Eslatma!
Yuqoridagilarning deyarli hammasi( shu listdagilar) fonetik yozuvga misol bo‘la
oladi.
QO‟SHIB YOZISH
1.
Xona, noma, poya, bop, xush, ham, kam, umum, rang, mijoz, sifat,, talab
kabi so‘zlar
yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib yoziladi: qabulxona,
tabriknoma
, taklifnoma, bedapoya, ommabop, xushxabar, hamsuhbat, orombaxsh,
kamquvvat, bug‘doyrang, umumxalq, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab.
2.
–r, -ar, -mas
qoshimchasi bilan tugaydigan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlar qo‘shib
yoziladi: o‘rinbosar, otboqar, cho‘lquvar, ishyoqmas, qushqo‘nmas.
3.
Takror taqlid so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilishi bilan yasalgan ot va fe‘llar qo‘shib
yoziladi: pir-pir –
pirpirak
; hay-hay –
hayhayla
, shar-shar –
sharshara,
gij-gij –
gijgijla.
4.
Narsani boshqa bir narsaga qiyoslash orqali
hosil qilingan qo‘shma otlar va sifatlar
qo‘shib yoziladi: toshbaqa, oybolta, qo‘yko‘z, sheryurak,otquloq, bodomqovoq,
karnaygul.
5.
Narsani uning rangi, mazasi va boshqa bekgilari
bilan ataluvchi qo‘shma otlar
qo‘shib yoziladi: olaqrg‘a, qizilishton, ko‘ksulton, achchiqtosh, mingoyoq, qirqoyoq
6.
Narsaning nima uchun mo‟ljallangani
kabi ma‘nolarni bildiruvchi qo‘shma so‘zlar
qo‘shib yoziladi: ko‘zoymak, kirsovun, qiymataxta, tokqaychi, oshrayhon, nosqovoq.
7.
Narsani joyiga nisbat berish
orqali
hosil bo‘lgan qo‘shma otlar qo‘shib yoziladi:
tog‘olcha, cho‘lyalpiz, suvilon, qashqargul,
|