8.
Marosim, afsona nomlarini
bildiruvchi qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi: kiryuvdi,
kelintushdi, urto‘qmoq, ochildasturxon.
9.
Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‟zi
bilan ifodalangan joy nomlari qo‘shib
yoziladi: Yangiyo‘l, To‘rtko‘l, Mirzaobod, Dehqonobod, Balandmachit.
Eslatma!
Ikkinchi qismi atoqli ot bo‘lgan joy nomlari ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, Ko‘hna
Urganch, O‘rta Chirchiq
10.
Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan
qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi:
kinoteatr, radiostansiya, teleko‘rsatuv, telestudiya fotoapparat, radioto‘lqin, elektrarra,
11.
Qisqartmalarning barcha turlari va ularga qo‘shiladigan qo‘shimchalar qio‘shib yoziladi:
SamDU, ToshDU.
CHIZIQCHA BILAN YOZISH
1.
Juft so‘z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: el-yurt, kiyim-kechak, adi-badi, oz-moz.
2.
Agar juft so‘zlar orasida u-yu yuklamasi kelsa, ana shu yuklamalardan oldin chiziqcha
qo‘yiladi: do‘st-u dushman, kecha-yu kunduz, ota-yu ona.
3.
Qop-qora, qip-qizil, yam-yashil, sap-sariq, to‘ppa-to‘g‘ri kabi kuchaytirma sifatlar
chiziqcha bilan yoziladi. Lekin oppoq so‘zi qo‘shib yoziladi.
4.
–ma, -ba qo‘shimchalari yordamida birlashgan qismlar chiziqcha bilan yoziladi: uyma-
uy, ko‘chama-ko‘cha, rang-barang, dam-badam
Eslatma: lekin mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, bunday so‘zlar qo‘shib
yoziladi: darbadar, ro‘baro‘
5.
–chi, -a, -ya, -u, -yu, -ku, -da yuklamalari chiziqcha bilan yoziladi, -mi, -oq, -yoq, -gina, -
kina, -qina, -dir yuklamalari esa o‘zidan oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi. Sen-chi?
Senmi?
6.
Tartib son arab raqami bilan yozilsa chiziqcha qo‘yiladi, rim raqami bilan yozilsa
chiziqcha qo‘yilmaydi: 1995-yil, 3-kurs / XXI asr, X sinf.
Dostları ilə paylaş: |