Kimyoviy laboratoriyada ishlayotganda texnika xavfsizligi qoidalari


Ochiq alangali olov va portlovchi moddalar bilan ishlayotgandagi havfsizlik choralari



Yüklə 274,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix02.11.2022
ölçüsü274,37 Kb.
#67124
1   2   3   4   5
1. kimyo laboratariyasida ishlash qoidalari

Ochiq alangali olov va portlovchi moddalar bilan ishlayotgandagi havfsizlik choralari 
1. 
Yonuvchi va ayniqsa tez alangalanadigan suyuq moddalarni ochiq alangali olovda 
qizdirish ya’ni alanga yaqinida saqlash qat’iyan mumkin emas. Bunday moddalar suv, yoki havo 
hammomlarida elektr qizdirgichlar yordamida qizdiriladi va haydaladi. Bunday hammomlarning 
qizdiruvchi va tok o`tkazuvchi qismlari yaxshilab himoyalangan bo`lishi kerak. 
2. 
Benzol, nitrobenzol, toluol, xloroform, spirtlar, organik efirlar va boshqa turdagi tez 
alangalanuvchi va yonuvchan moddalar bilan tajribalar ochiq alangasi yo`q so`ruvchi shkafda 
o`tkaziladi. 


3. 
Yongin alangalanadigan, miqdori 0,5 litrdan ortiq bo`lgan suyuqliklarni qizdirishda 
pribor tagiga, avariya sodir bo`lsa, suyuqlik oqib tushishi uchun extiyotdan bo`sh kyuvetalar qo`yilish 
kerak. Tajriba tugagach barcha idishlar tozalab yuvilib, yig`ishtirish lozim. 
4. 
Deyarli barcha yonuvchan moddalar uchuvchan bo`ladi va ular inson organizmiga 
havo bilan kirib zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday moddalar bilan olib 
boriladigan ishlar yopiq, so`ruvchi shkaflarda olib boriladi. 
5. 
Yonuvchan moddalarni kanalizatsiyaga ag`darish mumkin emas. Ishlatilgan bunday 
modda qoldiqlari yaxshi yopiladigan biror idishga to`planib maxsus quduqlarga to`kiladi. 
Simob bilan ishlashdagi havfsizlik qoidalari 
1. 
Metall holdagi simob laboratoriya amaliyotida ochiq va yopiq holda keng qo`llaniladi 
(reometrlar, termometrlar va hokazo). Simob va uning ba`zi tuzlarining bug`lari kumilyativ ta`sirli 
kuchli zaharlardir. Simob bug`uning havodagi kontsentratsiyasi 0,01 mg/m
3
dan oshmasligi kerak. 
2. 
Simob bug`lari suvoq, yog`och, latta, zang kabilarga yaxshi yutiladi va keyinchalik 
desorbtsiyalanib bug`lanadi. Metall holdagi simob polga to`kilib ketsa, uning juda mayda zarrachalari 
devor, pol, mebel tirqishlariga kirib ketib, so`ngra asta bug`lanib yotishi mumkin. Simob solingan 
priborlar (masalan, monometrlar, reometrlar) xonalarga o`rnatilganda ular ostiga maxsus idishlar 
o`rnatilishi kerak. 
3. 
Beixtiyor to`kilib ketgan simob, tezda maxsus so`rg`ich yoki nasos yordamida yig`ib 
olinishi kerak. Mayda zarrachalar esa amal`gamalangan (Zn) plastina yordamida yig`ib olinadi. 
So`ngra pol 3% li kaliy permanganat eritmasi 1 litr 20% li temir (IV) xlor eritmasiga 5 ml 
kontsentrlangan sul`fat kisotasi qo`shib tayyorlangan eritmasi aralashtiriladi va xona pollari 
demerkurizatsiyalanadi. So`ngra esa xona xavosi simob miqdoriga analiz qilinadi. 

Yüklə 274,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin