8
QATOR UNDOSH VA QO‟SH UNDOSH
QATOR UNDOSH
– Bir bo‟g‟inda yonma-yon ikki xil undoshning kelishidir.
(aql,
qadr, farz)
Eslatma!
Paxta, nimcha, o‟simlik
so‘zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin
bir bo‘g‘inda bo‘lmagani uchun qator undosh emas.
Eslatma!
Gap tarkibida qator undoshli so‘z kelganda unga qo‘shimcha qo‘shilganda ham bu
so‘z qator undoshli so‘zligicha qoladi. Masalan:
qarz, farz, baxt, ahd
so‘zlariga qo‘shimcha
qo‘shilgan bo‘lsa ham, (qarzi, farzim, baxti, ahdi) asos qator undoshligicha qoladi.
Eslatma!
Oxiri
st
(ost, ust)
, lt
(yilt, milt)
, rt
(to‘rt, turt, qurt) kabi qator undoshlilar sof
o‘zbekcha so‘zlardir.
Eslatma!
Oxirida qator undosh kelgan go‟sht, musht (
sht
), daraxt, baxt (
xt
), barg
(
rg
)so‟zlari fors-tojik tilidan o‟tgan.
Eslatma!
Tarkibida qator unli kelgan so‟zlar ham o‟zbekcha so‟z hisoblanmaydi. M:
muallim, muovin, soat, shior. (ko‟pchiligi arab tilidan o‟tgan).
Ayrim so‟zlarda qatorunlilar bir cho‟ziq unliga aylanadi. M: muallim (malim), muovin
(movin);
Ba‟zilarida talaffuzda bir undosh ortadi M: shior (shiyor), soat-sog‟at(Toshkentda), soat-
sohat(Farg‟onada).
Dostları ilə paylaş: