Kirish ……………………………………………………………………. Python…………………………………………………………………….
Kiritish va chiqarish operatorlari………………………………………
Operatorlar va ifodalar……………………………………….................
Operatorlar va urarning qo’llanishi……………………………............
Matematik amallar va o'zlashtirishlarni qisqacha yozish………….....
Amallar bajarilish ketma-ketligi……………………………………......
Hisoblash tartibini o'zgartirish…………………………………............
Misollar…………………………………………………………………..
Xulosa………………………………………………………….................
Kirish Ushbu maqolada kiritish, chiqarish va o’zlashtirish operatorlariga oid misollarning tahlili python dasturlash tilida ko’rib o’tildi.
Python
Python – bu o'rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo'lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi
ma'lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Oddiy, o'rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta'minot hisoblanadi.
Dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olish shart emas. Matematik va ilmiy hisoblashlarni dasturlashda juda ham qo’l keladi. Shu kabi yana bir nechta qulayliklarga ega.
Ma’lumotni konsol ekraniga chiqarish – print() funksiyasi hisoblanadi. Funksiyaga argument sifatida konsolga chiqariluvchi qiymatlar (satr, son, ifoda va x.k.) berilishi mumkin:
print('Hello world!') Agarda birdaniga bir nechta qiymatlarni chop etish talab qilinsa, u holda ularni print() funksiyasiga “,” bilan ajratib kiritiladi:
Familiya='Mengliyev'; Ism='Shaydulla'; Tugilgan_yili=1981; print(Familiya,Ism,Tugilgan_yili); Ma’lumotlar ekranga chiqqanida ma’lumotning oxiriga nuqta, vergul, probel va h.k. belgilarni chiqarish uchun print() ning end xususiyatidan foydalanamiz:
Familiya='Mengliyev'; Ism='Shaydulla'; Tugilgan_yili=1981; print(Familiya,Ism,Tugilgan_yili,end='.'); input() ekrandan berilganlarni kiritish uchun qo‘llaniladi. input() funksiyasiga argument sifatida biror bir satr berilishi mumkin. Ushbu satr konsol ekranida aks ettirilib, kiritilishi kerak bo‘lgan berilganlar uchun yordamchi taklif vazifasini bajaradi. Masalan: Familiya=input('Familiyani kiriting:'); Ism=input('Ismini kiriting:'); Tugilgan_yili=input("Tug'ilgan yilini kiriting:"); print(Familiya,Ism,Tugilgan_yili,end='.'); Kiritilayotgan ma’lumotlarni aniq biror bir turga tegishli qilish mumkin:
butun_son=int(input('Butun son kiriting:')); haqiqiy_son=float(input('Haqiqiy son kiriting:')); satr=str(input('Satr kiriting:')); print("Siz kiritgan butun son:",butun_son); print("Siz kiritgan haqiqiy son:",haqiqiy_son); print("Siz kiritgan satr:",satr);