14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini
tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
4/16
22. Tashkilot (sex) rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz
bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
23. Tashkilotlarda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida jamoa va yakka tartibdagi
himoya vositalari qo‘llanilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
xonalar va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish
va havo
tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
xonalar va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘lik
o‘rinlari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqin, tebranma,
elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi
haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
25. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha
kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qo‘llanilishi lozim.
Bunday
hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
26. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qo‘llanilishi, himoya
xususiyatlari, amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi hamda ulardan
foydalanishga o‘rgatilishi lozim.
27. Tashkilot rahbariyati yoki ish beruvchi quyidagilarni ta’minlashi shart:
amaldagi me’yorlar bo‘yicha temir yo‘l transportini ta’mirlash uchun talab qilinadigan barcha
shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
qo‘llanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni
degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
28. Tashkilot rahbariyati ishchi va xizmatchilarni quyidagi maxsus kiyim, poyabzal va boshqa
yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan bepul ta’minlashi shart:
maxsus kiyim-kechak;
maxsus poyabzal;
maxsus bosh kiyimi;
nafas a’zolarining himoya vositalari;
qo‘lni himoyalash vositalari;
bosh uchun himoya vositalari;
yuzni himoyalash vositalari;
eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari;
ko‘zni himoya qilish vositalari.
Dostları ilə paylaş: