Navoiy davlat pedagogika instituti magistratura bo‘limi 70110602-Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi II bosqich Baxtiyorova Robiyabegim Otabek qizining “Umumta’lim maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim modellardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasiga
TAQRIZ Hоzirgi kunda uzluksiz ta’lim tizimida talim-tarbiyaga psixologik-pedagogik jihatdan yangicha yondashuvlarni izlab tоpishning ahamiyati оrtib bоrmоqdaki, ta’lim jarayonida o‘quvchilar aqliy faоlligini rivоjlantirish ta’limning turli shakl va metоdlaridan, xususan aralash ta’lim modellaridan fоydalanish bilan bevоsita bоg‘liq. Shunday ekan, umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun informatika va axborot texnologiyalari fanidan darslar va darsdan tashqari o‘quv faoliyatini takomillashtirishda aralash ta’lim modellarini keng ko‘lamda joriy etish, o‘quvchilarning qiziqishini va kreativ sifatlarini oshirish dolzarb masala bo‘lmoqda.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi Umumta’lim maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim modellardan foydalanib o‘qitishga bag‘ishlangan bo‘lib, ishning I bobida umumta’lim maktablarda Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish holati va o‘qitishda qo‘llaniladigan vositalar o‘rganilgan. Ishning II bobida Umumta’lim maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim turidan foydalanib o‘qitish modeli va metodikasi ishlab chiqilgan. III bob esa pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish, o‘tkazish va tajriba-sinov ishlarining tahlili ko‘rib chiqilgan.
Umumta’lim maktablarda Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim modellaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishi natijalari asosida quyidagi xulosalar qilingan:
- aralash ta’lim sharoitida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish uch asosiy o‘qitish shaklini o‘zida ifoda etadi: masofaviy o‘qitish (Distance Learning), auditoriyada o‘qitish (Face-To-Face Learning) va Internet orqali o‘qish (Online Learning). Ushbu tizimning komponentlari doimiy o‘zaro bog‘liqlikda ishlaydi. Bu esa o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
- aralash ta’lim modeli konsepsiyasini, shuningdek uning maqsadlari va afzalliklarini hisobga olgan holda, umumta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi o‘quv va texnologik resurslarni jalb qilgan holda o‘qitishni moslashuvchanlik asosda tashkil etishga imkon beradi. Natijada, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida bevosita muloqot, o‘qituvchining tizimli maslahatlarini tashkil qilish, o‘quvchilarni o‘quv-uslubiy materiallar bilan va o‘qituvchi, o‘quvchilar hamda ta’lim muassasalari ma’muriyati o‘rtasida interaktiv o‘zaro aloqani ta’minlash uchun instrumental muhit, telekommunikatsiya tarmoqlari yordamida tashkil etilgan tarmoqlar orqali o‘qish (e-learning) o‘qitish shakllari uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.
- Aralash ta’lim sharoitida umumta’lim maktablarida Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning didaktik modeli tuzilmasi maqsadli (ijtimoiy buyurtma, maqsad va vazifalar); mazmunli (ta’lim oluvchilar o‘quv-pedagogik faoliyatining nazariy, metodik va texnologik jarayonlari); tashkiliy-pedagogik; natijaviy-baholashga doir komponentlarni o‘zida aks ettiradi.
Magistrant Baxtiyorova Robiyabegim Otabek qizining “Umumta’lim maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda aralash ta’lim modellardan foydalanish metodikasi” mavzusidagi dissertatsiyasi “Ta’limda axborot texnoligiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasi va “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom” talablariga mos keladi. Ammo, dissertatsiyani tayyorlanish jarayonida ayrim orfografik kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Lekin bunday kamchiliklar dissertatsiyaning umumiy mazmuniga ta’sir qilmaydi. Uni himoyaga tavsiya qilish mumkin deb hisoblayman.
Taqrizchi: t.f.n., dots. O.O.Suvonov, NVPKQTMO tarmoq markazi