Kimyoviy laboratoriyada ishlayotganda texnika xavfsizligi qoidalari



Yüklə 274,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix02.11.2022
ölçüsü274,37 Kb.
#67124
  1   2   3   4   5
1. kimyo laboratariyasida ishlash qoidalari



KIMYOVIY LABORATORIYADA ISHLAYOTGANDA TEXNIKA 
XAVFSIZLIGI QOIDALARI 
Kimyoviy laboratoriyalarida ishlayotgan har bir shaxs tamonidan ishlatilayotgan kimyoviy 
moddalar, ulardan olingan mahsulotlarning xossalari, ya`ni zaharlilik, yong`in va portlashdan 
xavflilik darajalari haqida va maboda ehtiyotsizlik natijasida zaharlanish, kuyish yoki tok urishi 
hollari yuz beradigan bo`lsa, birinchi yordam ko`rsatish usullarini bilmog`i lozim. 
Kimyoviy moddalarning xususiyatlarini va ulardan foydalanilayotganda qanday ehtiyot 
choralariga rioya qilish lozimligini bilmaslik baxtsiz voqealarga va og`ir oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. Ayniqsa portlovchi, engil alangalanadigan va o`yuvchi, zaharli moddalar bilan muomala 
qilayotganda juda ehtiyot bo`lish kerak. Birorta ishni boshlashdan avval uni bajarish tartibi bilan 
yaxshilab tanishish va ehtiyot choralarini ko`rib qo`yish kerak. 
UMUMIY QOIDALAR 
1. 
Laboratoriya tajribalarini o`tkazayotganda ehtiyotsizlik, diqqatsizlik va ish qurollari 
hamda kimyoviy moddalarni etarli darajada bilmaslik og`ir-oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligini 
hamisha esda tutish kerak. 
2. 
Berilgan vazifadagi laboratoriya ishlarini bajarayotganda boshqa ishlar bilan va gap-
so`z bilan chalg`imaslik kerak. 
3. 
Kimyoviy reaktsiyalarni bajarayotganda metodik qo`llanmada qanday ko`rsatilgan 
bo`lsa, aynan shunday idish, xajm va kontsentratsiyalarda bajarish, agarda birorta o`zgartirish lozim 
bo`lsa, faqat rahbarning ko`rsatmasi bilan bajarish va extiyot choralarini oldindan tayyorlab qo`yish 
lozim. 
4. 
Ish bajarilayotgan joyda taom eb-ichish, chekish qat`iyan man etiladi. 
5. 
Kimyoviy moddalarni ta`mini bilish yo`li bilan tekshirish mumkin emas. Hidlaridan 
ajratish uchun nihoyatda extiyotlik bilan, chuqur nafas olmay gazlarni yoki bug`larni qo`l panjasi 
yordamida asta-sekin harakatlantirib tekshirish mumkin. 
6. 
Har qanday noma`lum moddaga «u zaharli» deb yondoshish kerak. 
7. 
Zaharli gazlar va moddalar bilan hamda o`zidan zaharli gaz yoki bug` ajratadigan 
moddalar (tsian birikmalari, xlor, brom, serevodorod, ammiak, organik eritmalar, uchuvchan 
kislotalar va boshqalar) bilan o`tkaziladigan ishlar germetik yopiq, yaxshi shamollatiladigan 
so`ruvchi shkaflarda bajarilishi kerak. 
8. 
O`yuvchi va kuydiruvchi moddalar bilan ish bajarilayotganda albatta xalat kiyilgan va 
tugmalari taqilgan bo`lishi kerak. 
9. 
Kimyoviy eritmalar birdan qaynab toshib ketmasligi uchun, ular qaynatilayotgan 
idishlarga bir nechta shisha kapillyar (naycha)lar yoki chinni parchalari tashlab qo`yilishi kerak. 
10. 
Reaktsiya ketayotganda idishlar ustiga, ayniqsa qizdirilayotganda, egilish mumkin
emas. 
11. 
Reaktorlarning chiqish teshiklarini ham teskari tomonga to`g`rilab qo`yish kerak. 
12. 
Agar bajarilayotgan ish o`yuvchi, zaharli, tez alangalanadigan, portlovchi moddalar 
bilan bog`liq bo`lsa va ular yuqori yoki past bosimda o`tkazilayotgan bo`lsa va nihoyat ushbu 
reaktsiyalar natijasida yarador bo`lish, kuyish, ko`zga zarari tegishi mumkin bo`lsa, albatta himoya 
ko`zoynaklari yoki organik oynadan, metall to`rdan qilingan niqoblar taqiladi. 
13. 
Hech qanday moddani etiketka yoki yozuvsiz qoldirish mumkin emas. Biror 
moddadan foydalanilganda etiketka yoki yozuvlarini diqqat bilan o`qish kerak. Agar shubhali bo`lsa, 
darhol tekshirib ko`rish kerak. 
14. 
Yong`indan xavfli, portlashdan xavfli, zaharli, o`tkir hidli moddalarning qoldiqlarini 
rakovina yoki axlat idishlariga tashlash man etiladi. Aksincha, ularni maxsus idishlarga yig`ib, iloji 


boricha zararsizlantirib maxsus jihozlangan quduqlarga ag`darish kerak. Rakovinaga faqat suv va 
neytrallangan eritmalar qo`yish mumkin. 

Yüklə 274,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin