Bujet xisobi va g’aznachilik fakulteti moliya va moliyaviy texnologiyalar


O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi 16-modda. Soliqlar va yig‘imlar



Yüklə 11,59 Kb.
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü11,59 Kb.
#179699
1   2
TOPSHIRIQ

O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va yig‘imlar tizimi 16-modda. Soliqlar va yig‘imlar
Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli 
jamg‘armasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) to‘lanadigan majburiybeg‘araz to‘lov tushuniladi.
Yig‘im deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov 
tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor 
shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni 
yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi. Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan 
jarimalar va boshqa to‘lovlar, shuningdekqonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha 
tarzda olib qo‘yish soliqlar yoki yig‘imlar jumlasiga kirmaydi.
17-modda. Soliqlarning va yig‘imlarning turlari
O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
2) aksiz solig‘i;
3) foyda solig‘i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) ijtimoiy soliq.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblabchiqarish va to‘lash 
tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.Avtotransport yig‘imini hisoblab chiqarish va 
to‘lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi. Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat 
boji to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
18-modda. Maxsus soliq rejimlari
Soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to‘lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun 
hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni 
bajarish bilan bog‘liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi. Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to‘lashdan 
ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo‘llashni nazarda tutishi mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 11,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin