«Bulbulcha» bolalar xor jamoasi va ijodiy faoliyati



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə3/3
tarix12.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#112204
1   2   3
Bulbulcha

S hermat Yormatov (1939.17.10, Fargʻona tumani) — xor dirijyori, kompozitor, bolalar xori sanʼatining faol (1997). Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan (1967). Toshkent shahridagi 99 oʻrta maktabda musiqa oʻqituvchisi va "Boychechak" xor studiyasining rahbari (196282), Uzteleradiosida xor jamoasi dirijyori (1967–70), "Bulbulcha" bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971 yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi oʻrinbosari (1996–99). Ayni paytda A. Qodiriy nomidagi Madaniyat inti (1980–95) da oʻqituvchi, dotsent (1994). Kompozitor ijodida vokal musiqa (ayniqsa bolalar uchun yaratgan qoʻshiqlari) asosiy oʻrin tutadi: "Salom maktab", "Gʻildiragim", "Ikki qoʻymang, oʻqituvchi!", "Sumalak", "Oymomojon rom boʻldi", "Qizaloq", "Xon atlas", "Bu yurtning yoshlari", "Chitti gul" (folkloretnografik syuita), "Assalom hayot" kantatasi (T. Ilhomov soʻzi) va b. Aksariyat qoʻshiklari turli musiqa toʻplamlarida nashr etilgan. 1970 yillar oʻrtasidan boshlab oʻzbek bolalar qoʻshigʻi hamda xor sanʼatiga bagʻishlangan doimiy "Qoʻshigʻim – jon qoʻshigʻim", "Birgalikda kuylaymiz" telekoʻrsatuvlarini olib boradi. "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (1994).
O’zbekiston xalq artisti, xor dirijori va murabbiy, bastakor SHermat Yormatovning mehnat faoliyati ko’p ovozli bolalar xor ijrochiligini rivojlantirishda alohida o’rin egallaydi. O’zbekiston teleradiosi huzurida 1967-yilda o’zi tashkil q’ilgan «Bulbulcha» bolalar jamoasi respublikamiz madaniy hayotida katta rol o’ynab kelmoq’da. SH. Yormatov o’ttiz yildan ortiq’ davr ichida xor repertuarini boyitishda kompozitor va shoirlar bilan hamkorlik q’ildi.
SHermat Yormatov 1939-yil 17-oktabrda Far?ona viloyati Lo?on q’ishlo?ida dehq’on oilasida tu?ildi. 1947-yilda umumtahlim maktabiga o’q’ishga bordi va havaskorlar to’garagiga q’atnashdi. Utez orada maktabda ajoyib ovozi bilan mashhur bo’lib q’oldi, tuman va viloyat
festivallari hamda ko’rik-tanlovlarida mukofotlar egasi bo’ldi. SH. Yormatov maktabni bitirib, 1959-yili Toshkent Madaniyat texnikumiga o’q’ishga kirdi. 1962-yilda SH. Yormatov istisno tariq’asida kirish imtihonlarisiz Toshkent Davlat konservatoriyasiga q’abul q’ilindi. Utalabalik yillari musiq’a bastalash sirlarini o’zlashtirish maq’sadida kompozitor Pak Endindan saboq’ oldi.
Konservatoriyaning xor dirijorligi fakultetini tugatib, O’zbekiston teleradiosi huzuridagi Botir Umidjonov rahbarlik q’ilgan xor jamoasiga dirijor vazifasiga tayinlandi. Mohir xormeystr SH.Yormatov o’z tajribasini talabalarga tatbiq’ etish maq’sadida o’q’uv yurtlarida ustoz-murabbiy sifatida xizmat q’ilib kelmoq’da. 1990-yildan buyon A. Q’odiriy nomidagi Toshkent Madaniyat institutida dotsent vazifasida ishlab kelmoq’da.
U1996—1999-yillarda Respublika «Mahnaviyat va mahrifat» Markazi raisining birinchi o’rinbosari lavozimida, 2000—2002-yillarda Yu. Rajabiy nomidagi Toshkent musiqa pedagogika bilim yurti direktori lavozimida ham ishladi. 1961-yili Toshkentdagi 99-maktab q’oshida respublikada ilk bor o’zbek bolalar oor jamoasini yaratdi. Bu oor jamoasi tobora rivojlanib, Respublika bolalar ijodiy markazining «Boychechak» oor studiyasiga aylandi. 1970-yili Davlatimizning respublikada q’o’shiq’ va oor sanhatini rivojlantirish haq’idagi ga asoslanib, O ’zbekiston Teleradiokompaniyasi q’oshida namunali bolalar oor jamoasi tashkil q’ilindi.
Bu jamoaga SHermat Yormatov badiiy rahbar va bosh dirijor q’ilib tayinlandi. Keyinchalik bu oor jamoasini SH. Yormatov «Bulbulcha» ashula va raq’s ansambliga aylantirdi. Hozirgi kunda bu ansamblning shuhrati butun olamga mashhur. Unda 700 dan ziyod turli yoshdagi bolalar ishtirok etadi. Kompozitor SH. Yormatovning ijodida q’o’shiq’ janri ustivor turadi. Jumladan:
«?ildiragim» «Islom bobo», «Oymomajon rom bo’ldi», «Bu go’zal o’lka», «Dadamlarga o’xshasam», «Q’or», «Sumalak», «Oy Vatanim» kabi q’o’shiq’lar, «Maysa», «Boychechak»,«Q’ari chumchuq’ chaq’imchi», «Yalpiz», «Dorboz», «Keldi Navro’z» kabi o’zbek xalq’
q’o’shiq’larini bolalar xori uchun q’ayta ishladi. O’smirlar uchun «Assalom hayot» nomli Vq’ismli kantata, bolalar xalq’ termalari asosida vokal-xoreografik suitasini yaratdi. Uning q’o’shiq’lari turli nota to’plamlari va «Musiq’a» darsliklariga kiritilgan. SH. Yormatov
hammualliflikda umumtahlim maktablari uchun musiq’a darsliklarini yaratdi va nashrdan chiq’ardi.SHermat Yormatov O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, «So?lom avlod uchun» ordeni, O’zbekiston xalq’ artisti faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
Bu kitobni ko‘pchilikka tanish, ko‘plab murg‘ak qalblarning ustozi, O‘zbekiston xor san’atining “bolalar xori” yo‘nalishida katta ijodiy burilishlar yaratgan, yangiliklar kiritgan, qolaversa boshqa davlatlar bolalar xoridan farqli o‘laroq milliylikka bilan yo‘g‘rilgan, noan’anaviy uslublarni dadil qo‘llagan holda xor san’ati rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelayotgan dirijyor, kompozitor, O‘zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindori, “Sog‘lom avlod uchun” ordeni sovrindori, O‘zbekiston xalq artisti, “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni sohibi Shermat Yormatovning bosib o‘tgan hayot yo‘li haqida hikoya qilmoqchimiz. U inson ko‘plab ustozlar qo‘lida sidqi dildan ta’lim olib, ularni o‘z ota-onasiday qadrlab, mukammal shogird darajasiga yetishga intilgan va o‘z shogirdlariga ham shunday otalik qilib, ularga mehr berib, erkalab, kezi kelganda koyib hayotda o‘z yo‘lini topishiga bor bilimini, hattoki jonini ham berishga tayyor sevimli ustoz, ota, buva bo‘la olgan mehribon, mehnatsevar, ayniqsa, bilimga talabchan inson - Shermat Yormatovga bag‘ishladik.
O‘zining shirin so‘zligi bilan yoshlar qalbidan chuqur o‘rin egallab, ularga o‘z bilimini berishga butun umrini sarf qilib, hozirgi kunda ham o‘z ish faoliyatini jo‘shqin davom ettirayotgan inson hayoti bilan tanishtirishni o‘zimiz uchun burch deb bildik.
Deyarli yarim asr bo‘libdiki, Sh.Yormatov “Bulbulcha” bolalar ashula va raqs ansamblida badiiy rahbar lavozimida ishlab, ko‘plab avlod bolalariga musiqaning sehrli ohanglarini o‘rgatib, kuylash va dirijyorlik kasbining o‘ziga xos jihatlarini va mashaqqatlarini o‘rgatib, yurtimiz musiqa san’ati va madaniyatiga yetuk farzandlarni tarbiyalab, ularga vatanparvarlik ruhidagi kuylarni o‘rgatgan holda o‘z yurtiga, shahriga, qishlog‘iga, mahallasiga va oilasiga mehr-oqibat, muhabbat uyg‘otib, voyaga yetayotgan o‘smirlarga to‘g’ri yo‘l ko‘rsatib, hayotda o‘z o‘rniga, kasbiga, oilasiga ega bo‘lishni ham o‘rgatayotgan ustoz haqida qancha so‘zlasak ham kam deb o‘ylaymiz!
Shermat Yormatov biz uchun avvalo ota, buva, keyin ustoz, talabchan xor dirijyori sifatida hayotimizda yuksak cho‘qqilarga ko‘makdosh insondir.
Kitobning birinchi qismi Shermat Yormatovning yoshlik davri, o‘qish jarayoni va ilk ish faoliyati haqida ma’lumotlar keltiramiz. Ikkinchi qismida esa ijodi va ishlash jarayonida qo‘llagan uslublari va uning o‘z “yo‘li” haqida o‘qishingiz mumkin. Qolaversa, ustozimizning shogirdlari bo‘lmish - mashxur san’atkorlarning va hamkasblarining fikrlari va hayotiy hikoyalari kiritilgan. Uchinchi qismi nota yozuvlaridan iborat bo‘lib, Shemat Yormatov qalamiga mansub kichkintoylar, o‘rta va o‘smir yoshdagi bolalar uchun yozilgan asarlari ketma-ketlikda berilgan.
Ulardan o‘rganganlarimizni sizlar bilan baham ko‘rishni o‘z shogirdlik, farzandlik va nabiralik burchimiz deb bildik…
Yigirmanchi asrda mustamlakachilikka chek qo‘yildi va millionlab insonlar hurlikka chiqdi. Yigirmanchi asrda fashizm va totalitarizm avj oldi. Millionlab insonlar Gitler va Stalin qamoqxonalarida qurbon bo‘ldi. Yigirmanchi asrda ikki marta jahon urushi ro‘y berdi va millionlab insonlarning yostig‘i quridi. O‘tkir Xoshimov “Daftar xoshiyasidagi bitiklar” kitobidan.

Yigirmanchi asrning 40-yillari butun dunyo xalqlari uchun qiyin kechdi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi ko‘plab oilalarni otasiz, turmush o‘rtog‘isiz, akasiz, o‘g‘ilsiz qoldirdi. Shahar va qishloqlarda faqatgina qariyalar, ayollar va bolalar qolishdi. Erkaklar zimmasidagi barcha og‘ir mehnat ayollarga qoldi. Oilasini boqish, ro‘zg‘or tebratish va albatta frontga yordam berish maqsadida ikki hissa ishlashga to‘g‘ri keldi. Insonlar hatto bir piyola atala va bir burda non bilan o‘tgan kunlariga shukur qilib yashadilar. Frontga ketgan yaqini uchun oxirgi kiyimini berishga ham rozi bo‘lgan xalqimiz ochlik, yetishmovchilik kabi mashaqqatlarga qaramay ko‘p mehnat qildi.
Shunday kunlarning birida 1939-yilning 17 - oktyabrida Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Log‘on qishlig‘ida oddiy dehqon oilasida yana bir chaqaloqning jarangdor yig‘isi eshitildi. Ikki qiz va bir o‘g‘ildan so‘ng yana bir o‘g‘il ko‘rgan Yormat Shukurov va Gulshanbibi ayaning uyida shodlik va xursandchilik kuni bo‘ldi.
Afsus shu yillarda 2-jahon urushining sīvuq havīsi O‘zbåkistīnimizga ham åtib kåldi. Otasi Yormat Shukurov Vatan himoyasi uchun to‘rt nafar farzandini umr yo‘ldoshiga topshirib urushga kåtadi. Urush yillarida bir tomondan ocharchilik va turmush o‘rtog‘ini oldida emasligi – Gulshanbibi Ayani to‘rt nafar farzandni boqish uchun ancha qiyinchilik va azoblarni boshidan o‘tkazishiga sabab bo‘ladi. Kånja o‘g‘li Shårmat bir yarim yoshda bo‘lishiga qaramay, uni katta farzandlariga tīpshirib bir burda nīn tīpib kålish uchun ko‘p yuguradi. Yolg‘iz, nīchīr ayol o‘z hīvlisida pishgan måva-chåvalarni, turshak-mayizlarni īlib, yon-atrofdagi bīzīrlarga īlib bīrib, unga almashtirib kålar va bīlalariga nīn yopib, qīrinlarini to‘yg‘azib kun kåchirishar edi. Bir kuni kåchga qīlib uyga qaytayotganda yo‘lidan uch otliq chiqib kelayotganini ko‘rib qoladi va jon holatda qo‘lidagi unni terak tagiga berkitib, yashirinishga majbur bo‘lib, bir chīl va kampirning uyida tunab qīladi. Ammī tuni bilan mijja qīqmay, farzandlarini va ularning tårak tagiga yashirib kålgan nasibalarini o‘ylab uhlīlmay chiqadi. Kun yorishishi bilan yo‘lga ītlanib, bårkitgan unini tīpib, 24 chaqirim īlis masīfadan piyoda uyiga qaytadi va nīn yopib, bīlalarining qīrnini to‘ydiradi. Shu zaylda qiyinchiliklar bilan umr kechirishadi.
Bolalik yillari, 7-8 sinflarda o‘qib yurgan kåzlari qishlīqdagi katta akalari uni to‘ylarga īlib kåtar, ba’zan tīnggacha dīyra chalib qo‘l-barmīqlari ko‘karib, īg‘rig‘iga chiday īlmagan damlarida, o‘ziga-o‘zi “endi håch qachīn dīyra chalmayman” dåb so‘z bårgan ekan. Shuning uchun tåõnikumda bīshqa bo‘limni tanladi. Bir yili kursdīshlari bilan paõta terimiga bīrishganida, kåchqurun gulõan yoqib, atrīfida qo‘shiq kuylab, o‘yin-kulgu qilishdi. Shu payt kimdir dīyrani buzib chalayotganini eshitib, chiday īlmay dīyrani qo‘liga īlib chala kåtdi. Ustīzlari buni ko‘rib “endi dīyra guruhida o‘qiysan” dåyishdi.
Tåõnikumda ustīzi Usåyåvich Emma Anatīlyåvnadan juda ko‘p bilimlarni o‘rgandi va īna måhriga sazīvīr bo‘ldi. Paõta tårimlarida hammadan ko‘p paõta tårib, ishlab tīpgan pullarini ustīziga bårib qo‘ygan ekan. Shu pullarga ustīzi Emma Anatīlyåvna do‘kīndan chirīyli kiyimlar īlib bårib, bashang kiyintirgan ekan. Kursdīshlari esa uning ko‘rkam kiyinib īlganini ko‘rib, “Shårmat mashhur kinī råjissyor Kīmil Yormatīvning o‘g‘li” dåb mish-mishlar tarqatishdi. Bu gaplardan õabar tīpgan tåõnikum diråktīri uni huzuriga chaqirtirib: “Shunday taniqli kinīråjissyorining o‘g‘li ekaningizni avvalrīq aytsangiz bo‘lar ekan” dåbdi. Shårmat Yormatīv esa ko‘zlarida yosh bilan “Ītam urushda halīk bo‘lgan, mån ularni hattī ko‘rmaganman ham” dåganida, diråktīr uni quchīqlab, måhr bilan bag‘riga bīsib, “bugundan bīshlab mana mån sånga ītaman” dågan, hamda kīnsårvatīriyaga kirishiga va umuman hayotda o‘z o‘rnini tīpishiga sidqidildan yordam bårgan. Mehribon, qalbi daryo ustozlarga duch kelib, ham ītali ham īnali bo‘lib qoldi. O‘qishni tugatayotganida ular diplom himoyasiga konsårvatoriyaning råktor o‘rinbosarini taklif etishdi. Himoyadan so‘ng u: “Bitiruvchi Shermat Yormatov imtihonsiz konsårvatoriyaga qabul qilindi” deb e’lon qilib yubordi. Talabalik yillarida musiqa sirlarini chuqur o‘rganib, Toshketdagi 99-sonli o‘rta maktabda ham pedagogik ish boshladi. U yårda tashkil etilgan “Bīychåchak” bīlalar studiyasidagi o‘quvchi-yoshlarga yangi bir qo‘shiq o‘rgatib, ularning ko‘ngliga yo‘l tīpdi, do‘stīna muīmala qilib, bīlalar måhriga birinchi darsdanīq sazīvīr bo‘ldi. Shårmat Yormatīv bīr bilim, ko‘nikmalarini qo‘llab, qiziqqon o‘quvchilarning ko‘nglida musiqa san’atiga måhr-muhabbat uyg‘otdi. 500 nafar o‘g‘il bīlalardan ibīrat õīr jamoasini tuzishga ko‘rsatma īlib dirijyor-xormeysterlik faoliyatini bīshladi.
1962-yilda “Bīychåchak” nomli o‘g‘il bolilar xor jamoasi tashkil etilgach, 1964-yilda O‘zbekiston bayramiga bag‘ishlangan konsert dasturida “Boychechak” bolalar ansamblining 140 ta o‘g‘il bolalari sayrab A.Ostrovskiyning “Har doim bo‘lsin quyosh” qo‘shig‘ini kuylashgani o‘sha davrning rahbarlariga manzur bo‘ldi. Ushbu voqea bolalar xor san’ati rivojiga ilk qadamni qo‘ydi. Moskva shahrida nashr etiladigan “Ogonyok” jurnalida muxbirlardan biri “Solovey i 140 robertino” mavzusida maqola yozdi. Shu maqoladan so‘ng rus kompozitorlaridan notalar, takliflar kela boshladi.

Bundan chamasi 50 yil avval “O‘zbåkistīnda qo‘shiqchilik san’atini rivījlantirish bo‘yicha” qarīr chiqdi. Shu qarīr asīsida O‘zbåkistīn tålåradiī qo‘mitasi qīshida yangi bīlalar õīr jamīasi tashkil etildi. Avval 4 nafar bīladan bīshlagan bo‘lsa, kåyinchalik bīlalarning safi asta-såkin kångayib, 7 ga åtadi. Bugungi kunga kålib “Bulbulcha”ning īvīzi kirib bīrmagan õīnadīn yo‘q. O‘zbåkistīndan tashqarida, butun jahīnda ham uning īvīzi milliīnlab muõlislar ko‘nglini zabt eta īlgan. Nafaqat bīlalar balki kattalar ham “Bulbulcha”ning qo‘shiqlarini eshitib īrīm īlishadi.
Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin