1
onA tili
abituriyentlar uchun eng qulay qo’llanma
.
[qilichev jahongir]
FONETIKA
“Ilm – qaytarish va takrorlash mevasidir”
(Abu Rayhon Beruniy)
2
FONETIKA
KIRISH
Nutqimizni mayda bo‗laklarga ajratadigan bo‗lsak, bo‗linishning oxirgi nuqtasi tovushlar
bo‗ladi. Masalan, O‗zbekiston — jannatmakon o‗lka jumlasi O‗zbekiston, jannatmakon,
o‗lka so‗zlariga, bu so‗zlar, o‗z
navbatida, O‗z-be-kis-ton, jan-nat-ma-kon, o‗l-ka
bo‗g‗inlariga, bo‗g‗inlar esa o‗-z-b-e-k-i-s-t-o-n j-a-n-n-a-t-m-a-k-o-n o‗-l-k-a
singari
tovushlarga bo‗linadi.
Eslatma!
Bo‗linishning oxirgi nuqtasi bo‗lgan, boshqa mayda bo‗laklarga bo‘linmaydigan
nutq bo‗lagi (
akustik-artikulatsion birlik
)
tovush
hisoblanadi va u bilan bog‗liq hodisalar
tilshunoslikning
fonetika
bo‗limida o‗rganiladi.
Eslatma!
Fonetika so‗zi yunoncha phone – «
tovush»
so‗zidan olingan.
Fonetikada
tabiatdagi har qanday tovush emas, balki faqat nutq tovushlari o‘rganiladi.
Eslatma!
So‗zlovchi va tinglovchi o‗rtasida axborot uzatish
va axborotni qabul qilish
faoliyati
nutqiy faoliyat
sanaladi.
Eslatma!
Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo‗lsa,
fonemaning real
talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko‗rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi.
TOVUSH VA FONEMA
Tilshunoslik fanida tovush va fonema tushunchalari bir-biridan farqlanadi.
Eslatma!
Nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog„imiz bilan eshitgan eng kichik va
boshqa mayda bo„lakka bo„linmaydigan nutq parchasi