Kimyoviy laboratoriyada ishlayotganda texnika xavfsizligi qoidalari


Shishadan qilingan kimyoviy idishlardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari



Yüklə 274,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix02.11.2022
ölçüsü274,37 Kb.
#67124
1   2   3   4   5
1. kimyo laboratariyasida ishlash qoidalari

Shishadan qilingan kimyoviy idishlardan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari 
1. 
Yuqori devorli shisha idishlarning og`zini tiqinlar bilan yopayotganda, uning bo`ynini 
tiqinga yaqin eridan ushlash kerak. 
2. 
Qizib turgan shisha idishni sovumay turib shliflangan tiqin bilan yopish mumkin emas. 
3. 
Suyuqliklarni shisha idishlarida isitish, qaynatishni so`ruvchi shkaflarda olib borish 
kerak. 
Laboratoriyadagi gaz gorelkalaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari 
1. 
Yoqib qo`yilgan gaz gorelkalari va boshqa qizdirish priborlarini nazoratsiz qoldirish 
kerak emas. 
2. 
Gorelkadan foydalanayotganda alanga gorelkaning ishda yonishiga yo`l qo`ymaslik 
kerak. 
3. 
Alanga gorelkaga so`rilsa gaz yoki havo oqimini rostlash lozim. 
4. 
Ish stolining usti qizib ketmasligi uchun gorelka va boshqa qizdirish vositalarining 
ostiga asbest, marmar, g`isht kabi ximoya vositalaridan qo`yib foydalanish kerak. 
Siqilgan va suyultirilgan gazlar solingan yuqori bosimli balonlarda foydalanilganda 
xavfsizlik qoidalari 
1. 
Kislorod, vodorod, azot kabi gazlar ballonlarida siqilgan holda, uglekislota, ammiak 
xlor serevodorod kabi gazlar esa suyultirilgan holda, atsetilen esa eritma holda bo`ladi. Atsetilen 
balloni g`ovak ko`mir va erituvchi (atsiton) bilan to`ldirilgan bo`ladi.
2. 
Suyultirilgan va eritilgan gazlar solingan ballonlar siqilgan gazlar to`ldirilgan 
ballonlarga nisbatan pastroq, haroratlarda ham portlab ketishi mumkin bo`lgani uchun, ular bilan juda 
ehtiyotlik bilan muomala qilish kerak. 
3. 
Barcha gaz ballonlarida himoya qalpoqchasi bo`lishi, zaharli gazlar solingan 
ballonlarning shtutserlari esa qo`shimcha yopqich (zaglushka) bilan jihozlangan bo`lishi shart. 
Yonuvchi gazlar (masalan, vodorod) solinadigan ballonlarning shtutseri chap rezbali qilib ishlanadi. 


Bundan maqsad xatolik natijasida ularga kislorod quyib yubormaslik, yoki aksincha kislorod 
balloniga yonuvchi gaz quyib yubormaslikdir. Barcha gaz ballonlari o`zining bo`yaladigan rangiga, 
markirovakasi (belbog` rangi) va saqlanadigan gaz nomi ko`rsatilgan yozuvga ega bo`lishi kerak. 
Ballonlar ma`lum muddat ishlatilgandan so`ng, keyinchalik ishlatishga yaroqli ekanligi sinab 
ko`riladi va mahxsus belgilar qo`yiladi. Sinov muddati o`tib ketgan ballonlarni ishlatish qat`iyan 
mumkin emas.
4. 
Ballonlar quyidagi sabablarga ko`ra portlab ketishi mumkin. 
5. Quyosh nuri, ochiq alanga, isitish manba`larining ta`siri natijasida; 
6. Ballonlarning qattiq jismga urilishi yoki ularni urish
7. Kislorod ballonlarining yog`, moy va boshqa organik moddalar bilan ifloslanishi. 
8. 
Ballonlar isitish manba`laridan (radiatorlardan) 1 metr, gorelka, plitka kabilardan 1,5 
metr uzoqlikda, quyosh nurlarining tik tushushidan himoyalangan, yiqilib tushmaydigan qilib 
qotirilgan holda saqlanishi kerak. 
9. 
Ballonlardagi gazlardan ana shu gaz uchun mo`ljallangan va tegishli rangga bo`yalgan 
redukturlar yordamidagina foydalanish mumkin. Reduktorlarning monometrlari bir yilda bir marta 
tekshiruvdan o`tkaziladi. Reduktorlarning ximoya klapani qabul qilingan xajm uchun lozim bo`lgan 
maksimal ishchi bosimga rostlangan bo`lishi kerak. 
10. 
Ballonning ventilini ochayotganda turli kalit yoki boshqa moslamalardan 
foydalnmaslikka harakat qilish kerak. Agar foydalanishga to`g`ri kelsa nihoyatda ehtiyotlik bilan 
katta kuch ishlatmay harakat qilish darkor, aks holda ventilning moxovigi uzilib ketishi, rezbani buzib 
yuborib ballonning portlab ketishi oqibatlarigacha olib kelishi mumkin. 

Yüklə 274,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin