Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida


-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 187,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix25.12.2023
ölçüsü187,04 Kb.
#194238
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
adbe3e28574d3a285a29ad5e848ab523

10-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
63. Shamollatish va isitish QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsionerlash” talabiga
muvofiq bo‘lishi lozim.
64. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda
bajarilishi lozim.
65. O‘tish joylarida (galereyalarda, zinalar maydonchalarida va shunga o‘xshash) joylashgan
isitish jihozlari (quvurlar, registrlar va shunga o‘xshashlar), ruxsat etilgan o‘tish yo‘lkalarining enini
kamaytirmasligi kerak.
66. Ishchi joylarida havo harorati yilning sovuq davrida yengil jismoniy ishlarda 21°S, o‘rta og‘ir
ishlarda 17°S va og‘ir ishlarda 16°S dan past bo‘lmasligi kerak.
67. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
68. Binolarda joylashgan ishchi maydonlaridan, xodimlarni isinish xonalarigacha bo‘lgan
masofa 75 m, tashkilot maydonidagi ishchi joylaridan 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
11-§. Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga qo‘yiladigan talablar
69. Suv bilan ta’minlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va
kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.


14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
7/16
70. Tashkilotning oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan
tozalanishi kerak.
71. Tozalangan suvda zararli moddalar tarkibi sanitar normalariga asosan chegaralangan
konsentratsiyasidan oshib ketishi kerak emas.
72. Ichimlik suvdan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv
quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
73. Issiq va qoliplash sexlarida, bug‘lantirish kameralari bo‘linmalarida va qozonxonalardagi
ishchilar smenada, tarkibida 0,5% gacha tuz bo‘lgan, bir kishiga 4-5 litr hisobida gazli suv bilan
ta’minlanishlari kerak.
74. Ish joyidan suv ichish qurilmasigacha bo‘lgan masofa 75 m dan oshmasligi kerak.
75. Ichimlik suvining harorati 8 dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
76. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiq va kanalizatsiyalangan bo‘lishi lozim.
Oldingi
 tahrirga qarang.
77. Tashkilotda kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda hududiy sanitariya-epidemiologik
osoyishtalik markazlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab
chiqarish kanalizatsiyasiga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali
axlat o‘ralariga ruxsat etiladi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019-yil 27-
noyabrdagi 44-2019-B-sonli 
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2068-2, 06.12.2019-y) tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 10/19/2068-2/4121-son)

Yüklə 187,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin