Bugungi kundagi ahamiyati


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix20.05.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#118280
1   2   3   4
amir-temur-diplomatiyasining-oziga-xos-xususiyatlari-va-bugungi-kundagi-ahamiyati

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №5 
52 
Amir Temur eng muhimi, Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi mayda hukmdorlar 
oʻrtasidagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, bu bilan nafaqat 
Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa 
qoʻshdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik 
qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar oʻrnatdi. Tarixshunos 
S.R.Moralez “The Diplomat in Spain” gazetasining internet saytida chiqargan 
maqolasida quyidagilarni bayon qilgan: 
“O‘zbek diplomatiyasi haqiqatdan chuqur tarixiy ildizga ega. Ayniqsa, 
Sohibqiron Amir Temur davriga kelib, Yevropa davlatlari bilan hamkorlik aloqalari 
yanada rivojlana bordi. O‘zbek xalqi bu yil Amir Temur tavalludining 679-yilligini 
nishonlamoqda. Temur kabi sohibqironning tug‘ilishi nafaqat o‘sha zaminda, balki 
butun Yevropa va Osiyo davlatlarining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida tub 
burilish sodir etdi” [3] 
Amir Temur umrining ko‘p qismini jangu jadallarda o‘tkazdi. Yangi hududlarni 
egallagan va o‘lkalarni dushman tasarrufidan ozod qilganda, shu yerlarni obod qildi, 
shu bilan bir qatorda, dastavval kuch ishlatmasdan sulh tuzish yo‘li bilan chora 
ko‘rdi. Bu uning diplomatiyasidagi o‘ziga xos xususiyat hisoblanadi. Nizolarni kuch 
ishlatmasdan hal qilish hozirgi zamon diplomatik munosabatlarining asosiy tamoyili 
hamdir. Islom Karimov ham “elchilarning yutug‘i urushni boshlamasidan turib uni 
yutishda” deb aytgan so‘zlari Amir Temurning diplomatik hislatini namoyon qiladi. 
[1] Shu bilan bir qatorda, Amir Temur o‘zining “Tuzuklari”da “qaysi ishni chora-yu 
tadbir bilan bitirishning iloji bo‘lsa, unda qilich ishlatmadim” degan so‘zlari fikrimiz 
dalilidir. [4] 
Bundan tashqari, qaysi mamlakatni zabt etgan bo‘lsa, ularning odamlariga katta 
ehtirom ko‘rsatdi va ular uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. U o‘z “Tuzuklari”da 
shunday deb yozadi: “Qaysi mamlakatni zabt etgan bo‘lsam, o‘sha yerning obro‘-
e’tiborlik kishilarini aziz tutdim, sayidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyihlariga 
ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim, ularga suyurg‘ol vazifalar in’om etib, 
maoshlarini belgiladim, o‘sha viloyatning ulug‘larini bo‘lsa, o‘z farzandlarimdek 
ko‘rdim. Mazkur mamlakatlarning sipohlari uchun dargohim eshigi ochiq edi. 
Hammani qo‘rquv va umid orasida saqladim”. [4] Islom Karimov ham Amir 
Temurning bunday diplomatik hislatlari va mahoratini yuqori baholab, o‘zining 
“O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida u haqidagi bir rivoyatni 
misol keltirib, uning diplomatik qobiliyatini e’tirof etdi: “Amir Temur yarim jahonni 
zabt etib, olis o'rmon qabilalariga borib yetibdi, xullas, ularni ham o'ziga 
bo'ysundiribdi. Qaysar va jangari, ozod va samimiy bu qabila boshlig‘i chorasizlik 
tufayli Temurga qurollarini topshirar ekan, quyidagi gaplarni aytibdi: «Ey, Temur! 
Sen bizni qurol kuchi bilan yenga olding. Biroq senga aytadigan shartlarimiz bor. 



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin