«buхgalтeriya hisobi va audiт» kafedrasi «buхgalтeriya hisobi nazariyasi» fanidan ma’ruza maтni



Yüklə 440,09 Kb.
səhifə23/28
tarix16.12.2023
ölçüsü440,09 Kb.
#181454
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
«buхgalтeriya hisobi va audiт»

7-Mavzu: Moliyaviy hisobot

  1. Хo’jalik faoliyati natijalari bo’yicha umumlashtirilgan axborotlar olishda xo’jalikni boshqarishdagi roli. Hisobotning moxiyati va tarkibi.

  2. Moliyaviy hisobot davri va uni topshirish muddatlari. Buxgalteriya balansi. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni tuzish tartibi. Pul oqimi to’g’risidagi hisobot. Hususiy kopital to’g’risidagi hisobot

«Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 16-moddasiga binoan moliyaviy hisobotda quyidagi axborot bo’lishi kerak:


- investitsiya qarorlari va kreditlar berish to’g’risida qarorlar qabul qilishda kerak bo’ladigan axborot;
- sub’ektning bo’lajak pul oqimlarini baholashda foydali axborot;
- sub’ektga berilgan resurslar, majburiyatlar va ulardagi o’zgarishlar to’g’risida axborot.
Yuqorida aytib o’tilgan axborotlardan tashqari, moliyaviy hisobotda batafsilroq ma’lumotlar ham beriladi. 1-BHMAga asosan, moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarga pul mablag’lari harakati oqimini taxmin qilishga g’rdam beradigan, korxonaning mulki va ixtig’ridagi resurslari to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi lozim:

  • korxonaning nazorati ostida bo’lgan aktivlar haqida;

  • korxonaning passivlari haqida;

  • korxonaning taqsimlanmagan daromadi, korxonaning bir davrdan boshqa davrga o’tishdagi iqtisodiy imkoniyatlari va majburiyatlaridagi o’zgarishlar haqida;

  • pul mablag’larining harakati haqida.

Ushbu ma’lumot moliyaviy hisobotlardan foydalanuvchilar uchun korxonaning dividendlarni va foizlarni to’lash, shuningdek, majburiyatlari bo’yicha muddati kelgan to’lovlarni to’lash imkoniyatini baholashda foydali bo’ladi.
Moliyaviy hisobotning shakllanishi qisqa vaqtda, hisobot davri muomalalari tugagandan so’ng ro’y beradi va korxonadan professional buxgalteriya bilimlari va ko’nikmalaridan tashqari, qo’shimcha ma’lumotlar tuzish (izohlar, tushuntirishlar) ketma-ketligiga rioya qilishni talab qiladi.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllardan iborat bo’lishi shart:

  • buxgalteriya balansi – 1-shakl;

  • moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot – 2-shakl;

  • pul oqimi to’g’risida hisobot – 4-shakl;

  • xususiy kapital to’g’risida hisobot – 5-shakl;

  • eslatmalar, hisoblar va izohlar.

Moliyaviy hisobotlaring izohlari tushuntirish xati ko’rinishida muntazam ravishda tartibga solinadi. Izohlardagi ma’lumotlar taqdim etilgan moliyaviy hisobotning har bir tegishli bandi ko’rsatilgan holda berilishi kerak.
Moliyaviy hisobotlar tayyorlash va buxgalteriya hisobining o’ziga xos siyosati asoslari to’g’risidagi ma’lumot moliyaviy hisobot izohlaridan oldin alohida hisob ko’rinishida berilishi kerak. Moliyaviy hisobotga beriladigan tushuntirish yozuvida eng kamida lozim bo’lgan zaruriy ma’lumotlar buxgalteriya hisobining har bir aniq andozasining «Ochib berish» bo’limida keltiriladi.
O’zbekiston respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 20.03.2003 yilda 1226-son bilan ro’yxatga olingan moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish qoidalariga asosan moliyaviy hisobotni mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O’zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga ko’ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar (bundan sug’urta tashkilotlari va banklar mustasno), shuningdek mulkida, xo’jalik yuritishida yoki tezkor bosh qaruvida mol-mulki bo’lgan va o’z majburiyatlari bo’yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo’lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to’lovchi hisoblanadigan aloxida bo’linmalar taqdim etadi. Yuridik shaxs maqomiga ega byudjet tashkilotlari faqat 2-son shakl hisoboti - “Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot”ni moliya organlariga taqdim etishlari kerak.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi - 1-son shakl;
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2-son shakl;
v) pul oqimlari to’g’risida hisobot - 4-son shakl;
d) o’z sarmoyasi to’g’risida hisobot - 5-son shakl;
YArim yillik va choraklik moliyaviy hisobotlar quyidagi shakllar hajmida taqdim etiladi:
a) buxgalteriya balansi - 1-son shakl;
b) moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2-son shakl;
Kichik korxona va mikrofirmalar faqat buxgalteriya balansi - 1-son shakl, moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot - 2-son hisobotni taqdim etadilar.
Yillik moliyaviy hisobotga hisobot yilida korxona faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko’rsatgan asosiy omillar bayon etilgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Agar balans yil boshida o’zgartirilgan bo’lsa, tushuntirish xatida o’zgartirish sabablari tushuntiriladi. Unda keyingi yil uchun qabul qilingan hisob siyosati xam keltiriladi.
O’zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to’ g’risida” qonunning 10-moddasida (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000 yil 5-son) ko’rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o’tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay, moliyaviy hisobotning to’g’riligi to’g’risida auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar.
Тashabbusli auditorlik tekshiruvi o’tkazilgan taqdirda korxona moliyaviy hisobotining to’g’riligi to’g’risida auditorlik xulosasining nusxasi soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o’tkazilganidan keyin 15 kun davomida taqdim etiladi.
Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko’rsatkichlar to’ldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo’yiladi.
Moliyaviy hisobotni tuzish chog’ida O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo’yicha boshqa me’yoriy- xuquqiy xujjatlarga asoslanish lozim.
Korxona va tashkilotlar barcha aloxida mustaqil balansga ajratilmagan bo’linmalarining faoliyat ko’rsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining ko’rsatkichlariga kiritilishi kerak.
Moliyaviy hisobotni tuzish chog’ida hisobot sanasi bo’lib hisobot davrining oxirgi taqvimiy kuni hisoblanadi.
Hisobot yilida tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan korxona yil boshidan tugatish (qayta tashkil etish) paytigacha bo’lgan davr uchun yillik moliyaviy hisobotning amaldagi shakllari bo’yicha hisobot taqdim etadi.
1 oktabrga qadar yangi barpo etilgan korxonalar moliyaviy hisobotda mablag’lar va ularning manbalarini ular belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan oyning 1-kunidan boshlab hisobot yilining 31 dekabriga qadar, hisobot yilining 1 oktabridan keyin barpo etilgan korxonalar esa - davlat ro’yxatidan o’tkazilgan sanadan boshlab keyingi yilning 31 dekabrigacha (31 dekabr xam kiradi) ko’rsatadilar (ko’rsatilgan tartib tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar va ularning alo xida bo’linmalari bazasida barpo etilgan korxonalarga tatbiq etilmaydi).
Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muxr bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotda o’chirish va ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak. Хatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni moliyaviy hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko’rsatadilar.
Joriy xamda o’tgan yil hisobot ma’lumotlaridagi (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma’lumotlarini buzishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun ma’lumotlarga kiritiladi.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish chog’ida daromadlarni yashirish yoki ular bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarni davr xarajatlariga (yoki muomala chiqimlariga) kiritish natijasida moliyaviy natijalarni kamaytirib ko’rsatish ani qlangan xolda buxgalteriya hisobi va o’tgan yil uchun moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki joriy yilda hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydasi sifatida aks ettiriladi.

Yüklə 440,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin