21
2.
Har, hech, bir, u, bu, shu, o‘sha, hamma kabi so‘zlar bilan yasalgan qo‘shma
olmosh va
qo‘shma ravishlar har doim ajratib yoziladi: har kim, hech nima, hech kim (olmoshlar);
bir zum, u yer, bu yoq, shu joy, hamma vaqt (ravishlar).
3.
Ko‘makchilar o‘zi bog‘langan so‘zdan ajratib yoziladi, lekin bir so‘roqqa javob bo‘lib,
bir gap bo‘lagi vazifasida keladi: sen kabi, do‘sti uchun, maktab tomon.
Masalan: Bolalar maktab tomon ketdi. U do‘sti uchun oldi.
Eslatma: bilan, uchun ko‘makchilari –la, -chun ko‘rinishida
chiziqcha bilan yozilishi
mumkin: Qalam-la men to‘qiyman qo‘shiq.
4.
Sifatning orttirma
darajasini hosil qiluvchi lang, liq, tim, to‘q, och, jiqqa so‘zlari har
doim ajratib yoziladi:lang ochiq, liq to‘la, tim qora, to‘q qizil, och sariq, jiqqa ho‘l.
5.
Murakkab son qismlari ajratib yoziladi: bir ming to‘qqiz yuz to‘qson beshinchi yil (1995-
yil).
6.
Yildan yilga, kundan kunga, tomdan tomga, ochiqdan ochiq, yangidan yangi, ko‘pdan
ko‘p kabi birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan
birikmalar o‘rtasida chiziqcha qo‘yilmaydi va ajratib yoziladi.
7.
Izofali birikmalar har doim ajratib yoziladi (izofa – fors-tojik tilida egalik qo‘shimchasi
va qaratqich kelishigi o‘rnida keluvchi vosita) unli bilan tugagan so‘zlarga –yi izofasi,
undosh bilan tugagan so‘zlarga –i izofasi qo‘shiladi:
Tarjimayi hol – (holatning tarjimasi)
Oynayi jahon – (Jahonning oynasi)
Ahli Andijon – (Andijonning ahli)
Eslatma: gulbeor, dardisar kabi izofali so‘zlar hozirgi o‘zbek tilida qo‘shib yoziladi.
Dostları ilə paylaş: