Bugungi kunga kelib mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari to‘liq amal qila boshladi



Yüklə 50,51 Kb.
səhifə2/2
tarix22.12.2023
ölçüsü50,51 Kb.
#189752
1   2
KIRISH

Sugʻurta — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sugʻurta koʻp asrlik tarixga ega. Sugʻurta muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sugʻurta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan.
Sugʻurta jamgʻarmasi milliy iqtisodiyot zaxira jamgʻarmasining muhim va oʻziga xos boʻgʻini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda sugʻurta ishi nihoyatda taraqqiy etgan boʻlib, bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida sugʻurta badal (mukofot)lari hajmi oʻrtacha 8—12 % ni tashkil etadi.
Sugʻurtalash majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Majburiy sugʻurtaning oʻzi majburiy va majburiy davlat sugʻurtasiga boʻlinadi. Ularning har ikkalasi ham qonunchilik hujjatlariga muvofiq joriy etiladi. Oʻzbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil transporta, suv, havo, temir yoʻl transportlari yoʻlovchilari, transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligi va boshqalarga majburiy sugʻurta turlari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini qoʻriqlash, Davlat bojxona, Davlat soliq qoʻmitalari xodimlari majburiy davlat sugʻurtasiga olingan va bunday sugʻurta turlari uchun sugʻurta badali (mukofoti) davlat byudjeti hisobidan toʻlanadi. Ixtiyoriy sugʻurta turlari sugʻurta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning oʻzaro roziligi va yozma shartnoma asosida amalga oshiriladi, sugʻurta javobgarligi hajmi (sugʻurta narxi), sugʻurta badali (mukofoti) miqdori, sugʻurta hodisasi yuz berganda toʻlanadigan sugʻurta puli (sugʻurta qoplamasi, tovoni) summasi — shartnoma shartlari sugʻurta qiluvchi bilan sugʻurta qilinuvchi tomonlar oʻrtasida kelishiladi. 
Hududimizning 3 ming yildan ortiq davr tarixi halqimiz hayotiga tahlika solgan xavf – xatarlar, shu hisobda tabiiy ofatlar, kutilmagan favqulotda hodisalar, yer qimirlashi, suv toshqini, yong’in, kuchli bo’ron, sel, chigirtkalar hujumi, tog’dan tosh kqchishi, yer chqkishi o’z davrida iqtisodiyotimizga ulkan zarar keltirgani va ularni bartaraf qilish uchun munosib tadbirlar ko’rilganidan darak beriladi. Sug’urtaning kelib chiqishi yurtimiz tarixi bilan bog’langani uchun uning tarkibiy qismi hisoblanadi. Sug’urtaning kelib chiqishi haqida gapirganda dastlab sug’urta puldan yoki moliyadan oldin kelib chiqqanmi, kreditdan oldin paydo bo’lganmi degan savol yuzaga keladi. Ma’lumki, pulning kelib chiqishi haqida gapirganda dastlab natura asosida qabilalar o’rtasida moddiy ne’matlarni almashishi sodir bo’lganini e’tiborga olishimiz kerak. Har bir oila turmush tajribasiga asoslanib o’ziga kerakli oziq - ovqat, kiyim – bosh va har xil mahsulotlarni g’amlab qqyishi lozim ekanligini tushungan. Agar g’amlangan mahsulotlar yetarli bo’lmasa qo’shnisidan yoki boshqa oilalardan qarz olgan. Oltin pul sifatida ishlatila boshlagandan keyin zarur narsalarni g’amlashda oltin, keyinchalik pul ishtirok etgan. Shu monosabat bilan natura va pul shaklida ijtimoiy jamg’arma hosil qilish yoki sug’urta hodisasi vujudga kelganda birgalashib mablag’ to’plab, og’ir ahvoldan quto’arish odat bo’lgan. Shu munosabat bilan musulmonlar tomonidan qur’on asosida zakot berish joriy qilingan. Masalan qur’onda an’om surasida: “U (Olloh) uzumzor bog’lar, bo’stonlar, hurmoyu anvoyi mevali ziroatlar, zaytun, xilma-xil anorlar yaratgan. Ularning mevalari pishganda undan tanavvul qilganlar, hosil yig’ilgan tunda uning ulushini berganlar”. “Olloh yqliga va musofirlarga atab olloh tomonidan farz qilingan”. Sug’urta fondi tashkil qilish masalalari faqat zakot hisobidan emas, balki o’zaro pul to’lash yqli bilan ham amalga oshirilgan. Bu sug’urta uzoq tarixga ega deb ko’rsatdik. Melodiydan ancha oldin hukumronlik qilgan Bobil podshoxi Hamurabbiy ham o’z qonunlariga ko’ra yirik savdo karvonlari jamoasi uzoq safarga chiqqanlarida talofat ko’rsalar,qaroqchilarga talansalar ko’rilgan zarar jamoa a’zolari o’rtasida barobar taqsimlanib, zararlarni qoplash ko’zda tutilgan, bu orqali maxsus fond tuzmasdan hamkorlikda fondsiz yordam uyushtirilgan. Bu ko’zda tutilgan qoida sug’urta fondi tashkil qilinganga qadar kelib chiqqanidan darak beradi. Bu qoida asosida ko’zda tutilmagan holda hodisalar qaroqchilar xujumi, betob bo’lib qolish bilan bog’langan hodisalar natijasida kelgan zararlarni qoplash usuli bir mamlakatdan o’rganib ikkinchi mamlakat savdogarlar jamoalarida ham qo’llanilib, Markaziy Osiyo shaharlari bqylab, savdo aloqalarini amalga oshiruvchilarga ham qulaylik tug’dirgan. Fondsiz sug’urta keyinchalik bu paytda rivojlanib karvonlar safarga otlana boshlaganlarda “sug’urta fondi”ni shakllantirish rasm bo’la boshlagan. Aholining muxtoj tabaqalariga yordam berish shariat qonunlarida ko’zda tutilgan, nochorlarga, miskinlarga dastlab zakot hisobidan, zakot davlat siyosatiga aylantirilganidan keyin uning o’rniga sadaqa hisobidan fond tashkil qilinib, yordam uyushtirilgan. «Zakotnoma» kitobida zakot sifatida to’plangan mablag’lardan faqirlar, miskinlar, qarzdorlar, musofirlarga yordam berish ko’zda tutilgan. Bunda faqir deb o’zining kundalik ehtiyojlarini qoplashga qurbi yetmaganlar, miskin deb faqir kishidan ko’proq kambag’al kishilar ko’zda tutilgan. qarzdorlar haqida gap borganda, hayrli ishlarni bajaraman deb, o’zlari sabab bilan amalga oshirmay qarzga botganlar, musofirlarga safar jarayonida pul va mollarni yo’qotib muxtoj bo’lganlar kiradi. 1918 yilga qadar O’zbekiston hududida Rossiya sug’urta monopoliyalarining filiallari

(bo’limlari) tashkil qilinib, mahkamalar binolari, paxta va yog’ zavodlari, ulgurji savdo, transport va boshqa korxonalarni yong’in hamda turli falokatlardan sug’urta qilar edilar. Shaxsiy sug’urta an’analarga sodiq qolib sug’urtaga juda kam tortilgan. Sug’urtalanish gunoh hisoblangan. 1918 yilda RSFSR hukumati tomonidan kiritilgan sug’urta monopoliyasi Turkiston respublikasiga ham joriy qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat davrida birinchi sug’urta tadbirlari amalga oshirila boshlanib, 1924 yilda O’zbekiston Moliya komissarligi tarkibidagi sug’urta boshqarmasi tashkil etildi. Xususiy korxonalar, dehqon xo’jaligiga tegishli mulklar sug’urtalana boshlandi. Asosiy majburiy sug’urta, ayniqsa, imoratlarni yong’indan saqlash, ishsizlik va chorikorlik sug’urtalari ham joriy etildi. Birinchi besh yillik davrida Rossiya O’zbekistonni paxta bazasiga aylantirishni ko’zlab, jamoa xo’jaliklarini sug’urtalashga alohida ahamiyat berdi. Shaharlarda imoratlarni yong’indan sug’urtalashga alohida ahamiyat berildi. Keyingi yillardan boshlab mol-mulk sug’urtasi bilan birga SSSR qonunlari asosida shaxsiy sug’urta ham kiritildi. Bu qonunlarda O’zbekistonning iqtisodiy xususiyatlari kam e’tiborgaolindi. Kqp yillar mobaynida pilla hosili sug’urta bilan bog’lanmadi. 1921 yilning 6 oktyabrida qabul qilingan Dekretga muvofiq, Turkiston Respublikasida RSFSR Moliya Xalq Komissariati Davlat sug’urtasi bosh boshqarmasining vakolatli Boshqarmasi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi mintaqada sug’urta inspektsiyasi va agentliklarini tashkil etish, mahalliy aholi vakillarini sug’urta agentligi vazifasiga jalb etish va sug’urtaning amaldagi turlari bqyicha shartnomalar tuzishdan iborat edi. Turkiston davlat sug’urta boshqarmasi to’laligicha RSFSR Moliya Xalq Komissariati davlat sug’urtasi Bosh boshqarmasiga bqysunishi bilan bir qatorda, u tomonidan ishlab chiqilgan sug’urta qilish shartlari va qoidalarini so’zsiz bajarilishini ta’minlashi lozim edi. 1922 yilning 22 iyunida Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi «Davlat mol- mulk sug’urtasi to’g’rissida» qaror qabul qildi. Mazkur qarorga muvofiq, davlat va ijaraga berilgan kommunal mol-mulklarni majburiy sug’urtasi joriy etildi. Majburiy sug’urta dastlab, Turkistonning to’rtta shahrida, ya’ni Toshkent, Samarkand, Kattaqo’rg’on va Jizzaxda joriy qilindi. Shuni alohida qayd etish lozimki, yuqoridagi sug’urta turini joriy qilgunga qadar Turkistonda quyidagi ixtiyoriy sug’urta turlari bqyicha operatsiyalar amalga oshirilgan edi: kqchar va kqchmas mol-mulkni, korxonalarni va tovarlarni yong’indan sug’urta qilish, qsimliklarni dql va boshqa stixiyali hodisalardan sug’urta qilish. 1922 yilning to’qqiz oyi davomida korxonalar mol-mulkini va tovarlarni yong’indan ixtiyoriy sug’urta qilish bqyicha 2616827 rubl miqdorida sug’urta badallari yig’ib olingan. 1924 yilda Turkiston ASSR ni O’zbekiston SSRga aylanishi munosabati bilan Moliya Xalq Komissariatida davlat sug’urtasi Boshqarmasi tashkil etildi. Shuningdek, mamlakatning viloyat, tumanlarida sug’urta inspektsiyalari ham tashkil etildi. Ammo,sug’urta sohasida malakali mutaxassislarni yo’qligi sug’urta ishini rivojlantirish yqlida katta to’siq bo’ldi. Uzoq qishloq tumanlarida sug’urta agentlari umuman yo’q edi. Mamlakat hududida sug’urta ishini joriy etilishida mahalliy xususiyatlarni ko’proq hisobga olish, sug’urta tariflarini belgilash maqsadida 1924 yilning 11 noyabrida Xalq Komissarlari Kengashi «qishloq joylarda davlat sug’urtasi to’g’rissida» qaror qabul qildi. Ushbu qaror talablarini hayotga og’ishmay tadbiq qilish maqsadida mahalliy hokimiyat organlari huzurida doimiy ishlovchi sug’urta komissiyalari faoliyat ko’rsata boshladi. Bu komissiya zimmasiga qishloq joylarda davlat sug’urtasining hamma turlarini rivojlantirish bqyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, qishloq sug’urtasi yuzasidan turli ko’rinishdagi takliflar kiritish vazifasi yuklatilgan edi. Yuqoridagilarni umumlashtirib, bayon etilganlarga shunday yakun yasash mumkinki, sho’ro hokimiyati o’rnatilishining dastlabki yillarida Turkiston hududida Davlat sug’urtasini o’rnatish bqyicha tegishli ishlar olib borildiki, bu o’z navbatida, o’sha davrda olib borilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatga mos kelar edi. 1930 yillar boshida davlat sug’urtasi muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ayrim sug’urta turlari bekor qilindi. Chunonchi, sho’ro Markaziy Ijroiya qo’mitasi va Xalq Komissarlari Kengashining 1931 yil 3 fevraldagi «Davlat sug’urtasidagi o’zgarishlar to’g’rissida»gi qaroriga ko’ra, davlat korxonalari va muassalariga tegishli mol-mulklarni majburiy hamda ixtiyoriy sug’urta qilish asossiz ravishda bekor qilindi. Faqat, tuman va qishloq miqyosidagi sanoat korxonalari mol-mulkinigina sug’urta qilishga ruxsat berildi. Sug’urta ishi tabiiy va boshqa stixiyali hodisalar tufayli ko’rilgan zararlarni qoplashga mqljallangan samarali vosita sifatidagi ahamiyatini deyarli butunlay yo’qotdi. Ushbu fikrni isbotlash uchun quyidagilarni bayon etish yetarlidir. Davlat korxonalari mol-mulkiga tabiiy va boshqa stixiyali hodisalar tufayli zarar etkazilganda, ushbu zararlar davlat byudjeti hisobidan qoplanadigan bo’ldi. Shu yerda ta’kidlash zarurki, sug’urta hodisalari rqy berishi natijasida ko’rilgan zararlar, qoidaga ko’ra sug’urtalanuvchilarning mablag’lari hisobidan shakllanadigan sug’urta fondlari vositasida qoplanadi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, davlat hokimiyati yuqori organlarining savodsizligi sababli sug’urtaning Xalq xo’jaligidagi ahamiyatiga yetarli darajada baho berilmadi.

Sho’ro hukumatining 1930 yil 6 oktyabridagi qaroriga muvofiq, sug’urta sohasini butunlay tugatish uchun chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, akvizitor-inkassatorlar bo’g’ini tugatildi. Shaxsiy sug’urta operatsiyalarini amalga oshirish, aholi o’rtasida sug’urta badallarini yig’ish jamg’arma kassalariga va jamoat tashkilotlariga, xususan, davlat krediti va jamg’arma ishiga kqmak berish komissiyasiga yuklatildi. Shuningdek, mamlakatda sug’urta ishini tashkil etish va uni yuritish moliya muassaalariga o’tkazildi. nufuzi pasayib ketdi. Keyinchalik, sug’urta qoplamalarini to’lashda jiddiy kamchiliklarga yql qo’yildi. Buning asosiy sababi, sug’urta ishi bu sohaga umuman aloqasi yo’q kimsalar qqliga berilib qo’yilganidir. Bunga qo’shimcha sifatida qayd etish kerakki, o’sha davrda sug’urta badallarini yig’ish ko’rsatkichi tamomila tushib ketdi va jamoa xo’jaliklarida sug’urta hodisalari sababli ko’rilgan ayrim zararlarni qoplash yillar davomida cho’zilib ketdi. Sug’urta shartlari va qoidalarini buzish hollari kuzatildi. Masalan, qishloq xo’jalik hayvonlarini nobud bo’lishi tufayli ko’rilgan zararlar, ushbu hayvonlar sug’urta hodisalari sababli nobud bo’lganmi yoki boshqa sababli nobud bo’lganmi, bundan qat’iy nazar qoplanaverdi. Eng muhimi, moliyamuassasalariga belgilangan tartibdagi dalolatnomani taqdim qilishsa yetarli edi. qoidaga ko’ra, sug’urta qoplamalari faqat, sug’urta shartnomalarida qayd etilgan hodisalar rqy bergandagina to’lanishi lozim edi. 1930-1933 yillarda sug’urta ishini tashkil etishda yql qqyilgan jiddiy xato va kamchiliklar davlat hokimiyatini sug’urta sohasiga alohida e’tibor berishini talab etdi. Buning natijasi o’laroq, 1933 yilning 8 martida sho’ro partiyasining Markaziy qo’mitasi «qishloq xo’jaligi mol-mulki va ekinlarini sug’urta qilishdagi kamchiliklar to’g’rissida» qaror qabul qildi. Mazkur qarorda moliya muassasalarining sovuqqonligi oqibatida joylarda, ko’plab qishloq tumanlaridasug’urta davlatni ochiq aldashning bir shakli sifatida ildiz otib ketganligi qayd etildi. Shundan keyin, sug’urta tashkilotlari qaytadan tashkil etildi va moliya muassasalari ularga zarur hujjatlarni topshirishdi. Jamg’arma kassalari ham, o’z navbatida, shaxsiy sug’urta qilish bilan bog’liq ishlarni davlat sug’urta muasasalariga topshirishdi. Tarixdan ma’lumki, ikkinchi jahon urushi boshlanishi munosabati bilan mamlakatning barcha moliyaviy resurslari mudofaani ta’minlash bilan bog’liq xarajatlarni qoplashga sarflandi.

Xususan, davlat sug’urtasining mablag’lari ham birinchi navbatda yuqorida ko’rsatilgan xarajatlarni moliyalashtirishga yqnaltirildi. 1941-1944 yillarda sobiq sho’ro davlat sug’urtasi davlat obligatsiyalarini sotib olish va foydadan ajratmalar shaklida 5,8 mlrd. rubl mablag’ni davlat byudjetiga o’tkazdi. Biroq, bu degani sug’urta mablag’lari stixiyali hodisalar natijasida ko’rilgan zararni qoplashda ishlatilmadi, degan ma’noni anglatmaydi. 1942 yilda qishloq xo’jalik ekinlari va hayvonlarini majburiy sug’urtasi bqyicha to’lanadigan sug’urta qoplamasi miqdori bir muncha ko’tarildi. Shu bilan bir qatorda, mamlakatning kattagina qismininemis fashistlari tomonidan vaqtincha bosib olinishi sug’urta operatsiyalari hajmini sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. Ushbu hududlarni bosqinchilardan ozod etish munosabati bilan davlat mol-mulk sug’urtasi qaytadan tiklandi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan sqng sobiq sho’ro hududining kengayishi joylarda tegishli davlat sug’urta muasasalarini tashkil etishni taqozo etdi. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan sqng davlat mol-mulk sug’urtasi uning javobgarlik hajmini oshirish, sug’urta shartlarini takomillashtirish yqli bilan rivojlandi. 1946 yilda shaxsiy sug’urtani rivojlantirishni rag’batlantirish maqsadida hayotni aralash sug’urtasi bqyicha belgilangan eng kam summalar bekor qilindi. 1946-1947 yillarda shaxsiy sug’urtaning barcha turlari bqyicha ishlab chiqilgan yangi qoidalar qaytadan ko’rib chiqildi va tasdiqlandi. 1947 yilda yakka tartibda tuzilgan sug’urta shartnomalari soni 2,5 mln.dan oshib ketdi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, urushdan sqng shaxsiy sug’urta bilan bog’liq operatsiyalar sezilarli ravishda qsdi. Agar, 1945 yil oxirida shaxsiy sug’urtaning barcha turlari bqyicha 1,8 mln. fuqaro sug’urta qilingan bo’lsa, 1953 yilning 1 yanvar holatiga bu ko’rsatkich 5,9 mln.ni tashkil etdi. 1956 yilda aholi mol-mulkini ixtiyoriy sug’urta qilish shartlari ancha o’zgardi. Fuqarolarga tegishli uy-joylarni majburiy sug’urtasi uni ixtiyoriy sug’urta qilish shartnomalari bilan to’ldirildi. 1958 yilda mamlakatda sug’urta ishini tashkil etish bilan bog’liq muhim voqea yuz berdi. Davlat sug’urtasi muassasalarini boshqarish, bevosita, sobiq ittifoq respublikalari Moliya vazirliklarining ixtiyoriga berildi. Ushbu vazirliklar huzurida davlat sug’urta Bosh boshqarmalari tuzildi. Ular Moliya vazirliklariga bqysunish bilan bir qatorda ittifoq davlat sug’urtasi boshqaruviga ham bqysunadigan bo’lishdi. Markaz davlat sug’urtasining asosiy vazifasi joylardagi sug’urta muasasalarini metodologik jihatdan ta’minlash va sug’urtalash qoidalarini ishlab chiqishdan iborat edi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 1960 yildan boshlab sug’urta operatsiyalari tor doirada amalga oshirila boshlandi, ya’ni, asosan, qishloq xo’jaligi va fuqarolarning mol-mulki sug’urtasi hamda shaxsiy sug’urta ishlari olib borildi. 1961-1970 yillarda mol-mulklarni ixtiyoriy sug’urta qilish va hayotni shaxsiy sug’urtasi nisbatan taraqqiy etdi. Masalan, ushbu davrda aholini ixtiyoriy sug’urtasi bqyicha badallar miqdori 16 foizga qsdi yoki 2,5 mln. rubldan 15,3 mln. rublga oshdi. Bu qsish asosan, shartnomalar sonining ko’payishi hisobiga ta’minlandi. 1968 yilning 1 yanvaridan jamoa xo’jaliklarining mol-mulkini majburiy sug’urta qilish joriy etilishi munosabati bilan davlat sug’urta muassasalarining ushbu sug’urta turi bqyicha javobgarlik hajmi bir muncha kengaydi. Agar, ilgari qishloq xo’jalik ekinlari faqat nobud bo’lish va dql yog’ish natijasida shikastlanishdan sug’urta qilingan bo’lsa, endi ular issiqlik yetishmasligi, ortiqcha namlanish, qsimliklarga zararkunandalarni zarar yetkazishi va qurg’oqchilik hodisalaridan sug’urtalanadigan bo’ldi. Shuningdek, sug’urta hodisalarini rqy berishi oqibatida qishloq xo’jalik ekinlari nobud bo’lsa yoki zararlansa, to’lanadigan sug’urta qoplamasi sug’urtalangan mol- mulkning 60 foizini tashkil etgan. Ilgari, bu ko’rsatkich 50 foiz darajasida edi. 1970-1980 yillarda oldingi yillari kuzatilgani kabi, aholi o’rtasida ixtiyoriy sug’urta qilish bqyicha sug’urta badallari hajmi sezilarli ravishda qsdi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 1980 yilda ixtiyoriy sug’urta qilishning rivojlanish darajasi 1970 yildagiga nisbatan 2,5 marta oshdi. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, fuqarolarga tegishli mol-mulklarni sug’urta qilish bqyicha shartlar o’zgardi hamda sug’urtalanadigan ob’ektlar miqdori kengaydi. 1970 yilda davlat xo’jaliklari mol-mulkini majburiy sug’urta qilishni joriy etilishi sug’urtani rivojlanishida muhim o’zgarish yasadi. Yuqorida bayon etganimizdek, 1930 yilda davlatga qarashli korxonalar mol-mulklarni sug’urta qilish to’xtatilgan edi. Usha davrda bu chora shu bilan tushuntirilgan ediki, davlat mol-mulki davlat byudjeti mablag’lari hisobidan doimo sug’urta qilingan edi. Sobiq sho’ro Oliy Kengashi Prezidiumining 1981 yil 2 oktyardagi Farmoniga muvofiq, 1983 yilning 1 yanvaridan fuqarolarning uy-joylari majburiy sug’urtaga olindi. Uy-joylar yer osti suvining ko’tarilishi, sel, sunami, isitish tuzilmasining ishdan chiqishi natijasida zararlanganda sug’urta qoplamalari to’lanishi majburiy sug’urta qilish shartlarida ko’zda tutildi. Bundan tashqari, bu davrda sug’urtaning yangi turlari joriy etildi. Masalan, pensiyani qo’shimcha sug’urta qilish. Ushbu sug’urta turini keng xalq ommasiga qulay bo’lishini ta’minlash maqsadida, sug’urta zahirasining yarmi byudjet mablag’lari hisobidan shakllantirildi.



Mavjud ma’lumotlarga ko’ra, 1985 yilda aholini ixtiyoriy sug’urta qilish bqyicha shartnomalar soni 7095,8 mingdan oshdi va bu, 1980 yilda tuzilgan shartnomalar sonidan 1456,5 mingta ko’pdir. Yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, sobiq sho’ro hokimiyati hukmron bo’lgan sharoitda sug’urta, asosan, tor doirada amalga oshirilgan. Kqplab mol- mulklar va ob’ektlar sug’urtaga tortilmagan. 1991 yilning noyabr oyida «Mol-mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’rissida» qonunning qabul qilinishi bilan O’zbekiston Respublikasida keng miqyosda davlatga tegishli bo’lgan korxonalarni ijaraga topshirish, ularni aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni boshlandi. Iqtisodiy islohotlar kuchli ijtimoiy siyosatni uyg’unlashtirish orqali bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida, ya’ni 1992-1993 yillarda, davlatga qarashli kichik korxonalar va uy-joy fondi eng kam narhlarda, asosan, korxonaning xodimlariga sotildi. Bu davrda 54000 korxona xususiylashtirildi, 18000 dan ortiq oilaviy korxonalar va 26000 ta aktsionerlik jamiyati tashkil etildi. Shuningdek, mazkur bosqichda 700 dan ortiq davlat qishloq xo’jaligi korxonalari jamoa va ijara xo’jaliklariga aylantirildi. Ma’lumki, ilgari hamma korxonalar davlatning ixtiyorida bo’lganligi tufayli, ularni har xil noxush hodisalardan sug’urta qilishga ehtiyoj bo’lmagan. Sababi, ushbu korxonalarga sug’urta hodisalari natijasida zarar yetkazilsa, bu zararlar davlat mablag’lari hisobidan bemalol qoplanaverar edi. Ammo, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mol-mulklarni davlat ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirish natijasida nodavlat sektorida qn minglab korxonalarni paydo bo’lishi, o’z-o’zidan, sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki, ilgarigi tajribadan farqli o’laroq, nodavlat sektoridagi korxonalar stixiyali hodisalar tufayli zarar ko’rganda, bu zararlar davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplanmaydi. Yuqorida bayon etilganlarga qo’shimcha ravishda ta’kidlash lozimki, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar sug’urta tizimini tubdan o’zgartirib yubordi. Davlat sug’urta tashkilotlariga raqobatbardosh xususiy sektorda mustaqil sug’urta kompaniyalari vujudga kela boshladi. Bu shubhasiz, ularning faoliyatini tartibga soladigan maxsus qonun qabul qilishni talab etdi. 1993 yilning 6 mayida O’zbekiston Republikasi Oliy Kengashi (hozirgi Oliy Majlis) “Sug’urta

to’g’rissida» qonun qabul qildi. Ushbu qonun sug’urtani rivojlantirishning, sug’urta bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sug’urtaning mavqei va o’rnini belgilab berdi, fuqarolar va yuridik shaxslarning sug’urta xizmatlariga bo’lgan talablari to’lio’roq qondirilishini kafolatlaydi, sug’urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta’minladi. Shunisi diqqatga sazovarki, mazkur qonunda davlat sug’urtasining monopoliyasiga barham berildi. Boshqacha so’z bilan ifodalaganda, davlat sug’urta tashkilotlari va nodavlat sug’urta tashkilotlari uchun teng sharoitlar yaratildi. 1992-1994 yillarda iqtisodiyotning barcha bo’g’inlarida monopoliyaga barham berilish va xususiylashtirish jarayoni kuchayishiga qaramasdan, O’zbekiston sug’urta bozorida davlat sug’urta muassasalarining ustunligi saqlanib qoldi. Mamlakatning shahar va qishloq joylaridagi asosiy sug’urta operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi davlat sug’urta Bosh boshqarmasi va uning joylardagi bo’linmalari tomonidan amalga oshirildi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 1992 yilda davlat sug’urta tashkilotlari tomonidan jami 2415,1 mln. rubl miqdorida sug’urta badallari yig’ib olingan. Bu ko’rsatkich 1991 yilda yig’ib olingan sug’urta badallaridan uch marta ko’pdir. Agar, ushbu davrda sug’urta badallari tarkibini chuqurroq tahlil qiladigan bo’lsak, umumiy hajmda shaxsiy sug’urtaning ulushi kam ekanligini ko’ramiz. Xususan, 1991 yilda sug’urta badallarining umumiy hajmida shaxsiy sug’urtaning ulushi 38,5 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1992 yilda bu ko’rsatkich – 16,2 foizni tashkil etdi. Buning asosiy sababi, pulning qadrsizlanishi va o’sha paytda ijtimoiy- iqtisodiy hayotda rqy bergan tangliklar bilan bog’liqdir. Shaxsiy sug’urta turi bqyicha 1990 yilda 6915,9 ming shartnomalar tuzilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 1992 yilda 2624,0 mingni tashkil etdi yoki shartnomalar soni 2,6 martaga kamaydi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, yuridik shaxslarning mol-mulkini ixtiyoriy sug’urta qilish iqtisodiy nuktai-nazardan samarali hisoblanadi. Chunki, iqtisodiy islohotlarning mohiyati ham ko’proq korxonalarni moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan chambarchas bog’liq. Bunday chora-tadbirlardan biri korxonalarni mol-mulkini ixtiyoriy sug’urta qilishdir. 1992 yil statistik ma’lumotlariga ko’ra, davlat sug’urta organlari tomonidan yig’ib olingan jami sug’urta badallari hajmida mol-mulk sug’urtasining ulushi keskin kamayib ketdi. 1992-1994 va undan keyingi yillarda O’zbekiston Respublikasida majburiy sug’urta qilish bilan bog’liq operatsiyalarni o’tkazish faqat davlat sug’urta tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi. Bunday sug’urta turlariga qishloq xo’jalik mol-mulkini sug’urtasi, fuqarolarni mol-mulkini sug’urtasi va yqlovchilarni baxtsiz hodisalardan majburiy sug’urta qilishni o’z ichiga olgan edi. Shu yerda ta’kidlash zarurki, 1991 yilning 1 yanvaridan sobiq ittifoq hududida qishloq xo’jaligi korxonalari mol- mulkini majburiy sug’urta qilish bekor qilingan edi. Ammo, O’zbekistonda qishloq xo’jaligi iqtisodiyotining muhim tarmog’i hisoblangani uchun, bu tarmoqqa qarashli mol- mulklarni sug’urta qilish ishlari uzluksiz davom ettirildi. 1993 yilning oxirida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, qishloq xo’jaligi korxonalari mol-mulkini majburiy sug’urta qilish joriy etildi. niyalari faoliyat ko’rsatdi. Ular, davlat sug’urta tashkilotlaridan farqli o’laroq, amaldagi sug’urta qilish qoidalarini ancha takomillashtirdilar. Jumladan, sug’urta badali stavkasini kamaytirgan holda sug’urta javobgarligi hajmini kengaytirdilar. 1992 yil davomida mamlakatda «Umid» qo’shma sug’urta kompaniyasi, «Inobat», «Ishonch», «Temir yqlchi» kabi bir qator nodavlat sug’urta tashkilotlari turli xil sug’urta operatsiyalarini amalga oshirdilar. 1993-1994 yillar davomida sug’urta sohasida monopoliyadan chiqarilish jarayoni bir muncha tezlashdi. 1994 yil oxirlarida mamlakat nodavlat sektorida 60 dan ortiq sug’urta tashkilotlari faoliyat ko’rsata boshladi. 1993 yilda davlat sug’urta tashkilotilari tomonidan jami 26892,8 mln. rubl miqdorida sug’urta badallari yig’ib olingan va uning qariyb 81,3 foizi majburiy sug’urta turlaridan kelib tushgan. Anio’roq qilib ta’kidlaydigan bo’lsak, ushbu kelib tushgan majburiy sug’urta badallarining 79,4 foizi yoki 21,4 mlrd. rubli qishloq xo’jalik korxonalarining mol- mulkini sug’urta qilishdan kelib tushgan. Mol-mulklarni ixtiyoriy sug’urta qilish va shaxsiy sug’urta turlari bqyicha kelib tushgan badallar umumiy sug’urta tushumlarida tegishli ravishda 7,3 va 9,4 foizlarni tashkil etdi. Ma’lumotlarga qaraganda, 1993 yilda davlat sug’urta muassasalari 12,8 mlrd. rublni bevosita sug’urta hodisalari tufayli ko’rilgan zararlarni qoplashga sarfladi. 1994 yilning 1 iyulida Moliya Vazirligi huzuridagi davlat sug’urta Bosh boshqarmasi fuqarolar tomorqalaridagi qishloq xo’jaligi ekinlari va ko’p yillik dov daraxtlarni ixtiyoriy sug’urta qilish qoidalarini tasdiqladi. Bu qoidalarga ko’ra, kartoshka, sabzovat, poliz ekinlari, kqchatlar, tomorqada qstirilayotgan mevali, rezavor hamda boshqa ko’p yillik daraxt, buta – qsimliklar ixtiyoriy sug’urtaga olindi. Sug’urta badallarining stavkalari qishloq xo’jaligi ekinlari turlariga qarab belgilandi. Masalan, bir yillik va ko’p yilik ekilgan o’tlar uchun sug’urta badalining stavkasi sug’urta summasiga nisbatan 7 foiz miqdorida belgilandi. 1993-1994 yillarda nodavlat sug’urta tashkilotlari ichida eng ko’p sug’urta operatsiyalarini amalga oshirgan hamda eng dastlabki nodavlat sektoridagi sug’urta kompanyalaridan biri – «ARK sug’urta guruhi»dir. Bu kompaniya ilk marta 1991 yilning 21 fevralida «ASTROVAZ» nomi bilan rossiyalik hamkorlar yordamida tashkil etildi. 1992 yilning yanvar oyida Rossiyalik hamkorlar ta’sischilar safidan chiqarildi. Shu yilning 24 iyunida «ASTROVAZ» yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatiga aylantirildi. 1993 yilning mart oyidan boshlab bu tashkilot «ARK sug’urta guruhi» deb atala boshlandi. U, asosan, O’zbekiston hududida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar vakolatxonalari, elchixonalarinng mol-mulkini sug’urtalash bilan shug’ullanmoqda. «ARK sug’urta guruhi» bilan bir qatorda 1992-1994 yillarda «Umid» osiyo sug’urta kompaniyasi ham nisbatan faol sug’urta qilish ishlarini amalga oshirdilar. Bu kompaniyaning asosiy ta’sischilari O’zbekiston Respublikasi hom-ashyo birjasi va Pokiston Islom Respublikasidan bo’lgan hamkorlardir. Ushbu kompaniya dastlab, eksport-import yuklarini, transport vositalarini sug’urtalashga ixtisoslashdi. Keyinchalik «Umid» osiyo sug’urta kompaniyasi tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlarni o’z vaqtida qarz oluvchilar tomonidan qaytarib bera olmaslik tavakkalchiligini sug’urta qila boshladi. Hozirgi paytda «Umid» sug’urta kompaniyasi o’z faoliyatini to’xtatgan. Yuqorida bayon etilganlar shundan dalolat beradiki, O’zbekiston sug’urta bozorida davlat sug’urta tashkilotlari bilan bir qatorda xususiy, aktsionerlik va boshqa mulk shaklidagi sug’urta kompaniyalari ham raqobat asosida faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Umuman, sug’urtaning insoniyat hayotidagi va iqtisodiyotning uzluksiz rivojlanishini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyos. Buni e’tiborga olib, mamlakatimizda bozor infratuzilmasining ushbu bo’g’inini rivojlantirishga katta e’tibor berilyapti. Birgina 2002 yilda sug’urta sohasini rivojlantirish yuzasidan davlat miqyosida bir qator chora-tadbirlarning belgilanganligi fikrimizning tasdig’idir. Xususan, 2002 yilning 31 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sug’urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Farmonining e’lon qilinishi sug’urta tizimini taraqqiy ettirish yo’lida muhim qadam bo’ldi. Mazkur Farmonga muvofiq, mulk shaklidan qat’iy nazar barcha sug’urta tashkilotlari 2002 yilning 1 fevralidan boshlab uch yil muddatga daromad (foyda) solig’i to’lashdan ozod etildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Sug’urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2002 yil 27 noyabrda qabul qilgan qarori sohani rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. O’zbekiston hukumati tomonidan sug’urta sohasini rivojlantirishga katta e’tibor berilib, sug’urta bozorini bosqichma-bosqich isloh qilish tamoyili amalga oshirilmoqda. O’zbekistonning mustaqil rivojlanishi davrida sug’urtalashning huquqiy bazasiga va sug’urta sohasida bozor tuzilmasini rivojlantirishga poydevor qo’yildi, misol uchun sug’urtalashda tomonlarning o’zaro munosabatlarini tartibga soluvchi va respublikada sug’urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning tamoyillarini belgilovchi xalqaro andozalarga mos keluvchi hamda talablarga javob beruvchi O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’rissida»gi qonuni 2002 yil 5 aprelda qabul qilindi. Aytish kerakki, yangi qonun yurtimizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy sohalarda o’tkazilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish,mamlakatimizda olib borilayotgan erkinlashtirishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Bu qonunning qabul qilinishi sug’urta munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning huquq va manfaatlarini himoyalashga muhim hissa bo’lib qo’shildi. Sug’urta sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati normalari xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Jumladan, rivojlangan chet mamlakatlardagidek bizda ham sug’urta xizmatlari bozori ikkiga ajratildi: hayotni sug’urta qilish bilan bog’liq xizmatlar bozori va umumiy sug’urta xizmatlari bozori. Hayotni sug’urta qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar umumiy sug’urta turlarini o’tkazish, umumiy sug’urta turlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar esa hayotni sug’urtalash huquqiga ega bo’lmaydi. To’g’ri, bizda hayotni sug’urta qilish, ayniqsa, uzoq muddatli sug’urta turlarini rivojlantirishda ba’zi muammolar mavjud. Bu sug’urta turini amalga oshirish uchun fuqarolarda sug’urta tashkilotlariga ishonch bo’lishi bilan bir qatorda yetarli miqdorda mablag’ ham bo’lishi zarur. Faqat hayot sug’urtasi bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatishda emas, balki korxona va tashkilotlarning mol-mulki hamda boshqa ixtiyoriy sug’urta turlarini o’tkazishda ham talay muammolar mavjud. Bu muammolarni hal etish sug’urta tashkilotlari va ularning salohiyatli mijozlari bo’lmish ko’pming sonli aholi, yuridik shaxslarning o’zaro hamkorligiga bog’liq. Jamiyatda aholi va korxona hamda tashkilot rahbarlarining sug’urtaga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirish lozim. Bu, o’z navbatida, sug’urta tashkilotlari tomonidan faol tushuntirish, targ’ibot ishlarini olib borishni taqozo etadi. 1991- yilning noyabr oyida «Mol-mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida» qonunning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasida keng miqyosda davlatga tegishli bo‘lgan korxonalarni ijaraga topshirish, ularni aksionerlik jamiyatlariga aylantirish jarayoni boshlandi. Iqtisodiy islohotlar kuchli ijtimoiy siyosatni uyg‘unlashtirish orqali bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida, ya’ni 1992-1993-yillarda, davlatga qarashli kichik korxonalar va uy-joy fondi eng kam narhlarda, asosan, korxonaning xodimlariga sotildi. Bu davrda 54000 korxona xususiylashtirildi, 18000 dan ortiq oilaviy korxonalar va 26000 ta aksionerlik jamiyati tashkil etildi. Shuningdek, mazkur bosqichda 700 dan ortiq davlat qishloq xo‘jaligi korxonalari jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Ma’lumki, ilgari hamma korxonalar davlatning ixtiyorida bo‘lganligi tufayli, ularni har xil noxush hodisalardan sug‘urta qilishga ehtiyoj bo‘lmagan. Sababi, ushbu korxonalarga sug‘urta hodisalari natijasida zarar yetkazilsa, bu zararlar davlat mablag‘lari hisobidan bemalol qoplanaverar edi. Ammo, yuqorida ta’kidlaganimizdek, mol-mulklarni davlat ixtiyoridan chiqarish va xususiylashtirish natijasida nodavlat sektorida o‘n minglab korxonalarni paydo bo‘lishi, o‘z- o‘zidan, sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabni sezilarli ravishda oshirdi. Negaki, ilgarigi tajribadan farqli o‘laroq, nodavlat sektoridagi korxonalar stixiyali hodisalar tufayli zarar ko‘rganda, bu zararlar davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanmaydi. Yuqorida bayon etilganlarga qo‘shimcha ravishda ta’kidlash lozimki, amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar sug‘urta tizimini tubdan o‘zgartirib yubordi. Davlat sug‘urta tashkilotlariga raqobatbardosh xususiy sektorda mustaqil sug‘urta kompaniyalari vujudga kela boshladi. Bu shubhasiz, ularning faoliyatini tartibga soladigan maxsus qonun qabul qilishni talab etdi. 1993- yilning 6 mayida O‘zbekiston Republikasi Oliy Kengashi (hozirgi Oliy Majlis) “Sug‘urta to‘g‘risida» qonun qabul qildi. Ushbu qonun sug‘urtani rivojlantirishning, sug‘urta bozorini shakllantirishning huquqiy asoslarini, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda sug‘urtaning mavqei va o‘rnini belgilab berdi, fuqarolar va yuridik shaxslarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talablari to‘liqroq qondirilishini kafolatladi, sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilarining manfaatlari himoya qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta’minladi. Shunisi diqqatga sazovarki, mazkur qonunda davlat sug‘urtasining monopoliyasiga barham berildi. Boshqacha so‘z bilan ifodalaganda, davlat sug‘urta tashkilotlari va nodavlat sug‘urta tashkilotlari uchun teng sharoitlar yaratildi. 1992- 1994-yillarda iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlarida monopoliyaga barham berilish va xususiylashtirish jarayoni kuchayishiga qaramasdan, O‘zbekiston sug‘urta bozorida davlat sug‘urta muassasalarining ustunligi saqlanib qoldi. Mamlakatning shahar va qishloq joylaridagi asosiy sug‘urta operatsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi davlat sug‘urta Bosh boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1992-yilda davlat sug‘urta tashkilotlari tomonidan jami 2415,1 mln. rubl miqdorida sug‘urta badallari yig‘ib olingan.
Yüklə 50,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin