18
7.
Sh
alohida tovushni ifodalasa, oraga tutuq belgisi qo‗yiladi: Is‘hoq, as‘hob kabi.
8. Farzand, band, poyezd so‗zlaridagi «d» undoshi, go‗sht, past, artist so‗zlaridagi, «t»
undoshi talaffuzda tushib qolsa ham yozuvda doimo ifodalanadi.
9. Ng harfiy birikmasi ikki unli orasida kelsa, bo‘g‘inga ko‘chirganda ikkinchi unli bilan
bo‘g‘in hosil qiladi. Masalan, ko‘ngil – ko‘-ngil; singil – si-ngil; dengiz – de-ngiz.
Eslatma!
Agar ng dan keyin undosh kelsa,ng birinchi bo‘g‘inda qoladi. Masalan, singli –
sing-li; ko‘ngli – ko‘ng-li, manglay – mang-lay.
Eslatma!
Yevropa tillaridan kirgan so‘zlarda
n va g alohida tovush,
alohida harf
hisoblanadi va ikkalasi ikki bo‘g‘inga ajraladi. Masalan, ingliz – in-gliz; kongress –
kon-gress, shtanga – shtan-ga.
Eslatma!
Menga, senga, unga
kabi so‘zlarda –ga jo‘nalish kelishigi qo‘shilgan. Shuning
uchun ikkiga ajratiladi. Men-ga, sen-ga, u-ga.
Dostları ilə paylaş: