BUJET XISOBI VA G’AZNACHILIK FAKULTETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR
MMT-93-2 GURUH TALABASI PARDAYEV BEKZOD BAJARDI:
Mavzu: O`zbekiston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig`imlarning amal qilish mexanizmi
REJA: 1. Mahalliy soliq va yig’imlar. 2. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi. 3. O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi. Mahalliy soliq va yigʻimlar — davlat hokimiyatining mahalliy organlari va idoralari daromadiga oʻtkaziladigan soliq va yigʻimlar.Oʻzbekiston Respublikasida Mahalliy soliq va yigʻimlar va yilga mol-mulk soligʻi; yer soligʻi; reklama soligʻi; avtotransport vositalarini olib sotganlik uchun soliq; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi; savdo-sotiq qilish huquqi uchun yigʻim, shu jumladan, ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yigʻimlari; yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻulla-nuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatga olganlik uchun yigʻim, avtotransport
toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun yigʻim; obodonchilik uchun yigʻim va boshqa kiradi.
Mahalliy soliq va yigʻimlar va y. mahalliy byudjetga oʻtkaziladi, ularning miqdori, stavkalari, undirish tartibi, soliqdan
imtiyozlar berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari
kengashlari tomonidan, amaldagi qonunlarga muvofiq belgilanadi. Mol-mulk va yer soligʻi OʻzR qonun hujjatlari bilan joriy
etiladi va respublikaning butun hududida undiriladi. Bu soliqlarning stavkalari OʻzR VazirlarMahkamasi tomonidan
belgilanadi. Mahalliy soliq va yigʻimlar va yilga oid huquqiy munosabatlar OʻzR ning Soliq kodeksi (1997 yildan 24 aprel)
bilan tartibga solinadi.
Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi5-modda. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar, ro‘y berishi kerak bo‘lgan voqea yoki sodir qilinishi kerak bo‘lgan harakatni ko‘rsatgan holda kalendar sana bilan yoki vaqtning yillar, choraklar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan o‘tish davri bilan aniqlanadi.Kalendar sanadan yoki ro‘y berishi kerak bo‘lgan voqeadan keyingi kun
soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatni hisoblash boshlanadigan kun deb hisoblanadi. Yillar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi. Bunda ketma-ket keladigan o‘n ikki oydan iborat har qanday vaqt davri yil deb e’tirof etiladi, bundan kalendar yil mustasno. Choraklar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Bunda chorak uch kalendar oyga teng deb hisoblanadi, choraklar hisobi esa kalendar yil boshidan yuritiladi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli sanasida tugaydi.
Agar muddatning tamom bo‘lishi tegishli sana mavjud bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat mazkur oyning oxirgi kunida tugaydi.Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlarbilan belgilanmagan bo‘lsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni bo‘lmagan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.Agar muddatning oxirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni bo‘lmagan kun deb e’tirof etiladigan kunga to‘g‘ri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish
kuni bo‘lmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom bo‘lish kuni deb hisoblanadi. Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan harakat muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar bajarilishi mumkin. Agar hujjatlar yoxud pul mablag‘lari aloqa tashkilotigamuddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar topshirilgan
bo‘lsa, muddat o‘tkazib yuborilmagan deb hisoblanadi.