14.05.2022, 15:52
2068-сон 15.01.2010. Temir yo‘l transporti ta’mirlash tashkilotlari xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarini
tasdiqlash haqida
https://lex.uz/docs/-1578222
6/16
49. Yilning yoz vaqtida yo‘lkalar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum
sepilgan bo‘lishi kerak.
50. Tashkilotlarda harakatlanuvchi temir yo‘l sostavlarini intensiv harakatlanishiga o‘tish joylari
avtomatik signal bilan ta’minlanishi lozim.
9-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
51. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarni (harorati, nisbiy namligi,
havoning harakatlanish
tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talabiga muvofiq bo‘lishi kerak.
52. Ho‘l jarayonlardagi xonalarda, hamda issiq o‘tkazuvchi pollarda (betonli, g‘ishtli, plitali va
boshqalar) muntazam ishlovchi ishchi joylarida yog‘och to‘shamalar
va panjaralar yotqizilgan
bo‘lishi kerak.
53. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi
kirlar va changlardan yengil
tozalanishini ta’minlashi kerak.
54. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SanMvaQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari”
talablariga mos kelishi kerak.
55. Yordamchi binolar va xonalar QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotlarning ma’muriy va maishiy
binolari” talabiga mos kelishi lozim.
56. Binoga avtomobillarni kirish joylari darvozalar va signal
asbob-uskunalari bilan
ta’minlangan bo‘lishi lozim.
57. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar orqali mustahkam
o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
58. Avtomobillarni binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan
avtomobillar eni
miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
59. Darvozalar balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi
kerak.
60. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish va holatini muntazam kuzatish tashkil
etilgan bo‘lishi kerak.
61. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam
bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi
lozim. Ko‘rik xulosalari, ulardan topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha
tadbirlar va muddati
ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
62. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak.
Halokat bartaraf etilguncha ishlab chiqarish jarayonlari xavfli hududlarda to‘xtalishi lozim, xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: