Fonetika “Ilm – qaytarish va takrorlash mevasidir”



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/30
tarix09.10.2023
ölçüsü1 Mb.
#153402
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
ona tili. qo\'llanma. FONETIKA

 
Eslatma! 
Quyida urg„usini topish qiyin bo„lgan so„zlardan misol kеltiramiz: 
afsu`ski 
ahi`l 
alba`tta 
astrano`miya 
audito`riya
a`llakim 
a`mmo 
a`slo 
a`tom 
ba`rcha 
bola`mday 
broshyu`ra 
dafta`r 
dire`ktor 
dotse`nt 
dóim 
gaze`ta 
ga`rchi 
gu`lday 
hami`sha 
ha`mma 
ha`r kim 
ha`tto 
he`ch kim 
izoto`p 
karti`na 
ke`lsin 
ki`mdir 
konstitu`tsiya 
ku`ldir 
la`mpa 
le`kin 
le`ksiya 
matema`tika 
mudi`r 
muhi`m
muhi`t 
mumki`n 
muni`s 
nafi`s
o`blast 
o`braz 
o`shiq 
o`yday 
po`yezd 
qa`ncha
qa`ysi 
qi`p-qizil
ra`dio 
respu`blika 


13 
ru`chka 
sanato`riya 
shamo`lday 
si`los 
to`nna 
tra`ktor 
ya`m-yashil
za`vqim 
ze`ro 
vodoro`d
 
 
FONETIK HODISALAR 
Nutq jarayonida talaffuz qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan 
tovushlarning o‘zaro ta‘siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashi 
fonetik hodisalar 
deyiladi.(Tovush tushishi, tovush almashishi, tovush ortishi). Asosga qo‘shimcha qo‘shilishi 
natijasida so‘zda tovush o‘zgarishi 
fuziya 
ham deyiladi. Fonetik hodisalar unli tovushga 
ham, undosh tovushga ham xos. 
1.
 
Tovush tushishi:
Men + ni (-ning, -niki) = meni, mening, meniki 
Sen + ni (-ning, -niki) = seni, sening, seniki 
Ikki (olti, yeti) + ov (-ala, -ovlon) = ikkala, ikkov, ikkovlon 
Yig‘i + la = yig‘la 
O‘yin + a = o‘yna 
Qiyin + a = qiyna 
Ulug‘ + ay = ulg‘ay 
Sariq + ay = sarg‘ay 
Past + ay = pasay 
Sust + ay = susay 
Buyur + uq = buyruq 
Og‘iz + aki = og‘zaki 
Ayir + i = ayri 
Ayir + im = ayrim 
Ayir + il = ayril 
Qayir + il = qayril 
O‘tir + oq = o‘troq 
Ingir + a = Ingra 
Ho‘ngir + a = ho‘ngra 
O‘rin + a =o‘rna 
Qizil + ar = qizar 
O‘g‘il, o‘rin, egin, og‘iz, bo‘yin, qo‘yin, singil, ko‘ngil, qorin, bo‘g‘iz, yarim, burun, 
shahar, zahar + (egalik qo‘shimchalari: -i, -im, -ing, -imiz, -ingiz =o‘g‘li, egni, og‘zi, egni, 
qorni, zahri, qo‘ynim, bo‘g‘zim, og‘zi, shahri, singlim, yarmi, burni. 
ESLATMA! 
Ayta oldi – aytoldi, qila oldi – qiloldi kabilarda tovush tushishi yuz beryapti. 


14 
ESLATMA! 
Edi, ekan, emish 
to‘liqsiz fe‘llari o‘zidan oldingi so‘zga –
di, -kan, -mish
shaklida qo‘shilishi mumkin. Bunda tovush tushishi yuz beradi.
Bilar edi – bilardi; borar ekan – borarkan, yozar emish – yozarmish. 
Misollar: 
1.Malika opaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib, yana bag‘riga qaytdi.( 4 ta so‘z: 
ikki + ala = ikkala, o‘g‘il + i = o‘g‘li, ulug‘ + ay = ulg‘ay, bag‘ir + i = bag‘ri ) 
2. Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, To‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini indirar( 2 ta 
so‘z: olti + ovlon = oltovlon, og‘iz + i = og‘zi) 
3. Singlimning hozirgina yig‘lab turgan o‘g‘li bag‘rida uxlab qoldi. ( 4a ta so‘z: singil + 
im =singlim, yig‘i + la = yig‘la, o‘g‘il + i = o‘g‘li, bag‘ir + i = bag‘ri) 
4. Ayrim rotalarni o‘rnidan ko‘chirish haqida og‘zaki buyruq berildi (4 ta so‘z: ayir + im = ayrim, 
o‘rin + i = o‘rni, og‘iz + aki = ag‘zaki, buyur + uq = buyruq ) 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin