Bulut texnologiyasi nima va nega kerak



Yüklə 1,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/37
tarix03.03.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#86503
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37
6288047 (1)

IV. MEHNAT MUHOFAZASI 
 
Bitiruv ishini bajarish jarayonida va uni bevosita ta’lim jarayonida qo’llash 
vaqtida kompyuter va texnik vositalar o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan 
bevosita ishlatiladi. Shuning uchun mehnatni muhofaza qilish va inson muhofazasi 
uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni keltirib o’tamiz. 
1. Mehnatni muhofaza qilish – inson faoliyatining barcha jabhalaridagi 
xavfli va zararli omillardan tortib inson himoyasi, muhofazasi nazariyasi va 
amaliyotini o’z ichiga oluvchi ilmiy bilimlar sohasi sanaladi. 
2. “Mehnatni muhofaza qilish” oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal 
etish uchun texnika, iqtisodiyot, mehnat gigiyenasi, fiziologiyasi va psixologiyasi, 
mehnatni ilmiy tashkil etish, sanoat estetikasi va boshqa sohalardagi 
mutaxassislarning birgalikda hamda kelishilgan holda ishlashi talab etiladi. 
Inson doimo turli xavf-xatarlar muhitida yashab kelgan. Hayotning 
davomiyligi ibtidoiy inson uchun taxminan 25 yil mehnatni muhofaza qilish 
integral ko’rsatkichi hisoblanadi. 
Taraqqiyot olg’a odimlashi ko’lamiga qarab, inson mehnatni muhofaza 
qilish darajasi doimo o’sib borgan. Hozirgi paytda o’ta rivojlangan mamlakatlarda 
hayotning o’rtacha davomiyligi 77 yilni tashkil qiladi. Fan va texnika taraqqiyoti, 
ijtimoiy – iqtisodiy xavfsizlikni oshirib, shu bilan birga aholi salomatligi uchun 
bo’lganidek, atrof – muhit uchun ham xavfsizlikning yangi turlari vujudga 
kelishiga olib keldi. 
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi 
paytda baxtsiz hodisalar oqibatidagi o’limlar yurak – tomir va onkologik 
kasalliklardan keyin 3 – o’rinda turadi. 
Mehnatni muhofaza qilish – inson organizmidagi murakkab biologik jarayon 
bo’lib, salomatlik va mehnatga layoqatni saqlash imkonini beradi. 
Mehnatni muhofaza qilish borasida asosiy vaziyatlar – ishlab chiqarish 
jarohatlari, kasbiy xastaliklarning oldini olish hamda butun dunyoda mehnat 
sharoitlarini yaxshilashdan iborat. 


50 
Ergonomika - inson tomonidan boshqariladigan samarali tizimlarni 
o’rganadigan va barpo etadigan fandir. Ergonomika insonning mehnat faoliyati 
jarayonidagi xatti-harakati, uning energiya sarflashi, aniq ish bajarishi paytidagi 
samaradorlik va jadallikni o’rganadi. Ergonomika atamasi 1949-yili Buyuk 
Britaniyada, bir guruh ingliz olimlari Ergonomik tekshiruv jamiyatini tashkil eta 
boshlaganlarida qabul qilingan. AQShda ilgari bu fan inson faktorlarini o’rganish 
deb, Germaniya Federativ Respublikasida esa – antropotexnika deb atalgan, lekin 
bugungi kunda inglizcha atama butun dunyoga keng yoyilgan. Ergonomika mini-, 
midi- va makroergonomikaga bo’linadi. (grekchadan ergon-ish+ nomos –qonun).
Makroergonomika “inson-jamiyat”, “tashkilot-tashkilotlar tizimi” tizimlarini 
o’rganish va loyihalashtirish bilan shug’ullanadi. 
Midiergonomika “inson-jamoa”, “jamoa-mashina”, “inson-tarmoq”, “jamoa-
tashkilot” tizimlarini o’rganadi. Mikroergonomika “inson-mashina” tizimiga 
bag’ishlangan. Ergonomika fani 2ta tamoyilga: insonning ishga moslashuvi va 
ishning insonga moslashtiriluviga asoslangandir. Bular butunlay boshqa-boshqa 
narsalardir. Birinchi holda samaradorlik asosiy deb hisoblansa, ikkinchi holda 
qulaylik oldinga chiqadi (bu tamoyil Usabulity Engineyering, qisqacha yuzabiliti 
deb ataladigan boshqa bir yo’nalishga juda yaqindir.) Bu esa yuqori 
samaradorlikka ega tizim albatta noqulay, qulay tizim esa samarasiz bo’ladi, 
degani emas. Hamma gap uni qayerda qo’yishdadir. 

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin