Buxgalteriya balansi moddalari bilan moliyaviy hisobotning boshqa shakllari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik


-bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar; 2-bo‘lim. Aylanma aktivlar



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə2/3
tarix09.09.2023
ölçüsü1,79 Mb.
#142303
1   2   3
420-guruh talabasi Abdurasulov Javohir

1-bo‘lim. Uzoq muddatli aktivlar; 2-bo‘lim. Aylanma aktivlar.
Balans passivida mablag‘lar manbalari quyidagi bo‘limlar bo‘yicha guruhlangan:
1-bo‘lim. O‘z mablag‘lari manbalari; 2-bo‘lim. Majburiyatlar.
Balans aktivining 1-bo‘limi “Uzoq muddatli aktivlar”da uzoq foydalaniladigan tusdagi aktivlar (moddiy-ashyoviy vositalar, qimmatli qog‘ozlar, uzoq muddatli investitsiyalar) aks ettiriladi. Balansda ular quyidagi moddalar bo‘yicha guruhlangan:
Asosiy vositalar - uzoq vaqt mobaynida (bir yildan ortiq) o‘zgarmas shaklda ishlaydigan, qiymati birlik uchun belgilangan limitdan yuqori, o‘z qiymatini qismlab yo‘qotadigan moddiy-ashyoviy boyliklar. Balansda ular dastlabki qiymati bo‘yicha, eskirishi qoldiq qiymat bo‘yicha ham ko‘rsatiladi.
Nomoddiy aktivlar - yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan, binolar, inshootlar, aqliy mulk, tovar zaxiralari, ixtirolar, “nou-xau” va boshqalardan foydalanishga doir mulkiy huquqlar. Balansda ular dastlabki va qoldiq qiymat bo‘yicha, shuningdek ularning eskirishi bo‘yicha aks ettiriladi.
Korxonalar mablag‘ining bir xil summasi ikki ko‘rinishda: tarkibiga va joylashuviga ko‘ra, shuningdek yuzaga kelish manbalari bo‘yicha ko‘rsatiladi.

Tarkibiga ko‘ra - korxona mablag‘larini tashkil etgan qismlar, ya’ni asosiy vositalar, tovar zaxiralari, pul mablag‘lari va shu kabilarning jamuljamini anglatadi.
Mablag‘larnipg joylashuviga ko‘ra - mablag‘larning qayerda asosiy vositalar, aylanma vositalar, kassa, hisob-kitob schyotida va shu kabida joylashganligini ko‘rsatadi.
1. Mablag‘larning har bir summasi (asosiy vositalar, tovar zaxiralari, naqd pullar) o‘z yuzaga keladigan manbalariga (mazkur korxona muassislarining o‘z mablag‘lari, jismoniy va yuridik shaxslardan (banklardan) olingan qarzlar) ega.
2. O‘z mablag‘lari summasi, odatda, uzoq muddatli aktivlar summasidan ortiq bo‘lishi kerak: 1BP > 1BA
Aytib o‘tilganidek, buxgalteriya balansida korxona mablag‘lari va ularning manbalari muayyan sanaga (chorak va yil boshi hamda oxiriga) ko‘rsatiladi. Bu aktiv ma’lumotlari passiv ma’lumotlari bilan bevosita bog‘liqligini va o‘zaro teng bo‘lishi kerakligini anglatadi. Buxgalteriya balansi moddalarining umumiy ichki o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib chiqamiz:

Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin