14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini
tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
1/16
PDF-faylidagi rasmiy manba
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
BUYRUG‘I
TEMIR YO‘L TRANSPORTI TA’MIRLASH TASHKILOTLARI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI
MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 15-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi,
ro‘yxat raqami 2068]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi “Mehnatni
muhofaza
qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 267-son
qarori
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda)
ijrosini
ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun
mehnatni muhofaza qilish
qoidalari
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan
kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-dekabr,
82-B-son
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy
muhofaza qilish
vazirligining 2009-yil 28-dekabrdagi
82-B-sonli
buyrug‘iga
ILOVA
Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Oldingi
tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi
Qonuniga
muvofiq temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari (keyingi o‘rinlarda xodimlar
deb yuritiladi) uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-
noyabrdagi 44-2019-B-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)