55
siz nur taratayotgan nuqtalarga tikilasiz – oxir-oqibat ko’zlaringiz
zo’riqadi;
Vaqt faktori: kamdan-kam inson 8-9 soat davomida kitob mutolaa qiladi.
Kompyuter bilan ishlaganda esa bu odatiy hol hisoblanadi. Natijada ko’zlar
zo’riqadi.
1.Ko’zlar uchun tinchlantiruvchi kompresslar qilishingiz mumkin. Xom
kartoshkani yupqa parrak-parrak qilib kesing va ko’zlaringizni yumib,
qovoqlaringizga qo’ying. O’zingizni bo’sh tuting. 5 daqiqadan so’ng kompressni
olib tashlang.
2.Ko’z toliqishidan oson qutulish usuli (kosmetikadan foydalanmaydiganlar
uchun).
Sovuq suvga ko’zingizni bir necha marta yuvib tashlang. Barmoqlaringizni
yumuq ko’zlaringiz ustiga qo’yib, bir necha daqiqa o’tiring,
hech narsani
o’ylamaslikka harakat qiling. Har kuni achchiq choy damlamasidan kompress
qilish ham ko’zlar uchun juda foydalidir. Ko’zlar dam olibgina qolmay, yaltiray
boshlaydi, ko’z atrofidagi mayda ajinlaringiz esa tekislanadi.
Zo’riqish tufayli kam kiprik qoqayotgan bo’lsangiz, har 5
soniya ongli
ravishda ko’zlaringizni pirpiratib turing. Bunda ko’z shohpardasi namlanib, halok
bo’lgan to’qimalardan forig’ bo’libgina qolmay, balki ko’z olmalarini ham massaj
qiladi. Bu esa juda foydalidir. Bundan tashqari, ko’z olmalarini barmoqlar bilan
uqalash mumkin. Avval tashqi
burchakdan ichkariga qarab, so’ngra aylanma
harakatlar bilan ichkaridan tashqariga qarab ohista massaj qiling. Ko’zlaringiz
yumuq bo’lsin. Ko’zlarni yumib, aylanma harakatlar qilish ham g’oyat foydalidir.
Ko’zlar toliqmasligi uchun:
Ko’zlarning ravshanlik darajasi va kompyuter bilan ishlash o’zaro
chambarchas bog’liqdir. Misol uchun, birinchi bor 2001- yilda amalga kompyuter
ko’rish Sindromi (Computer Vision Syndrome, CVS) atamasini kiritgan Amerika
oftalmologlar assotsiatsiyasining ma’ruzasini olaylik. Bu ma’ruzada
sindromning
paydo bo’lish sabablari va uning oqibatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.
Oftalmolog – olimlarning fikriga ko’ra, ko’p vaqtni kompyuter ekrani oldida
56
o’tkazadigan odamlarda ko’rish qobiliyatining o’ziga xos buzilishi hollari vujudga
keladi.
Ya’ni:
ko’rish qobiliyati pasayadi;
yaqindan uzoqqa va aksincha uzoqdan yaqinga nigohini qaratish
qobiliyati;
pasayadi ( akkomodatsiya izdan chiqadi);
bitta narsa ko’zga ikkita bo’lib ko’rinadi;
kitob o’qiyotganda ko’zlar tez charchaydi;
ko’zlar achishadi;
ko’z va peshonada og’riq paydo bo’ladi;
ko’zlar harakat qilganida og’riydi;
ko’zlar atrofi qizaradi va shishadi.
Ba’zi odamlarda ekran oldida to’xtovsiz 2 soat
davomida ishlaganlaridan
so’ng, ko’pchilikda 4 soat, deyarli barchada 6 soatdan so’ng CVS sindromi paydo
bo’ladi. Olimlar kompyuter ekrani oldida uzoq vaqt ishlash natijasida CVA
sindromi vujudga kelishidan tashqari ko’rish qobiliyati pasayishini (yoki ilgari
ham ko’rish qobiliyati past bo’lganlariniki yanada pasayib ketishi) ham
ta’kidlaydilar. Monitoringiz ekranidagi tasvirlarning
alohida belgilarini aytib
o’taylik:
u o’zidan nur taratadi, tasvir aks etmaydi;
kontrastlik past, yoritilgan xona uni yanada pasaytiradi;
tasvir to’xtovsiz emas, diskret nuqta-piksellardan iborat;
tasvir lipillaydi, ya’ni nuqtalar ma’lum bir chastotada yonadi va o’chadi;
aniq chegarasi yo’q, chunki piksel asta-sekinlik bilan fonga o’tib ketadi.
Kompyuterlarning inson ko’ziga zararli ta’siri ular paydo bo’lganidayoq
ma’lum bo’lgan. Monitor oldida bir necha soat o’tirib ishlagandayoq ko’zlar
charchar, qizarib ketar va yoshlanar edi. So’ngra boshda og’riq paydo bo’lar edi.
Ko’zlari uzoqni ko’ra olmaydigan,
astigmatizmi bor, yaqinni ko’ra olmaydigan
xodimlarning ko’rish qobiliyati keskin pasayib ketdi, ular tez-tez ko’zoynaklarini
57
almashtirar, so’ngra asta-sekin nogironlarga aylanib borar edilar. Ilgari ko’rish
qobiliyatining pastligidan nolimaydiganlar esa endi ko’zoynak
taqa boshlar va
yuqoridagilar qatoridan joy olar edilar. Diqqat: Ko’z xirurglari bugungi kunda ham
zamonaviy kompyuterlar yillar davomida muvofiqlashtirilgan ekanligiga qaramay,
ko’zlari operatsiya qilingan odamlarga 2-3 oy davomida kompyuter bilan ishlashni
taqiqlaydilar. Ko’zlarning haddan ziyod zo’riqishi operatsiya qilingan ko’zga
salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: