yo‟q bo‟lib ketishiga muqarrar ravishda olib
kelishini tushunib yetgan kishilar, olimlar, shoir va yozuvchilar,
mutaxassislar, deputatlar bong ura boshladilar. Dunyoning hamma
mamlakatlarida, boshqa mintaqalarda sodir bo‟lganidek Markaziy
Osiyoda, O‟zbekistonda ham ekologik muammolar dolzarb bo‟lib qoldi.[6]
O‟zbekistonda eng xavfli ekologik muammolar toza havo, ichimlik suv, tuproq
tarkibining buzilishi va Orol dengizi muammolari hisoblanadi, O‟zbekiston
Respublikasi Davlat sanitariya epidimologiya nazorati bergan ma‟lumotga
ko‟ra hozirda Respublikamiz sanoati va qishloq xo‟jaligi tarmoqlarida
3
milliondan ortiq kishi
band bo‟lib, shuning qariyb
1 millionga yaqini
zararli
sharoitlarda(chang, shovqin, titrash, ultra- va infratovushlar ta‟sirida)
mehnat qilmoqda. Zararli mehnat sharoitlari hisobiga kasb-patologiya
kasalliklar ko‟payishi kuzatilmoqda. Jumladan Respublikada so‟nggi besh
yil davomida bu kasallik (har 10000 ishchiga nisbatan)
1,2
dan to
1,76
gacha ko‟paygan, Navoiy tog‟-metallurgiya kombinatida bu ko‟rsatgich
1,62
dan to
3,2
gacha oshgan. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik
muammolardan eng muhimi Orol va Orol bo'yi ekologik muammosidir. Orol
dengizi yaqin vaqtlargacha eng yirik dengizlardan biri hisoblangan. U
muhim baliqchilik, ovchilik, transport va rekreatsion ahamiatga ega edi.
Sug'oriladigan dehqonchilikning rivojlanishi natijasida Amudaryo va
Sirdaryoning suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km kub, 1980 yilda esa 11,1 km
kub gacha kamayib ketdi. Suvning sho'rlanish darajasi litriga 9-10 g dan 34-
37 g/litr gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz satxining yillik o'rtacha pasayishi
80-110 sm (oldin 53 sm bo‟lgan 33 metr ga tushsa orol 2 ga bo'linib qoladi,
hech bo'lmaganda 33,5 metr balandlikda saqlab qolish kerak). Orolning
qurigan tubi yirik chang to'zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv
pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o'lim 2 marta ortgan.
Bolalar o'limi har tug'ilayotgan 1000ta chaqaloqdan 45-90 taga to"g'ri
keladi. Ayollarning 80%ida kamqonlik xastaligi uchraydi. Bolalarning 90%ida
siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. Orol muammosining hal qilinishining tub
mohiyati suv resurslaridan oqilona foydalanishni amalga oshirishga bog‟liq.
Orolni saqlab qolish uchun Markaziy Osiyo Respulikalari bilan birgalikda
qisqa vaqt ichida yiliga 20-21 kub km suv Orolga quyiladigan miqdorda
yagona suv xo'jalik siyosatini ishlab chiqish bunda Orolbo'yidagi barcha tabiiy
ko'llarni saqlab qolish e'tiborga olinishi lozim. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanishi respublikada ijtimoiy ekologik holatiga muayyan darajada salbiy
ta'sir ko‟rsatadi Yurtimizda boshqa sohalar qatori ekologik barqarorlikni
ta‟minlash, aholining qulay tabiiy muhitga ega bo„lishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanish,
yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning oldini olishva ularning salbiy
oqibatlarini bartaraf etish masalalariga ham jiddiy e‟tibor qaratib
kelinmoqda.
Prezidentimizning 2017 yil 12 iyuldagi Oliy Majlis palatalari,
siyosiy partiyalar va O„zbekiston ekologik harakati vakillari bilan
uchrashuvdagi ma‟ruzasida hokimiyat vakillik organlari hamda siyosiy
Dostları ilə paylaş: |