Bugungi kunda yoshlar kasb hunar tanlashda nimalarga e`tibor bermayapti



Yüklə 19,78 Kb.
səhifə2/2
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Kb.
#163439
1   2
Bugungi kunda yoshlar kasb hunar tanlashda nimalarga e


Maskvalik o`zbek auditor bloglarida o`qigan edm. Bir tipratikan bilan tulki masali bor ekan. Unda tipratikan tulkiga nisbatan ancha zaif kichkina uni tulkiga nisbatan jag`lari ham kichkina harakatlari ham sekin . Tulki tipratikanga nisbatan baquvvat chaqqon harakatchan jag`lari ham katta bittada paqqos tushirishi mumkin lkn tipratikan bitta xususiyati uni hayotdagi yashovchanligini taminlab turadi. U tikani ya`ni hissadan hissa shuki harbir insonni mana shunday tipratikani bor uni qaysi sohadadir qaysi yo`nalishdadir o`zini tipratikani bo`ladi Faqat inson o`sha narsani topa olishi kerak holos aynan o`sha xususiyatini deylik. Aynan o`sha xususiyatni topa olsagina o`sha sohada nimagadir erisha oladi . Endi bu narsaga qanday qilib erishiladi qanday kashf etiladi?



  1. Inson o`sha kasb bilan shug`gullanayotganda vaqtni o`tganligini sezmay qolishi kerak.

  2. O`sha qilayotgan ishida charchoq his qiolmaydi, qancha bo`lsa ishlayveradi. Soat nechchi bo`ldi ekan qachon ish tugar ekan demaydi

  3. O`sha kasb bilan shug`ullanayotganda o`zidagi yorqin his ehtiroslarini seza oladi rohat oladi

Inson o`zini sevimli sohasini topish uchun hayotdagi o`rnini toppish uchun o`ziga to`rtta savol berishi kerak:

  1. Men qaysi sohada faoliyat yuritsam jamiyatga eng ko`p manfaat olib kelaman ?

  2. Qaysi sohada men tekinga ishlashga ham tayyorman ?

  3. Qaysi sohada kechasi ikki uchlarda ish qilishga to`gri kelib qolsa og`rinmasdan qilaman ?

  4. Qaysi sohada butun umrim o`tishiga roziman va qaysi sohada ishlab turganimda jonim olinsa roziman?

Albatta har bir ishda sohada kasb hunarda o`ziga yarasha qiyinchiliklari mashaqati azobi bo`lishi mumkin. Bu tabiiy hol odamlar mana shular orqali kamollikka yutuqlarga erishadi va hayotda o`z o`rnini topishadi.
Qadimda Yaponlar yangi tutilgan baliq yeyishni yaxshi ko`rarkan. Shu qadar ko`p yeyishar ekan odam soni ko`paygan sari qirg`oqlarda baliqlar kamayib ketibdi. Keyin baliqchilar biroz dengiz ichiga kiraylik o`sha yerdan baliq ovlab kelamiz deyishibdi. 2 kunlik masofaga dengiz ichiga kirib baliq ovlab kelishibdi. U baliqni Yapon xalqi yeyishmabdi. Chunki 2 kunlik masofa 2 kunlik vaqt bor . u dengizda emas alohida kemada turibdi, yo`q bu yangi tutilgan baliqni ta`mi kelmayapti deyishibdi va hech kim sotib olishmabdi. Keyin baliqchilar yo`lini topishibdi va kemalarga muzlatkichlar o`natishibdi. Baliqlarni tutishi bilan eskirib qolmasligi uchun muzlatkichlarga solishibdi . lkn baribir muzlatkichga solingan baliqni ta`mi ham baribir yangi tutilgan baliqdek emas ekan. Baliqchilar boshqa yo`lini topishibdi o`sha kemalarga akvariumlar qurishibdi. Tutilgan baliqlarni akvariumlarga solishgani bilan ular depressiyaga tushib qolishar ekan. Oxiri ko`p o`ylashibdi , o`ylab o`ylab o`sha akvariumlarga 2ta akula tashlashibdi. Boyagi akulalar baliqlarni quvgani quvgan u yog`dan bu yog`gab u yog`dan u yog`ga . Xullas baliqlar hayotga intilishi sababli o`zidagi soflikni tozalikni saqlab qolishar ekan . Biz bugun hayotimizda muammolar yo`q bo`lishini xohlaymiz. Baliqlar buzilib qolganday odamlar ham muammosiz buziladi. Bizga o`sha akulalar kerak hayotimizga har doim bizni harakatlantiradigan bizni halol bo`lishga undaydigan majbur qiladigan akula kerak. Hozirgi yoshlar faqat u soha oson bu oson bunda ko`proq pul topsa bo`ladi degan har xil bahonalar topishadi. Yo`q agar sen u sohani sevsang hammasi oson hammasi zo`r agar u sohaga qiziqmasang hammasi qiyin murakkab , shuni uchun soha tanlashda undan qancha pul topaman qancha vaqt ishlayman , tezroq mashhur bo`lib ketamanmi va hakazo.. bu narsalarga e`tibor bermay faqat o`zinga yoqqan ishni qilish kerak. O`shanda o`z ishingni ustasi bo`lsang pul ham topasan mashhur ham bo`lasan. Mufaqqiyat bu tajriba natijasi tajriba esa xatolar natijasi xatolarni birovlarni xatosidan xato qilmaslikni o`rganish har doim arzon aylanadi. Yoshlar besabirlik qiladi. Birdaniga bugun ekkan daraxti bugun hosilga kirsa ekan deb o`ylaydi. Kasb-hunarni ham daraxt kabi ekasiz parvarish qilasiz sabir matonat qat`iyat talab qiladi. Ba`zi yoshlarda sabir matonat qat`iyatsizlikni qilishadi , ba`zida u qimmatga tushadi o`zlariga bolgan ishonchi yo`qoladi.
Bugungi kunda ota-onalar ham bolalariga kasb tanlashda no`to`g`ri yo`lni ko`satmayapmikan. Bolalari tarixchi yoki adabiyotchi bo`lmoqchiman desa ularga qarshi chiqib tarixchi bo`lsang senga kim ish beradi deb sen moliyachi , buxgalter , doctor bo`lasan deb ularning orzularini puch qilb qo`lmayaptimi. Ota-onalar farzandlarini nima qilishini xohlamadi. Masalan tarixchi jamiyatshunos psixolog ular buni xohlamadi , ularni faqat obro`li ishlar qiziqtirdi. Biz doktorlarni hurmat qilamiz yoki arxitektur uning ham kasbi jamiyatga kerak. Lekin qaysi ota-ona islom ummati uchun xizmat qilishni o`rgatmoqda yoki farzandlarini ummatga foydasi tegishni o`gatmoqda. Hozir maktabga bolalardan bu kasbni nimaga tanlading deb sorasang bu kasbni ota-onam aytdi deb keyingisidan so`rasang oyligi ko`p bo`lganligi uchun deb javob berishadi. Bu gapla bilan men ota-onalarni yomon otliq qilmoqchi emasman. Lekin bolalarining orzu istaklarini ham eshitsa yaxshi bo`lar edi. Balki farzandlari tarixchi bo`lib dinida o`tgan buyuk shaxslarni o`ganmoqchidir yoki islom dinini butun dunyoga tarqatuvchi doctor bo`lmoqchidir. Hurmatli ota-onalar bolalaringiz hayotini yaxshi qilaman deb aksincha ularga dushman bo`lib qolmanglar!!!!!!!!!! Bitta hayotiy voqea aytib beraman. Hozir bolalar maktablarda 9 yil o`qigandan keyin akademik litseylarga topshirsa bo`ladi . Bitta oilada ota-onasi bolasiga litseyga hujjat topshir o`qiysan keyin oliy ta`limga kirasan dedi. Lekin u bola o`qimas edi. Keyin u litseyga qanday qilib kirsam ekan deb o`ylanib bir yo`lini topdi. U o`zi umuman bilmagan o`qimagan fransuz tili yo`nalishga hujjat topshirdi. U yo`nalishda uncha ko`p odam hujjat topshirmas ekan. Keyin akademik litseyga test topshirish kuni kelganda testga kirdi va savollarni o`qimasdan javoblarni yozib chiqib ketti baribir o`qigani bilan tushunmaydi. Uning omadi keldimi bilmadm akademik litseyga o`qishga kirdi fransuz tili yo`nalishiga lekin u fransuz tilini alifbosini ham bilmasdi. Keyin asta o`qiy boshladi unga fransuz tili yoqdi lekin matematika umuman yoqmasdi. Ikki yil yil litseyda fransuz tilini qunt bilan o`rgandi matematika esa yo`q. U o`qib yurgan vaqtida SMM Marketing sohalariga juda qiziqishi ortdi. Vanihoyat oliy ta`limga hujjat topshirish vaqti keldi. U o`zining yoqtirgan sohasiga hujjat topshirishi ota-onasiga aytdi. Lekin ota-onasi unga qarshi chiqdi sen diplomatiyaga moliyaga hujjat topshirasan deb o`zining yoqtirgan sohasiga hujjat topshirtirishmadi. Oradan kunlar o`tib javoblar chiqdi. U moliya institutiga kiribdi. Ota-onasi xursand. Hamma o`qishga kirganida quvonib yayrab orzulari amalga oshganidan xursand bo`lsa u negadir xursand ham bo`lmadi xafa ham bo`lmadi. Kimlar moliya institutida o`qishni havas qilsa unga farqi ham yo`q edi. Kirdi nima kirmadi nima majbur indi o`qiydi. Bir qiziq voqea bo`ldi u o`zini qaysi fakultetda o`qiyotganini 1 semestr o`qiganidan so`ng tushuntirish xati yozayotganida bilgan . shu qadar unga hozi o`qishni farqi yo`q . Shuni uchun hurmatli ota-onalar bolalaringiz qiziqqan sohaga qarshi chiqmasligingiz so`rayman

Qisqacha qilib xulosa aytsam odam ishiga borganida ishlash uchun emas dam olish uchun borishi kerak. Shunda hamma ishlari besh bo`ladi. Faqatgina o`ziga yoqqan soha tanlash kerak.



Foydalangan adabiyotlar ro`yxati

  1. #Ilmnuri Offical

  2. #UzFoyda

  3. #MFaktor

Yüklə 19,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin