Тuzilish vaqtiga ko’rabuxgalteriya balanslari kirish, joriy, tugatish, bo’lish va birlashtirish balanslariga bo’linadi.
Kirish balansi korxonaning tashkil topish paytida tuziladi. U korxona o’z faoliyatini boshlayotgan boyliklar summasini belgilaydi. Kirish balansida ustav kapitali ta’sis hujjatlari bo’yicha va unga doir badallar pul mablag’lari, boshqa mol-mulk ko’rinishidan, aqliy mulk nomoddiy aktivlar ko’rinishida aks ettiriladi va hokazo.
Joriy balanslar korxona qonunchilik biloan belgilangan muddatda mavjud bo’lgan vaqt mobaynida vaqti vaqti bilan tuzilib turiladi.
Тugatish balansi korxona faoliyatini tugatish sanasida mol-mulk va uning manbalari holatini tavsiflash uchun tuziladi. Тugatish balansi asosida tugatish komissiyasi korxonaning tugatilishi paytidagi kreditorlik va debitorlik qarzlari summasini belgilaydi, so’ngra kreditorlar bilan hisob-kitob qiladi, keyin korxonani tashkil etish chog’ida muassislar tomonidan ustav kapitaliga kiritilgan badallarni qaytaradi. So’ngra korxona mol-mulkining qolganini uning muassislari o’rtasida taqsimlaydi, ya’ni barcha uzil-kesil hisob-kitoblarni amalga oshiradi.
Тugatish balansida xo’jalik sub’ektining aktivlari tugatish komissiyasi bahosida, ya’ni ular sotilish mumkin bo’lgan bahoda aks ettiriladi. Olinishi umidsiz qarzlar va zararlar tugatish balansiga kiritilmaydi.
Bo’lish balanslari yirik korxonaning bir necha mayda korxonalarga bo’linish vaqtiga yoki shu korxonaning bir yoxud bir necha tarkibiy bo’linmasini boshqa korxonaga berish vaqtiga tuziladi. Ba’zi hollarda bu balans berish balansi ham deb yuritiladi.
Birlashtirish balansi bir necha korxonalar bitta balansga birlashganida tuziladi.
Axborot hajmi bo’yicha balanslar bir martalik va yig’ma balanslarga bo’linadi.
Bir martalik balansfaqat bitta korxona bo’yicha joriy hisob asosida tuziladi.
Yig’ma balans bir martalik balanslar asosida tuziladi va birlashmalar (vazirliklar, firmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va shu kabilar)ning xo’jalik mablag’larini aks ettiradi.