3.Buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotlar o‘rtasidagi bog‘liqlik
Markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot o‘ziga xos xususiyatlari buxgalteriya balansining tuzilishi va uning ko‘rsatkichlarida ham bevosita o‘z aksini topgan. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning buxgalteriya balanslari xalq xo‘jaligi tarmoqlari va mulkchilik shaklidan kelib chiqib belgilangan. Shuningdek, ularda markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot o‘ziga xos xususiyatlari o‘z aksini topgan edi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotining amal qila boshlashi, buxgalteriya hisobi va uning natijaviy ko‘rsatkichlarini o‘zida ifoda etuvchi buxgalteriya balansini ham tubdan qayta ishlashni hamda yangi iqtisodiy munosabatlarga moslashtirishni talab qila boshladi. Korxonalar faoliyatiga 1991-yildan yangi buxgalteriya balansi joriy qilindi. Ushbu buxgalteriya balansi tuzilishi va shakl jihatidan oldingi buxgalteriya balansidan tubdan farq qiladi. Yangi buxgalteriya balansi umuman olganda bozor iqtisodiyoti talablariga moslashgan bo‘lib, aktiv tomonida hisobot 31-kunigacha bo‘lgan korxona mulki qiymati va qarz munosabatlari bo‘yicha olishga tegishli summa aks ettiriladi. Hozir amaliyotda qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansi qator ijobiy xususiyatlarga ega bo‘lib, ular quyidagilarda o‘z aksini topgan. Birinchidan, balansning aktiv va passiv tomonlari bo‘limlarining sonini o‘zgarishi hamda korxona mablag‘lari va ularni qoplash manbalarining tegishli turlari bo‘yicha jamlashni amalga oshirish imkoniyatini vujudga keltirdi. Ikkinchidan, korxona balansida ko‘rsatilayotgan mablag‘lar va ular manbalarining ma’nosini yanada aniqroq ifodalash maqsadida, ayrim bo‘limlarining talqini o‘zgartirildi. Buxgalteriya balansi bo‘limlari va moddalarining tavsifi Hozir amaliyotda qo‘llanilayotgan buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlari ham ikki bo‘limdan iborat. Buxgalteriya balansi aktivida mablag‘lar quyidagi bo‘limlar bo‘yicha guruhlangan: