Bugungi kundagi ahamiyati


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix20.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#118280
1   2   3   4
amir-temur-diplomatiyasining-oziga-xos-xususiyatlari-va-bugungi-kundagi-ahamiyati

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
53 
Agar sen qassob bo‘lsang, bizni so'yib tashla, agar sen savdogar bo‘lsang, sotib 
yubor, agar podsho bo‘lib kelgan bo‘lsang – bizga baxt ato et!” [2] 
Diplomatik yo‘l bilan o‘z ta'sir doirasini kengaytirish usulini Amir Temur o‘z 
faoliyatining ikkinchi bosqichi, ya'ni jahongirlik davrida ham keng qo‘llagan. U 
ayniqsa, kichik hukmdorlarga jangu jadalga kirishmaslikni, yuqori hokimiyat sifatida 
uni tan olgan holda o‘z yurtida avvalgidek hukmronlik qilaverishni tavsiya etgan. 
Manbalardan ma'lumki, ko‘p hollarda bu siyosat muvaffaqiyat qozongan. 
Amir Temur diplomatiyasiga xos xususiyatlardan yana biri shuki, u raqiblariga 
yozgan xatlarida odatda sharqona odob-axloq va asrlar mobaynida qaror topgan 
udumlardan chekinmagan. 
Amir Temur boshqa hukmdorlarga elchilar yuborar ekan, ularga yuklatilgan 
vazifaning ahamiyatiga qarab o‘z nomidan ish ko‘ruvchi bunday odamlarning 
e'tiborli, el-yurt ichida tanilgan, aql va zakovatli bo‘lishiga katta e'tibor bergan. 
Sohibqiron elchilarni tanlashda g‘oyat ehtiyotkorlik ko‘rsatgan, o‘z a'yonlari ichidan 
eng sadoqatli, bilimdon va hushyor kimsalarnigina bu ishga loyiq ko‘rgan. 
Mamlakat bo‘ylab shunday tartib o‘rnatilgan ediki, elchilarni yo‘lidagi shahar va 
qishloqlarning hokimlari kutib olar, aholi uylaridan gilamlar chiqarib joy solar, 
dasturxon yozib mehmonnavozlik ko‘rsatar, tunash uchun munosib joy berar va 
yo‘lida davom ettirish uchun ot-ulov bilan ta'minlashar edi. Agarda Amir Temur 
kimni biror yerga yuborsa yoki uning qoshiga kimdir kelayotgan bo‘lsa, shu tarzda 
kutib olishardi va har kuni yangi ot bilan ta'minlashardi. Bu otlar aholi bor yerlarda 
ham, yo‘q yerlarda ham amirning buyrug‘iga ko‘ra tayyor turardi, ularga qaraydigan 
odamlar tayinlanardi. Aloqa tizimida o‘rnatilgan bunday muntazam tartib nafaqat 
elchilarga qulay sharoit yaratdi, balki Amir Temur bepoyon mulklarining har 
chekkasidan xabardor bo‘lib turardi. 
Amir Temur buyrug‘i bilan Ispaniya elchilarining Xitoy elchisidan yuqori 
o‘tqazilishi misolida bu davlatning tashqi siyosati yorqin ifoda topadi. Bu omil Amir 
Temurning yangi-yangi davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatishga katta ahamiyat 
berganini ko‘rsatsa, Xitoy bilan aloqalarning tarangligini ham namoyish etar edi. 
Demak, elchilarni qabul qilish marosimini davlatlararo aloqalarning xarakteri aks 
etgan ko‘zgu deb atasa ham bo‘ladi. 
Amir Temur o‘zaro savdo aloqalarni yo‘lga qo‘yish uchun turli mamlakatlarga 
o‘z elchilarini yuborar edi. U o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, va madaniy aloqalarni 
yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga qat’iyat bilan yondashdi. Masalan, u savdo 
aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun Xitoy imperiyasiga 8 marta o‘z elchilarini yubordi. 
Uning saroyi turli davlatlardan kelgan elchilar bilan to‘la edi. [5] 
Amir Temur diplomatiyasida davlatlarning o‘zaro xat almashinuvi muhim 
ahamiyat kasb etar edi. Masalan, Amir Temur va Boyazid Yildirim o‘rtasidagi xat 
almashinuvlari o‘ta keskinligi bilan ajralib turadi. Chunki ikki buyuk davlat 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin