21 – dars. O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari



Yüklə 0,49 Mb.
tarix06.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#152730
ozlashtirish va malumotlarni ekranga chiqarish operatorlari

21-dars

21 – dars. O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari

  • Dars maqsadi:
  • O‘quvchilarni Paskal dasturlash tilidagi o‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari bilan tanishtirish.
  • Asosiy tushunchalar:
  • O‘zlashtirish va ma’lumotlarni ekranga chiqarish operatorlari.
  • Mavzuni boshlashga hozirlik:
  • Informatika va hisoblash texnikasi asoslari darsligi. O‘qituvchi tomonidan kompyuterlar ishga tayyorlanadi. Paskal dasturlash tili va unga oid plakatlar tayyorlab qo‘yiladi.
  • Mavzuni yoritish:
  • Dars ma’ruza va amaliyotning uyg‘unligi shaklida olib boriladi.

O‘zlashtirish operatori. O‘zlashtirish operatori o‘zgaruvchilarga qiymat berish uchun ishlatiladi. U := belgi bilan ifodalanadi. O‘zlashtirish operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:

  • O‘zlashtirish operatori. O‘zlashtirish operatori o‘zgaruvchilarga qiymat berish uchun ishlatiladi. U := belgi bilan ifodalanadi. O‘zlashtirish operatorning umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
  • o‘zgaruvchi := algebraik ifoda;
  • Bu operator bajarilganda algebraik ifoda hisoblanib, uning qiymati o‘zgaruvchiga beriladi.
  • 1 – misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida a nomli o‘zgaruvchining qiymati 22 soniga teng bo‘ladi.
  • var a:integer;
  • begin
  • a := 22;
  • end.
  • 2 – misol. Quyidagi dastur bajarilishi natijasida meva nomli satrli o‘zgaruvchining qiymati “olma” so‘ziga teng bo‘ladi.
  • var meva : string;
  • Begin
  • meva := ‘olma‘;
  • end.
  • 3 – misol.
  • var a,b: Real;
  • begin
  • a := 8; {a ning qiymati 8 ga teng bo‘ldi}
  • b := a*5; {b ning qiymati a*5, ya’ni 40 ga teng bo‘ldi (8*5)}
  • b := b+10; {endi b ning qiymati 50 ga teng bo‘ldi (40+10)}
  • end.
  • Yuqoridagi misollarda o‘zgaruvchilar turli qiymatlar qabul qildi. Ammo biz ularning natijasini ko‘rmaymiz. Chunki ular kompyuter hotirasida qolib, ekranga chiqarilmaydi. Ma’limotlarni kompyuter ekraniga chiqarish uchun chiqarish operatoridan foydalaniladi. Paskalda chiqarish operatori quyidagi ikki xil ko‘rinishga ega:
  • Write(chiqarish ro‘yxati)
  • WriteLn(chiqarish ro‘yxati),
  • bu yerda Write (ing. – yozish) - Paskalning xizmatchi so‘zi; chiqarish ro‘yxati – o‘zaro vergul bilan ajratilgan va ekranga chiqarilishi kerak bo‘lgan ifoda, o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmaslar ketma-ketligi. Chiqarish ro‘yxatida ifoda qatnashsa, avval u hisoblanib, hosil bo‘lgan natija ekranga chiqariladi. Chiqarish ro‘yxatidagi o‘zgarmaslar belgili yoki satrli bo‘lsa, albatta apostrof ichiga olinishi shart.
  • Write va Writeln operatorlarining farqi shundaki, Write operatori yordamida ma’lumotlar ekranga chiqarilgach yurgich ekranning shu satrida qoladi, ya’ni ekranga keyingi chiqariladigan ma’lumotlar shu satrga (yurgich turgan joydan) chiqariladi. Writeln operatorida esa ma’lumotlar ekranga chiqarilgach yurgich keyingi satr boshiga o‘tadi.
  • Ma’lumotlarni chiqarishda chiqarish formatini ko‘rsatish mumkin. Chiqarish formati chiqarilayotgan ma’lumotlarning ko‘rinishini (formatini) belgilaydi. Buning uchun chiqarilayotgan o‘zgaruvchidan keyin “:” (ikki nuqta) belgisi qo‘yiladi. Masalan, a - haqiqiy turdagi o‘zgaruvchi bo‘lsa, WriteLn(a:6:2); - a ning qiymatini chiqarish uchun 6 hona ajratadi, shundan ikkita honasi kasr qismi uchun ajratiladi. Agar son butun bo‘lsa, chiqarish formatida bitta son (parametr) – chiqarilayotgan songa ajratilgan honalar soni ko‘rsatiladi. Masalan, WriteLn(I:6);.
  • Satrli va belgili o‘zgaruvchilar uchun chiqarish formati ularning qiymatini chiqarish uchun ajratilgan joy (maydon) uzunligini aniqlaydi.
  • Chiqarilayotgan son yoki matn unga ajratilgan joyning o‘ng chegarasi bo‘yicha tekislanib chiqadi. Masalan, a:=3.24; bo‘lsa, WriteLn(‘a=‘,a:6:2); operatori ekranga a=__3.24 ko‘rinishdagi yozuvni chiqaradi (= belgisidan keyin ikkita bo‘sh joy (probel) qoladi).

Chiqarish formatida ajratilgan joy o‘zgaruvchi qiymatining uzunligi”dan kichik bo‘lsa, chiqarish formati bekor qilinadi va o‘zgaruvchining qiymati to‘liqligicha ekranga chiqariladi. Faqatgina haqiqiy son kasr qismining formati bekor qilinmaydi. Haqiqiy sonni chiqarishda formati ko‘rsatilmasa, u ekranga eksponensal ko‘rinishda chiqariladi.

  • Keltirilgan ikkala misolda ekranga chiqarilgan a va b o‘zgaruvchilarning qiymatlari bir xil, ammo ularning ko‘rinishida katta farq bor. 8-misoldagi ekranga chiqarilgan axborot albatta 7-misoldagiga nisbatan aniq va tushunarli ko‘rinishga ega. Sonning kasr qismidagi (verguldan keyingi) raqamlar sonini aniq bilmagan xollarda ekranga noto‘g‘ri natija chiqarmaslik uchun chiqarish formatidan extiyotkorlik bilan foydalanish zarur.
  • Shuni unutmangki, ekrandagi natijani ko‘rish uchun ALT+F5 klavishalar juftligi bosiladi.
  • Mavzuni mustahkamlash va yakunlash:
  • O‘quvchilarga darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va mashqlar yechish asosida mavzu mustahkamlanadi.
  • Uyga vazifa:
  • 1. Darslikdagi 1-mashq.
  • 2*. Darslikdagi 2-mashq.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin